2. Avtomobillar о‘lchami va massa kо‘rsatkichlarining joiz chegaralari
Transport vositasi deyilganda yuk va passajirlarni tashishga mо‘ljallangan ishlab chiqarish jihozi tushiniladi. Avtomobil transporti vositalari ikki guruhga bо‘linadi:
b) о‘ziyurarmas, ya’ni avtomobillar va tyagachlar ulanmasida ishlovchi tirkama (pritsep) va yarim tirkamalar.
Avtomobil transporti vositalarining aniq sharoitida samarali foydalanilishini belgilovchi bir qancha ekspluatatsion xususiyatlari mavjud.
Avtomobillarning asosiy ekspluatatsion xususiyatlariga quyidagilar kiradi: dinamikligi, yonilgi tejamkorligi, boshqariluvchanligi, turgunligi, о‘tagonligi, harakatlanish ravonligi, sigdira olishligi, mustahkamligi, chidamliligi, texnik xizmat kо‘rsatish va ta’mirlashga mosligi, ortish-tushirish ishlarini bajarishga mosligi.
Avtomobilning dinamikligi deyilganda uning ma’lum yо‘l sharoitlarida yuk va passajirlar bilan birgalikda iloji boricha maksimal о‘rtacha tezlik bilan harakatlana olishi tushiniladi. Avtomobilning dinamikligi kancha yaxshi bulsa, tashish uchun zarur vaqt shuncha kam bо‘ladi, binobarin avtomobilning ish unumi yuqori bо‘ladi, ya’ni muayyan vaqt birligida aniq masofaga yuk yoki passajirlarni kо‘p miqdorda tashiy oladi. Avtomobilning dinamikligi uning tortish va tormozlash xususiyatlariga bogliqdir.
Avtomobilning yonilgi tejamkorligi deyilganda, uning harakatlanishi uchun yoqilayotgan yonilgi quvvatidan oqilona foydalanish tushuniladi. Yonilgi tejamkorligi nihoyatda katta ahamiyatga ega bо‘lgan ekspluatatsion xususiyatdir, chunki yonilgi xarajati umumtashish tannarxining eng katta qismini tashkil etadi. Yonilgi qancha kam sarflansa, avtomobilning ekspluatatsiya xarajati shuncha arzon bо‘ladi.
Avtomobilning boshqaruvchanligi -bu uning boshqaruluvchi gildiraklari holatiga kо‘ra harakat yо‘nalishini о‘zgartira olish xususiyati. Avtomobilning boshqariluvchanligi uning harakat xavfsizligi darajasiga kо‘p jihatdan ta’sir etadi.
Avtomobilning turgunligi deyilganda uning sirganib ketish, sirpanish va agdarilishga qarshi tura olishi tushuniladi. Avtomobilning turgunligi uning tormozlanish dinamikasi va boshqariluvchanligi bilan bir qatorda harakat xavfsizligini ta’minlaydi. Avtomobilning turgunligi, ayniqsa, sirganchiq yо‘l sharoitlari va yuqori tezlik bilan harakatlanishda katta ahamiyatga ega.
Avtomobilning о‘tagonligi uning ogir yо‘l sharoitlari va yо‘ldan tashqarida (qorli yoki qumli kо‘riklarda, balchiq joylarda) harakatlana olish xususiyatidir. О‘tagonlikning ahamiyati ekinzon, о‘rmonzor, qonlar va boshqa yо‘lsizlik sharoitlarida yoki yо‘l sharoiti ogir bо‘lgan joylarda ishlovchi avtomobillar uchun nihoyatda kattadir.
Avtomobilning harakatlanish ravonligi deyilganda uning notekis yо‘llarda katta tezlik bilan harakatlanishida kuzovi (saloni)ning tebranmasligi tushiniladi. О‘rtacha harakat tezligi darajasiga, tashilayotgan yuklar sifatini buzilmasligiga, haydovchi va passajirlar toliqib qolmasligini hisobga olganda harakatlanish ravonligining ahamiyati kattadir.
Avtomobilning sigdira olish xususiyati undagi bir vaqtda tashiladigan yuklar miqdori yoki passajirlar soni tushiniladi. Yuk avtomobilining sigdira olish xususiyati uning yuk kо‘taruvchanligi va kuzovining ichki hajm о‘lchovlari bilan bogliq. Passajir avtomobillarining sigdira olishi deyilganda bir vaqtda harakatlanuvchi passajirlar soni tushiniladi.
Avtomobilning mustahkamlik xususiyati uning tuzatish uchun zarur bо‘lgan vaqt talab etuvchi sinishlar va buzilishlarsiz ishlash xususiyatidir.
Avtomobilning chidamliligi bu uning tuzatish uchun ekspluatatsiyadan tо‘xtatishni talab etuvchi qismlarining jadal eskirishsiz ishlash xususiyatidir.
Avtomobilning texnik xizmat kо‘rsatish va ta’mirlashga mosligi uning konstruksiyasi bilan bogliq bо‘lib, bunday ishlarni yengil va osonlik bilan hamda qisqa vaqtda bajarishdan iboratdir. Bunday ishlarni bajarishga kо‘p vaqt talab etilsa, tashish tannarxi qimmatlashadi.
Avtomobilning yuk ortish-tushirish (yoki passajirlarni olish va tashirish)ga mosligi deyilganda, bunday operatsiyalarni bajarishga kam mehnat va vaqt sarfi tushiniladi.
Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlarini nazariy jihatdan tahlil etishdan pirovard maqsad transport vositalarining ish unumini oshirish va tashish tannarxini arzonlashtirish bо‘lib, ular birgalikda avtomobillarda yuk va passajirlar tashish fanining asosi hisoblanadi. Bunday maqsadga erishish uchun quyidagi masalalarning samarali yechimlariga erishish lozim: