1. Transport vositalari tasnifi Avtomobillar о‘lchami va massa kо‘rsatkichlarining joiz chegaralari



Download 117,5 Kb.
bet2/4
Sana13.01.2022
Hajmi117,5 Kb.
#356880
1   2   3   4
Bog'liq
Transport

Transport vositalari tasnifi


Transport vositalari bajaradigan vazifalariga kо‘ra uch guruhga bо‘linadi: yuk avtomobillari, passajir avtomobillari va maxsus avtomobillar.

Davlat standartiga binoan umum foydalanish yо‘llarida ishlatishga mо‘ljallangan avtomobillar ikki A va B guruhga bо‘linadi. A guruhdagi avtomobil va avtopoyezdlar uchun bir о‘qdan yо‘lga tushuvchi eng kо‘p ogirlik 100 kN dan ortiq bо‘lmasligi lozim. Bunda yonma-yon о‘qlar orasidagi masofa kamida 2,5 m bо‘ladi. Bunday avtomobillar yо‘l qoplamasi kapital va takomillashtirilgan I va II texnik kategoriyali yо‘llardagina ishlatiladi. B guruhdagi avtomobil va avtopoyezdlar uchun bir о‘qdan yо‘lga tushuvchi eng kо‘p massa ogirligi 60 kN dan ortmasligi kerak. Bunda ham yonma-yon о‘qlar orasidagi masofa kamida 2,5 m bо‘ladi. Bunday avtomobillar umum foydalaniladigan barcha texnik kategoriyali yо‘llarda ham ishlatilishi mumkin.

О‘q massasi orqali yо‘l qoplamasiga tushuvchi ogirligiga kо‘ra uchinchi guruhga mansub avtomobillarga umum foydalanish avtomobil yо‘llarida ishlatilishi mumkin bо‘lmagan ogir massali avtomobillar kiradi. Bunday avtomobillar yо‘l qoplamasidan qat’i nazar umum foydalanish avtomobil yо‘llarida ishlashi mumkin emas. Bunday avtomobillarda bir о‘qqa tushuvchi ogirlik 100 kN (10 tk) dan ortiq bо‘ladi. Bunday avtomobillar guruhlash tasnifiga kо‘ra «yо‘llardan tashqari yoki karyer avtomobillari» nomi bilan yuritiladi. Bunday avtomobillar qatoriga BelAZ, Catterfillar, Yuclid kabilar kiradi.

Barcha avtomobillar, о‘z navbatida yuk yoki passajirlar tashuvchi transport avtomobillariga va transport avtomobillari bо‘lmagan maxsus avtomobillariga bо‘linadi. Maxsus avtomobillarga о‘t о‘chiruvchi, kommunal xizmat (suv sepuvchi, supuruvchi, axlat va boshqa chiqindilar tashuvchi va x.q) etuvchi, avtokranlar sanitariya avtomobillari, tibbiy tez yordam avtomobillari, texnik yordam va ustiga ustaxona о‘rnatilgan sprot avtomobillari va shu kabilar kiradi.

Transport avtomobil va avtopoyezdlari о‘z navbatida yuk va passajir tashuvchi xillarga bо‘linadi. Passajir avtomobillar avtobus va yengil avtomobillarga bо‘linadi. Yuk tushuvchi, avtobus va yengil avtomobillar о‘z konstruktiv sxemalariga binoan yana bо‘linadilar. Yuk avtomobillari о‘z navbatida bir bо‘ginli avtomobillarga va ikki va undan ortiq bо‘ginli avtopoyezdlarga bо‘linadi. Avtopoyezdlar avtomobil-tyagach tirkama yoki egarli yarim tirkamali bо‘lishlari mumkin.

Oldingi davrlarda bir bо‘ginli va ikki (undan ham ortiq) bо‘ginli avtopoyezdlar uchun quvvati yuqori avtomobillar yaratilgan bо‘lsa, hozirgi kunda bunday avtomobillar oqilona hisoblanmaydi. Hozirgi davr jadal va kо‘pincha potok transport harakatidagi barcha harakatlanuvchi transport birikmalari tо‘liq massalalaridan qat’i nazar bir xil tortuv-tezlik xususiyatli, tezlanish va tormozlanishi bir xil bо‘lishi taqozo etiladi. Buning uchun transport birikmalari tо‘liq massalariga mos keluvchi dvigatel quvvatlariga ega bо‘lishi lozim. Bunday quvvatga ega bо‘lmagan taqdirda yо‘l о‘tkazish xususiyatidan tо‘la foydalanib bо‘lmaydi. Shuning uchun bir bо‘ginli avtomobillar dvigatelining quvvati avtopoyezdlarnikiga nisbatan kam bо‘lishi iqtisodi tomondan о‘zini oqlaydi. Tyagachli avtomobillar kuch uzatmasi va tormoz mexanizmlari bir bо‘ginli avtomobillarnikidan jiddiy farq qilishi lozim.

Egarli tyagach va yarim tirkamali avtopoyezdlar bizda va chet davlatlarda keng qо‘llaniladi va ulardan ancha samarali foydalaniladi.

Yuk avtomobillarini tasniflashning asosiy yо‘nalishlaridan biri ularni о‘lchamlariga kо‘ra gradatsiyalashdir.yuk avtomobillari uchun bunday о‘lchamlar qatoriga , eng avvalo, yuk kо‘taruvchanlik yoki ular massa ogirligini kiritish mumkin. Transport iste’molchilari va transport xodimlari uchun avtomobillarning yuk kо‘taruvchanligi kо‘proq ahamiyatga ega. Bu kо‘rsatkich avtomobillarning tashuvchanlik xususiyatini kо‘rsatadi. Hozirgi kunda bizda va MDH ga a’zo boshqa davlatlarda yuk kо‘taruvchanligiga kо‘ra yuk avtomobillari besh guruhga bо‘linadi. Yuk kо‘taruvchanligi 0,5 t gacha bо‘lgan juda kam yuk kо‘taruvchi avtomobillar (yengil avtomobil shassisida yaratilgan); yuk kо‘taruvchanligi 0,5 t dan 2,0 t gacha bо‘lgan kam yuk kо‘taruvchi avtomobillar; 2,0 t dan 5,0 t gacha о‘rtacha yuk kо‘taruvchi avtomobillar; yuk kо‘taruvchanligi 5,0 t va undan katta; bir о‘qqa 100 kN (10 tk) va juft о‘qlarga esa 180 kN (18 tk) dan ortiq yuk tashuvchi avtomobillar kiradi.

Yuk kо‘taruvchanligi kichik (2,0 t gacha) avtomobillar yuk oboroti katta bо‘lmagan kichik xо‘jalik firmalari, savdo tashkilotlari, maktab oshxonalari va shu kabi tashkilotlar hamda yakka qishloq xо‘jaliklari firmalariga xizmat kо‘rsatish uchun zarurdir.

О‘rtacha yuk kо‘taruvchanlikka (2,0 t dan 5,0 t gacha) ega avtomobillar sanoat, qishloq xо‘jaligi obyektlari, qurilish va shu kabi boshqa tashkilotlarning ogirroq yuklarini tashish uchun xizmat qiladi.

Yuk kо‘taruvchanligi katta (5,0 t dan ortiq) avtomobillar quvvati katta va muntazam yuk oqimlarini qattiq qoplamali magistral yо‘llarda qanoatlantirish uchun xizmat qiladi. Keyingi yillarda bunday avtomobillardan shahar va yirik aholi punktlarida ham yuklarni tashishda, tog-ruda sanoati hamda yirik sanoat korxonalari yuklarini tashishda keng foydalanilmoqda.

Rivojlangan xorijiy davlatlarda yuk avtomobillari о‘lchamlari mezoni sifatida ularning tо‘liq massa ogirligi qо‘llaniladi. Buning asosiy sababi har xil ixtisoslashtirilgan, kuzov massalari ham har xil bо‘lgan avtomobillardan keng foydalanishdir.

Uzoq manzillarga, ya’ni shahar (viloyat)lararo hamda davlatlararo yuk oqimlarini ta’minlashda kо‘p yuk kо‘tara oluvchi avtopoyezdlardan foydalaniladi. Barcha yuk tashuvchi avtomobillar ikki guruhga bо‘linadi: universal vazifali, borli kuzovga ega hamda ixtisoslashtirilgan kuzovli, ya’ni ularning konstruksiyasi aniq bir yoki bir necha xil yuk tashishga mо‘ljallangan. Ixtisoslashtirilgan kuzovli avtomobillar universal kuzovli avtomobillarga nisbatan tashiluvchi yuklar sifatini yuqori darajada saqlab borishi bilan yaqqol ajralib turadi. Bunday avtomobillar ortish-tushirish operatsiyalarini yengillashtirish va ularni bajarishga sarflanadigan vaqtni qisqartirish imkoniyatiga ega. Asosiy Barcha yuk tashuvchi avtomobillar ikki guruhga bо‘linadi: universal vazifali, borli kuzovga ega hamda ixtisoslashtirilgan kuzovli, ya’ni ularning konstruksiyasi aniq bir yoki bir necha xil yuk tashishga mо‘ljallangan. Ixtisoslashtirilgan kuzovli avtomobillar universal kuzovli avtomobillarga nisbatan tashiluvchi yuklar sifatini yuqori darajada saqlab borishi bilan yaqqol ajralib turadi. Bunday avtomobillar ortish-tushirish operatsiyalarini yengillashtirish va ularni bajarishga sarflanadigan vaqtni qisqartirish imkoniyatiga ega. Asosiy va keng foydalaniladigan ixtisoslashtirilgan avtomobillar qatoriga quyidagilar: samosval kuzovli, furgon kuzovli, sesternali, konteyner, panel, yogoch va sement tashishga moslashtirilgan avtomobillar kiradi.

Avtobuslar kontsruktiv sxemasiga kо‘ra uch turga bо‘linishi mumkin: yakka salonli; birlashtirilgan salonli; avtobus poyezdlari, ya’ni tirkamali avtobuslar. Aksariyat hollarda amalda yakka salonli avtobuslar qо‘llaniladi. Birlashtirilgan (yoki yarim tirkamali) avtobuslar passajirlar oqimi katta bо‘lgan marshrutlarda qо‘llanilib, о‘z manevrchanligiga kо‘ra shaharlardagi yо‘l-kо‘chalarga kо‘proq moslangan bо‘ladi. Passajir tashuvchi tirkamali avtobuslar harakat xavfsizligi nuqtai nazaridan juda kam hollardagina qо‘llaniladi.

Avtobuslar gabarit о‘lchamlari va standart talabiga kо‘ra beshta sinfga bо‘linadi. Avtobuslarni ekspluatatsiya qiluvchilar nuqtai nazaricha asosiy о‘lcham mezoni avtobus salonining sigdiruvchanligi, ya’ni uning nechta passajir sigdira olish kо‘rsatkichidir. Vazifasi va о‘rindiqlar miqdoriga kо‘ra uzunligi bir xil bо‘lgan avtobuslarning nominal sigdiruvchanligi turlicha bо‘lishi mumkin (1 jadval).

Bajaradigan vazifasiga kо‘ra avtobuslar uyidagi turlarga bо‘linadi: shahar ichi, shahar atrofi, shaharlararo sayohat maqsadida foydalaniladigan, qisqa masofaga (qishloq tumanlari о‘rtasida) qatnovchi maktab о‘quvchilari uchun, ekskursion va vazifasi umumiy bо‘lgan avtobuslar. Davlat standartiga binoan shahar ichi va shahar atrofi avtobuslari «shahar avtobuslari» guruhiga, shaharlararo, sayohat, qisqa masofada (qishloq tumanlari о‘rtasida) ishlovchi avtobuslar uzoq masofalarga qatnovchi avtobuslar guruhiga kiritiladi.


Download 117,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish