Panturkizm – bu shunday g’oyaviy ta’limotki, uning asosida barcha turkiy xalqlar yashaydigan davlatlarda etnik, madaniy va tillarinig birligi asosida siyosiy jihatdan birlashish zarurligini targ’ib qiluvchi madaniy va siyosiy g’oyalar yotadi.
Ayni chog’da Turkiston xalqlari Chor Rossiyasining mustamlaka zulmidan qutulish, milliy davlatchiligini qurish, o’z milliy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy tarqqiyotiga yo’l ochishga qat’iy kirishgandilar. Bu jarayonlarning etakchi kuchi – milliy savdo va sanoat burjuziyasi hisoblanib, u juda katta qiyinchiliklar bilan bo’lasada, xalqimizning tub iqtisodiy-siyosiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qiladigan nazariy asos – jadidlar ma’rifatchiligini shakllantirib, uni har tomonlama qo’llab-quvvatlamoqda edi.
Jadidlar harakati XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi siyosiy kuchlar murakkab bir tarzda chigallashib ketgan Turkiston jamiyatining eng ilg’or yo’nalishi qarashlarini o’zida aks ettirdi. U dunyo ahamiyatiga molik insonparvarlik va milliy qadriyatlarga asoslanib, jamiyat taraqqiyotining etilgan ehtiyojlari va o’lkaning tub aholisi manfaatlariga javob berdi. M.Behbudiy, A.Fitrat, U.Asadullaxo’jaev, Munavvar Qori, A.Avloniy, S.Ayniy, F.Xo’jaev, T.Norbo’taev va boshqa mashhur nomlar ushbu harakat bilan bog’liq.
Jadidchilik ma’rifatparvarlikdan siyosiy harakatgacha bo’lgan murakkab taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi. Кeng xalq ommasining iqtisodiy og’ir ahvoli, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlardan orqada qolishi, tafakkur turg’unligi jadidlarni Turkistonni bu tushkun holatdan olib chiqishning amaliy vositalarini izlab topishga undadi.
Jadidlarga avvaliga yig’ilgan va etilgan masalalarni ma’rifatparvarlik yo’li bilan hal qilish mumkinday bo’lib tuyuldi. Shuning uchun harakatning birinchi bosqichida musulmon maktablaridagi o’qitish ishlarini isloh qilish jadidlarning diqqat markazida turdi. Ular bunday islohotlarni o’tkazish zarurligini nazariy jihatdan asoslabgina qolmay, ayni paytda, yangi usuldagi maktablar, kutubxonalar, o’quv zallari barpo etish, darsliklar nashr qilish bilan o’z g’oyalarini amalga oshirish uchun katta sa’y-harakat ko’rsatdilar.
1905 yili Rossiyada, 1908 yili Turkiyada va 1905-1911 yillarda Eronda bo’lib o’tgan inqiloblar jadidchilikka katta ta’sir ko’rsatdi. Birinchi jahon urushi jadidlar tafakkurida keskin o’zgarishlarni yuzaga keltirdi. Ular parlamentga asoslangan monarxiya to’g’risida yozishdi, fuqarolarning boshqarish, davlat organlarini shakllantirish, qonunchilikda ishtirok etish tartiblarini ishlab chiqdilar. Fevral inqilobi davriga kelib, jadidlarning radikal qismi («taraqqiyparvarlar») qator siyosiy talablarni ilgari surdilar. Ular orasida o’lka boshqaruvini mahalliy aholining haq-huquqlarini kengaytirish tomonga isloh qilish, Davlat Dumasida unga o’rin ajratish, demokratik erkinliklar va birinchi navbatda, milliy matbuot erkinligi, samoderjavie (mustabid hokimiyat)ni konstitusiyaviy tuzum bilan almashtirish bor edi. Lekin fevral inqilobidan keyin jadidlar Muvaqqat hukumat Turkistondagi mustamlakachilik siyosatini eskicha qoldirish tarafdori ekanligini tushunib etdilar. Shundan keyin jadidchilik harakati mustaqillik va Turkistonga Rossiya tarkibida milliy-hududiy muxtoriyat berishni talab qilish uchun kurash yo’liga kirdi.
Bu davrga oid dasturiy hujjatlarda asosiy e’tibor milliy-hududiy muxtoriyat (hukumat, boshqaruv, sud, qonun chiqaruvchi organlar va boshqalar) prinsiplarini amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratildi. Siyosiy model (andoza) sifatida demokratik respublika tanlandi.
Jadidchilikning o’ziga xos fenomen, nodir hodisa ekanligi nimada ko’rinadi? Bu birinchi navbatda, jadidlarning nafaqat Sharq, balki G’arb madaniyatini ham egallash asosida shakllangan yuksak aqliy-ma’naviy zakovatida namoyon bo’ladi. Ularning deyarli barchasi oliy diniy ma’lumot olib, Navoiy Jomiy, Fuzuliyning yuksak insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan asarlari, o’rta asr Sharq mutafakkirlarining falsafiy qarashlariningta’siri ostida tarbiyalanib, o’z intellektini xorij–ham Sharq, ham G’arb madaniyati yutuqlari bilan boyitdilar. Bu jadidlar falsafiy dunyoqarashining o’ziga xos xususiyatini belgilab berdi.
Jadidlar islom falsafasi nuqtai nazari asosida ish tutganlar. «Islom va fan, islom va ilg’or taraqqiyot - XIX asr ikkinchi yarmida musulmon mamlakatlaridagi intellektual va ijtimoiy-siyosiy islohotlar o’tkazish yo’lidagi izlanishlarning falsafiy asosi hisoblanadi». Shuning uchun ham jadidlar faoliyatining muhim yo’nalishlaridan biri islomni modernizasiyalash, uni bid’atlardan tozalash, fan yutuqlari va ilg’or texnologiyalarni egallashdan iborat edi. Birinchi navbatda, ular islomning mohiyatini o’z manfaatlariga moslab olgan din namoyandalarini qattiq tanqid ostiga oldilar hamda dinni qurol qilib olgan siyosiy o’yinlar qanday og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko’rsatib berdilar.
Madaniy merosni o’zlashtirish va xalqning milliy o’zini o’zi anglashini kuchaytirish - jadidlarning diqqat markazida turgan eng muhim masalalardan edi. Ular o’zlari nashr qilgan gazeta va jurnallarida o’quvchilarga Turkiston xalqi qanday ulkan madaniy va ilmiy merosning vorisi ekanligini eslatdilar. Forobiy, Ibn Sino, Ulug’bek - bular axir Markaziy Osiyodagi ijtimoiy va ilmiy islohotlarning asoschilaridir. Jadidlarning fikricha, ularning asarlarini o’rganish o’lka taraqqiyotini yuksaltiradi, xalqning o’zini o’zi anglashini kuchaytiradi. «Sharq va G’arb» mavzusi - jadidlarning dunyoqarashini aniqlash bilan bog’liq muhim masala hisoblanadi. Jadidlar O’rta Osiyoning G’arbiy Evropa bilan tarixiy aloqalarining bugungi kun bilan bog’lab xulosalar chiqarishga moyil edilar. Ular haqli ravishda aynan islom madaniyati Evropa uchun Aflotun va Arastuni qutqarib qoldi deb hisoblardilar, o’zlarini esa ular falsafiy g’oyalarining muxlislarigina emas, balki muayyan darajada ularning targ’ibotchilari deb bilardilar. Chunonchi, M.Behbudiy - O.Кant, A.Fitrat, A.Avloniy - Aflotun, Suqrot va Arastularning merosi bilan qiziqdilar, ularning ma’rifat, ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qarashlariga asosiy e’tiborni qaratdilar. Shu bilan birga, ular marksistik falsafani xayoliy va turkistonliklar uchun yaroqsiz hisoblab, mutlaqo qabul qilmadilar. M.Behbudiy o’zining «Xayr - ul umuri avsatuho» maqolasida birinchi navbatda, xususiy mulkchilikni inkor qilgani va dinsizlikni targ’ib etgani uchun marksizm va sosializmga salbiy ta’rif beradi1.
Taraqqiyotga to’siq bo’layotgan sabablar qatoriga jadidlar turkistonliklarning kundalik turmushida keng tarqalgan, aslida esa musulmonchilik qonun-qoidalariga yot, odamlarning shundoq ham engil bo’lmagan hayotini battar og’irlashtiradigan keraksiz va zararli an’analar (ortiqcha rasm-rusumlar, dabdabali to’y va dafn marosimlari)ni ham kiritadilar.
Jadidlar Rossiya ma’muriyatining Turkistondagi mustamlakachilikka asoslangan boshqaruv tizimi nafaqat milliy talablarga javob bermasligi, shu bilan birga, mamlakatga juda katta ijtimoiy-iqtisodiy zarar etkazayotganligini tushunib etgan edilar. Shuning uchun ham ularning yangi usuldagi dunyoviy ta’lim, milliy o’ziga xoslikning eng yaxshi jihatlarini mustahkamlash, madaniyatni jadal rivojlantirish yo’lida olib borgan kurashlari oxir-oqibatda siyosiy mustaqillik va boshqaruvning demokratik shakllari uchun kurashga aylanib ketdi.
Jadidlar musulmon dunyosining bir qismi bo’lgan, ayni paytda, jahon tarixida o’zini nodir mustaqil hodisa sifatida namoyon etadigan Turkiston XX asr ochib bergan murakkab va ziddiyatlarga to’la istiqbolda o’zining munosib o’rnini topishiga qa’iy ishonganlar.
XX asr o’zbek falsafasi kam o’rganilgan ziddiyatli davrni qamrab oladi. Chunki hozirgi davr tanqidchilarida sovet davrida falsafa bo’lmagan, u davrda intellektual hayot o’lgan va uzoq muddatga qotib qolgan, faqat ayrim hollarda ba’zi mardlargina o’zlarining g’oya va qarashlarini ayta olganlar degan fikr shakllangan. Biroq bu noto’g’ri. Chunki aynan XX asr boshlarida shakllangan jadidchilar harakati “jamiyatni ma’rifat orqali yangilash” g’oyasini ilgari surganlar, Behbudiy, A.Avloniy, A.Fitrat kabilar bir guruh yoshlarni chet elga o’qishga yuborib, yangi avlod ziyolilarini tarbiyalashga o’zlarining munosib hissasini qo’shganlar.
Shu bois, 1917 yilda bolsheviklar partiyasi g’alaba qozonib, dunyo xaritasini katta Sovet ittifoqi degan mamlakat egallab, unda partiyaviylik mafkurasi mulohazaronlik qilsada, O’zbekistonda falsafiy fikr rivoji to’xtab qolgan emas.
O’zbekistonda falsafa fanining rivojiga 1957 yilda I.M.Mo’minov tashabbusi bilan tashkil qilingan O’zbekiston Fanlar Akademiyasining “Falsafa va huquq” institutining ilmiy xodimlari munosib hissa qo’shdilar2. Ilmiy tadqiqot institutida dastlab “Tabiatshunoslik”, “Falsafa tarixi” bo’limlari faoliyat olib bordi. Кeyinchalik institut tarkibi yangi yosh milliy kadrlar bilan boyib bordi, hamda “Dialektika va bilish nazariyasi”, “Ijtimoiy falsafa”, “Etika” kabi bo’limlar tashkil qilindi. Institutning asosiy faoliyati falsafa, fan va madaniyat tarixini ob’ektiv o’rganish, ma’naviyatning yangi milliy qirralarini izlash, xalq ma’naviyatini yangi bilimlar bilan boyitish, millatning ma’rifiy ruhini ko’tarishga yo’nalgan edi. Bu sohada Ibrohim Mo’minov, Muzaffar Xayrullaev, Mo’bin Baratov, Erkin Yusupov, Кarim Sodiqov, Mirahmad Abdullaev, Haydar Aliqulov, Rasul Nosirov, Muhammadjon Boltaev, Anvar Sharipov, Gulchehra Navro’zova va boshqalarning ilmiy tadqiqotlari e’tiborga sazovordir.
Ijtimoiy falsafa, etika, estetika, madaniyatshunoslik falsafasi sohasida Rustam va Telman Abdushukurovlar, Haydar Po’latov, Abdulxay Valiev, Oysara Umrzoqova, Naim Ғoyibov, Abduvosid Yo’ldoshev, Maxmud Abdullaev, Said Shermuxamedov, Qo’chqor Xonazarov, Xotima Shayxova, Abdulxafiz Jalolov va boshqalar samarali ishladilar.
Ontologiya va bilish nazariyasi, tabiatshunoslik falsafasi, fan metodologiyasi bo’yicha Jondor Tulenov, Bahrom Ismoilov, Omonulla Fayzullaev va boshqalar faoliyat olib bordilar.
I.M. Mo’minov o’zbek faylasuflaridan birinchi bo’lib, sovet tuzumining millatni ma’naviy qadriyatlardan mahrum etish, milliy ongni buzish va o’z-o’zini anglashga yo’l qo’ymaslikka intilib, kommunistik mafkurani shakllantirishga jon-jahdi bilan harakat qilayotgan bir paytda, tarixiy va ma’naviy merosni, o’zbek xalqi va Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari yaratgan boy ma’naviy qadriyatlarni har tomonlama o’rgandi.
Olim turli manba va ilmiy adabiyotlardan foydalangan va ularni sharhlagan holda Amir Temurning shaxsi va faoliyatini ob’ektiv tahlil qilishga va baholashga harakat qildi. I.Mo’minov o’sha davrdagi ilm ahlini Amir Temurning milliy davlatchilikni shakllantirishdagi roliga to’g’ri baho berishga chaqirdi va 1969 yilda YuNESКO homiyligida Samarqand shahrining 2500 yilligi, Temur va Temuriylar davridagi O’rta Osiyo san’atini o’rganishga bag’ishlangan konferensiyada “Amir Temurning O’rta Osiyoda tutgan o’rni va roli” mavzusida ma’ruza qildi, jiddiy muhokamalardan so’ng ma’ruza o’zbek va rus tillarida nashr qilindi. U ”Bunday shaxsning yuzaga kelishi davrning, zamonning taqozosi, Chig’atoy ulusining zulmi, mayda feodal beklarni vahshiyona ezishi, mo’g’ul xonlari, Oltin O’rda beklarining Movaraunnahrdagi to’xtovsiz bosqinchilik yurishlari, azoblangan, xonavayron bo’lgan, 150 yil davomida chet el mulohazaronligidan tinkasi qurigan mamlakatning, xalqning mustaqillikka erishish talabi edi. Bu tarixiy zaruriyat Temurda, uning lashkarboshilarida ravshan ko’rindi. Temur davlat arbobi sifatida ma’lum darajada bu ehtiyojni, talabni, zaruriyatni o’zida aks ettirdi, ya’ni Movanaunnahrda mustaqil markaziy birlashgan davlat tuzdi, mamlakat ehtiyojlariga javob berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |