Har bir passajir uchun amaldagi meyorlarga kо‘ra kuzovning passajirlar salonining tayanch maydoni har bir о‘tiruvchi passajir uchun kamida 0,315 m2, har bir turib ketuvchi passajirlar uchun kamida 0,2 m2, bо‘lishi lozim. Bunday meyorlarga kо‘ra avtobus saloni planirovkasidagi о‘rindiqlar va turib ketuvchi passajirlar joyining о‘zaro nisbatlarini о‘zgartirish orqali turlicha sigimlarga ega bо‘lishi mumkin.
Avtobuslar maksimal tezligi ularning vazifasi bilan bogliqdir: katta harakat tezligi zarur bо‘lmagan shahar ichi yoki shahar atrofi marshrutlari uchun bu qiymat 60-80 km|soat, shaharlararo qatnovlar uchun 100-120 km|soat. Maksimal tezlikka erishish uchun sarflangan vaqt qancha kichik bо‘lsa, boshqa sharoitlar bir xil bо‘lgan taqdirda avtobuslarni ekspluatatsiya qilish kо‘rsatkichi shuncha yaxshi hisoblanadi. Biroq, yuqorida aytilgan vaqtning kichik bо‘lishi yonilgi sarfini kо‘paytiradi va avtobuslarga katta quvvatli dvigatellar о‘rnatishni talab qiladi. Shuni hisobga olib, tezlanishga sarflangan vaqtning eng katta oqilona miqdori shahar ichi avtobuslari uchun 40-55 sek, shahar atrofi avtobuslari uchun 50-65 sek va shaharlararo avtobuslar uchun 70-90 sekund deb qabul etilgan.
Togli joylarda ishlovchi avtobuslarning imknoyatini baholashda yо‘l qiyaligini yenga olish xususiyatidan foydalaniladi. Agar avtobus о‘zining uzatishlar qutisidagi eng kichik uzatma bilan 30% li va eng katta uzatmasi bilan 3% li yо‘l qiyaligini bemalol yenga olsa, bunday avtobus imkoniyati qoniqarli hisoblanadi.
Shaharda qatnovchi avtobuslar konstruksiyasi, iloji boricha, passajirlarning о‘tirib va turib ketishiga, ularning tо‘xtash joylarida tez chiqish va tushishiga, tez-tez tо‘xtab, katta tezlanish bilan harakatlanishga moslangan bо‘lishi lozim.
Shahar ichi marshrutlarida qatnovchi passajirlar о‘rtacha qatnov masofasi nisbatan kichik (3-6 km) va sutka davomida passajirlar oqimining о‘zgaruvchan bо‘lishi shahar ichi avtobuslarining kuzov saloni planirovkasi kam о‘rindiqli, о‘tish joylari, avtobusning old va orqa tomonida turib ketishga mо‘ljallangan sath (maydoncha)ning keng bо‘lishini taqozo etadi.
Yengil avtomobillar dvigatelining ish xajmi miqdori va passajirlar soniga kо‘ra farqlanadi. «Dvigatelning ish hajmi» о‘lcham mezoni barcha davlatlarda avtomobil uchun tо‘lanuvchi soliq miqdori uchun asos qilib olingan. Bu kо‘rsatkich sport avtomobillarini tasniflashda ham qо‘llaniladi.
Barcha yengil avtomobillar о‘z о‘lchamlariga kо‘ra tо‘rt sinfga bо‘linadi.
Yengil taksi avtomobillarining 60 km|soat tezlikka yetishi uchun zarur vaqt 10 sek dan ortiq bо‘masligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |