Avtomobillar о‘lchami va massa kо‘rsatkichlarining joiz chegaralari
Umum foydalanish avtomobil yо‘llarida ishlatiluvchi barcha avtomobil va avtopoyezdlar, ularning о‘lcham va massalarini cheklovchi talablarga javob berishi lozim. Bunday talablar barcha davlatlarda tegishli qonunlar asosida belgilanadi. Masalan, MDH davlatlarida davlat standartiga binoan ogirlik va gabarit о‘lchamlari cheklangan. Avtomobillarning yuk bilan birgalikdagi balandligi 3.8 m, kengligi esa 2,5 m dan oshmasligi zarur.
Egar tyagachli va bitta yarim tirkamali avtopoyezdlarning uzunligi 20 m dan, ikki va undan ortiq tirkamali avtopoyezdlarniki esa 24 m dan oshmasligi lozim.
Yuk avtomobillari о‘qidan yо‘l qoplamasiga tushuvchi kuchlar chegarasi avvalgi paragrafda berilgan.
Avtobuslar о‘qlaridan yо‘l qoplamasiga tushuvchi kuch ular sigimidan tо‘la foydalanilganda «A» guruhdagi yо‘llar uchun 115 kN (11.5tk) dan va «B» guruhdagi yо‘llar uchun 70 kN (7 tk) dan oshmasligi zarur. Samosval-avtomobillar uchun ham «B» guruhdagi yо‘llarga tushuvchi ogirlik kuchi 65 kN (6,5 tk) oshmasligi kerak.
Yer kurrasidagi barcha mamlakatlarda avtomobil va avtopoyezdlarda yuk tashishning о‘sib borishi tendensiyasini hisobga olib, ba’zi joiz chegaraviy kо‘rsatkichlarni takomillashtirishga harakat etilayotir. Masalan, A+SH da avtomobillar kengligi 2,44 m dan 2,59 m ga, tо‘liq massani 32,2 t dan 56,7 t gacha oshirish nazarda tutilgan.
Ovrupo Ittifoqi Ministlar Kengashining 1989 y. 14 mart kuni xalqaro tashish bilan bogliq yangi standartiga kо‘ra avtomobillar enining kengligi 2,55 m hamda yon devorlari 45 mm qilib ishlangan avtorefrijerator uchun esa 2,6 m belgilangan bо‘lib, bu kenglik 1993 y. 1 yanvardan boshlab amalga oshirildi. Avtomobil va avtopoyezdlar massasi va boshqa о‘lchamlari parametrlarining yangi kо‘rsatkichlarini ishlab chiqqan.
Bu reglament loyihasiga binoan yakka о‘qdan tushuvchi massa ogirligi 115 kN (11,5 tk), qо‘shaloq о‘qdan esa 180 kN (18 tk) qilib belgilangan. Avtopoyezdlar umumiy massasi 40 t, yakka ishlovchi ikki о‘qli avtomobil uchun 180 kN (18 tk) va uch о‘qli avtomobil uchun 250 kN (25 tk) gacha belgilangan va hokazo.
Adabiyotlar
1.Xо‘jayev B.A. Avtomobillarda yuk va passajirlar tashish asoslari. T.: «О‘zbekiston», 2002. -240 b.
2.Xodjayev B.A. Avtomobilniye perevozki. T.: «Ukituvchi», 1991. -400s.
3.Xodjayev B.A. Gruzoviye avtomobilniye perevozki. T.: «Ukituvchi», 1984.
4.Xо‘jayev B.A. Avtomobil transporti iqtisodiyoti. T.: «О‘qituvchi», 1992.
5. Xodosh M.S. Gruzoviye avtomobilniye perevozki. M.: «Transport», 1986. -208 s.
Do'stlaringiz bilan baham: |