30-variant
Jamiyatda ta’lim va pedagog shaxsiga bo‘lgan munosabatning sotsial, madaniy va psixologik tahlili.
«O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi» 41-moddasida ta’kidlanganidek, «har kim bilim olish xuquqiga ega».
O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijti-moiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining shakllanitirish-ni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishini ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq (demokratik) fuqarolik jamiyati qurishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. 1997 yil 29 avgustda Prezident Islom Karimov Oliy Majlis X ses-siyasida «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzuida nutq so‘zladi. Shu sessiyada «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. U 5 bo‘lim 34 moddadan iboart. Shuningdek, sessiyada «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ham qabul qilindi.
Inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andoza-larini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohot-larning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qad-riyatlar asosida, zamonaviy ma-daniyat, iqtisodiyot, fan, texni-ka va texnologiyalarning yutuq-lari asosida kadrlar tayyorlash-ning mukammal tizimini shakl-lantirish O‘zbekiston taraqqiyo-tining muhim shartidir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» «Ta’lim to‘g‘risi»dagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvo-fiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimida jahon miqyo-sidagi yutuqlar asosida tayyor-langan holda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotga musta-qil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishda har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslash-gan, ta’lim va kasb-hunar ixti-sosligini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashti-rish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiya-lashni nazarda tutadi.
Pedagogik muloqot tushunchasining mohiyatining ilmiy hususiyatini aniqlang.
Muloqot - yunoncha so'z boiib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o'zaro fikr alraashuv ma'nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so'zlashuvida paydo bo'ladi. Inson muloqot jarayonida ijti-moiy tajriba, ta'lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me'yorlar g'oya va mafkura omillari ta'sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida ka-molotga yetadi. Kishilar o'rtasidagi o'zaro muloqot pedagogik-psixo-logik fanlarning asosiy kategoriyalaridan bin hisoblanib, u o;z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.
Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng ma'noda tushuniladi hamda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o'zaro ta'sir va o'zaro munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni ifodalaydi.
Pedagogikada muloqot o'qituvchi va o'quvchilar jamoasining o'zaro ta'sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o'zaro axborot almashishida, ta'lim va tarbiyaviy ta'sir o'tkazishida, o'zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo'ladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega:
• muloqot o'qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi;
• muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta'minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim aha-miyatga ega;
• o'qituvchi va o'quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol o'ynaydi;
• pedagogikada muloqot - o'qituvchining o'quvchilarga ta'sir o'tka-zish asosida o'zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maq-sadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;
• muloqot - hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chi-qadi va shaxslararo munosabat rivojlanishining ko'p qirrali jarayoni hisoblanadi;
• noto'g'ri pedagogik muloqotdan o'quvchilarda qo'rquv, o'z kuchi-ga ishonchsizlik paydo bo'ladi, ularning diqqat-e'tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi.
Pedagogik muloqot — bu o 'qituvchining o 'quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda o 'zi uchun eng qulay bo 'lgan psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir.
O 'qituvchining o 'quvchilar bilan o 'zaro yaqin muloqotidan asosiy rnaqsad:
• salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham berish;
• o 'quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko 'nikmalarini hosil qilish;
• o 'quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o 'z fik-mulohazalarini cho 'chimasdan bayon qilib unga tayanishga o 'rgatish;
• o 'quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;
•dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatinipaydo qilish.
3. Oliy o‘quv yurtlari talabalarida axloqiy qadriyatlarni shakllantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlarini kengaytirish.
Oliy o‘quv yurtlari talabalarida axloqiy qadriyatlarni shakllan-tirishning psixologik-peda-gogik xususiyatlarini kengay-tirish uchun Ijtimoiy va Fuqa-rolik rivojlantirish Deporta-menti huzurida yoshlar siyosati bo’limi ochildi.
Yoshlar siyosati bo’limi talaba-lar o’rtasida milliy va umumin-soniy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish, jismoniy sog’lom, aq-lan va ma’nan yetuk yoshlarni tarbiyalash va har tomonlama ma’naviy-axloqiy tarbiya das-turini ishlab chiqish orqali in-son huquqlari va qadr-qimma-tini hurmat qilishni targ’ib etishga qaratilgan.
Yoshlar siyosati bo’limi O’zbe-kiston Respublikasi Konstitut-siyasi va qonunlariga, O’zbe-kiston Respublikasi Prezidenti-ning farmonlari, qarorlari, O’z-bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-ning buyruqlari, shuningdek, universitetning ichki qoidalari va bo’lim Nizomiga muvofiq ish olib boradi.
Yoshlar siyosati bo’limining asosiy maqsadi – talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy qarashlarini mustahkamlash, tafakkurini turli xil salbiy ta’sirlardan himoya qilish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat.
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning asosiy yo’nalishlari
• talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida O’zbekiston Respublikasining haqiqiy fuqarolari sifatida shakllantirish;
• mamlakat oldidagi fuqarolik, javobgarlikka safarbarlik hissini shakllantirish;
• talabalarda javobgarlik hissini oshirish;
• talabaning shaxs sifatida individual xususiyatlarini shakllantirish va takomillashtirish;
• talabalarga ijtimoiy faollik, tadbirkorlik, ta’lim, kasbga hurmat va ijtimoiy mas’uliyatni keng targ’ib qilish;
• talabalarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini, tanqidiy va tahliliy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish;
• talabalar uchun salbiy his-tuyg’ular: adolatsizlik, dangasalik, mahalliylikning salbiy oqibatlari haqida keng targ’ibot ishlarini olib borish;
• talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari asosida ilmiy va ijodiy faoliyatni tashkil etish;
• amalga oshirilgan ma’naviy-axloqiy va ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |