I. Nazorat ko’rsatkichlari haqidagi ma’lumot. Rejalashtirishning maqsad va vazifalari haqida qisqacha ma’lumot bo’lishi kerak, ya’ni bu ma’lumot, reja asosi bo’lib xizmat qiladi.
II. Marketing vaziyati haqidagi ma’lumot. Marketing vaziyati haqidagi ma’lumotlar kompaniyaning bozordagi vaziyati va o’rnini belgilaydi.
III. Imkoniyatlar va xavflarni oldini olish ro’yxati. Xavflarning oldini olish va imkoniyatlar ro’yxatida boshqaruvchilarning ro’y beradigan imkoniyatlar va xavflarini oldini olish haqida fikr yuritiladi.
IV. Vazifalar va muammolar. Kompaniya bilan aloqani imkoniyat va xavfsizlikni oldini olishni o’rgangandan so’ng boshqaruvchi vazifalar va ularning muammolarini bartaraf etish kuchiga ega bo’ladi.
V. Marketing strategiyasi. Marketing strategiyasida boshqaruvchi har tomonlama marketing rejasini va vazifalarini yechish yo’llarini izlaydi.
2.3. Transportda marketingning asosiy funksiyasi (yo’nalishlari)
Transportda marketing transportda xizmat ko’rsatish va uni realizatsiya qilishni boshqarishni o’ziga xos tizimini namoyon etadi va bozor iqtisodiyoti sharoitida transport kompaniyalarini faoliyat yuritishida o’xshashi yo’q mexanizmdir.
Zamonaviy marketingni umumiy funksiyalari (bozorni o’rganish, rejalashtirish, baho belgilash) asoslanib transportni o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda transport marketingini quyidagi funksiyalarini (yo’nalishlar) ajratib ko’rsatish mumkin.
- transport bozorini kompleks o’rganish;
- transport xizmat ko’rsatish hududlarini iqtisodiyotni to’lov qobiliyatli talabini va iste’molchilarni aniqlash maqsadida o’rganish;
- transport kompaniyalari o’z imkoniyatlarini tahlil qilish, tashish ishlarini rejalashtirish, strategiya ishlab chiqish;