Transport foydalanuvchilari – transport kompaniyali mijozlari, ya’ni yuk jo’natuvchi va qabul qiluvchi, diler-ekspeditorlar, yo’lovchilar kabi transport yordamida manzillari yetkazilayotgan (bagaj yoki yuk) va insonlardir.
Transport xizmati – bu bevosita yuk yoki yo’lovchilarga ko’rsatiladigan xizmatlar yig’indisi bo’lib, o’z ichiga yo’l hujjatlarini tuzish, yuk-ortish-tushirish va boshlang’ich – tugash ishlar, yo’lovchilarni joylashtirish yoki tushirish, manzilgacha yoki vokzallarda xizmat ko’rsatishdir.
Iqtisodiy – transport balans (ITB) bu ishlab chiqarish hajmi, talab etilayotgan mahsulot, tovar taqchilligi ko’rsatkichlari tizimidir. ITBning asosiy manbasi mamlakat ma’lum tumanlariga berilayotgan tovarlarning material balansi hisoblanadi.
Transportda talab va taklif bu – transportga bo’lgan ehtiyojlar va shu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan transport xizmatlarini sotish uchun belgilangan hajmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |