Umumiylik va ommaviylik transport bozori jamiyatda transportni rolini ajratib ko’rsatadi va xizmatlar bozorining bir qismi hisoblanadi. Biroq yuk tashish ishlab chiqarish jarayonining ishtirok etishini hisobga olsak, texnik va ishlab chiqarish maqsadiga yo’naltirilgan mahsulotlar bozorini ham bir qismi hisoblanadi. Har qanday mahsulot narxida transport xarajatlarini yotishi, transportni shu jumladan temir yo’l transportini moddiy tovar boyliklar yaratuvchi soha sifatida qarashga majbur qiladi. Bundan tashqari transport mamlakat mudofasi uchun strategik ahamiyatga ega. Inson hayotini va iqtisodining biror qismini transportsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shu sababli transport zimmasiga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash kabi vazifani yuklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |