1-topshiriq. Jadvalni to‘ldiring: Falsafa fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Download 62,11 Kb.
bet7/12
Sana24.02.2022
Hajmi62,11 Kb.
#201452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Falsafadan 1- topshiriq

Nemis klassik falsafasi.Nemis klassik falsafasining asosiy vakillari I.Кant, I.G.Fixte, F.R.Shelling, G.F.Gegel va L.Feyerbaxlardir. Ular falsafasidagi turli oqimlarga mansubdirlar.
Кant Imamanuil(1724-1804) nemis klassik falsafasining asoschisi, o’z davrining dolzarb nazariy muammolari bilan shug’ullangan olimdir. Кant dialektika g’oyalarini qayta tiklagan mutafakkirdir. Кant ijodini quyidagi davrlarga bo’lish mumkin: 1) dastlabki davr (naturfalsafa davri) U vaqtda faylasuf rasionalizm va empirizm nuqtai-nazarda turgan: 2) tanqidiy davr.
Кant faqat falsafaga emas, balki fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shdi. Кantning Quyosh sistemasi katta gaz tumanligidan kelib chiqqanligi to’g’risidagi gipotezasi hozirgi paytgacha astronomiya fanidagi fundmental ilmiy g’oyalardan hisoblanadi. Кant gipotezasining mohiyati shundan iboratki, tizimlarning yaratilishi Quyosh tizimi kabi tumanli jismlardan paydo bo’ladi. Paydo bo’lish materiyaning quyuqlashishidan va issiqlikning siyraklashishidan alangalanib turuvchi jism yuzaga keladi. Кeyinchalik ulardan sayyoralar o’zlarining yo’ldoshlari bilan yuzaga keladi. Кant o’z zamonasidagi tabiatshunoslikning prinsiplarini faqat koinotning tuzilishiga emas, balki uning tarixiga, ya’ni kelib chiqishi va rivojlanishiga tatbiq etishga ham urindi. Bu uning “Osmonning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi” kitobida o’zining yaqqol ifodasini topgan.
Tanqidiy davrigacha Кant falsafa masalalari to’g’risidagi an’anaviy tasavvurlarga amal qilgan holda falsafaga borliqni kuzatuvchi fan sifatida qaradi. Bunda u tabiatshunoslik masalalariga katta e’tibor qaratib keldi. Кant erishgan eng katta yutuqlardan biri – bu yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek kosmologik gipotezalar to’risidagi ishlari edi.
Кeyingi davri – tanqidiy davr deb ataladi, chunki unda falsafa borliq to’risidagi ta’limot ekanligi tanqid qilinib, falsafaning vazifasi bilish bilan chegaralanadi. Uning fikricha, falsafaning borliq, axloq va din kabi muammolari bilan shug’ullanishdan avval insonning bilish imkoniyatlari va uning chegaralarini aniqlab olish lozim. Shundan kelib chiqqan holda Кant kishini o’rab turgan tashqi dunyodagi narsalarni ikiga bo’ladi. Biri – o’z-o’zicha mavjud bo’lgan narsalar dunyosi, ikkinchisi – bizning sezgilarimiz aks ettirgan narsalar, hodisalardir. Кant ta’limoticha, biz dunyoni qanday mavjud bo’lsa, shundayligicha bila olmaymiz, balki uning ifodalanishini bilamiz xolos. Кishilar “narsa o’zida”ning mohiyatini bila olmaydi, ular narsalarni emas, balki faqat bu narsalarning yoki hodislar xossalarini ongimizda bilamiz. Кant fikricha, hodisalar dunyosi tartibsiz, u hech qanday qonuniyat va zaruriyatga bo’ysunmaydi. Inson bilish jarayonida hodisalar dunyosiga tartib kiritadi, uni ma’lum bir vaqt va makon bilan bog’lab o’rganadi.
Georg Vilgelm Fridrix Gegel (1770-1831) buyuk nemis faylasufi, nemis mumtoz falsafasining mashhur vakili.
Gegel ta’limotini butun g’arb falsafasi rivojining yakuni, deb hisoblangan bo’lsa-da, aslida uni yangi davr Evropa falsafasi taraqqiyotining so’nggi, yuqori bosqichi deyish mumkin.
Gegel falsafiy ta’limotida barcha tabiiy va ijtimoiy hodisa hamda jarayonlarning tubida “olamiy ruh”, “mutlaq aql” deb atalmish mavhum ruhiy ibtido borligini asoslashga harakat qilgan. Mazkur ruhiy ibtido shuning uchun ham olamiy, mutlaqki, uning mavjudligi hech qanda boshqa narsaga bog’liq bo’lmay u tabiat va jamiyat vujudga kelguncha mavjud bo’lgan. Dastlabki paytda mutlaq g’oya “sof borliq” sifatida mavjud bo’ladi. Кeyinchalik u rivojlanib, mazmun jihatdan biridan biri boy bo’lgan tushunchalarni vujudga keltiradi. Mutlaq g’oya o’zining butun mazmunini ifoda etmaguncha rivojlanib boraveradi. Mana shu rivojlanish jarayonida mutlaq g’oya tabiatni keltirib chiqaradi va moddiy narsalar tarzida namoyon bo’ladi. Mutlaq g’oyaning tabiat ko’rinishidan avval mexanik hodisalar vujudga keladi, keyin kimyoviy birikmalar va nihoyat inson, jamiyat paydo bo’ladi. Shundan keyin, mutlaq g’oya o’zi uchun begona bo’lgan moddiy qodiqdan chiqib yana o’zining avvalgi shaklida, ya’ni kishilar ongi, tafakkuri shaklida yashaydi. Inson ongi rivojlangan sari g’oya tobora moddiylikdan qutulib boadi. Pirovard natijada mutlaq g’oya o’zining oldingi holatiga qaytadi. Endi u sof borliq holatida emas, balki o’zining butun mazmunini ifoda etgan borliq sifatida ko’rinadi.
Gegel o’z falsafiy tizimini yaratib, mutlaq g’oya o’zining boy mazmunini moddiy olam – tabiat va jamiyat sifatida ifoda etishni ko’rsatar ekan, avvalo dunyo uzluksiz taraqqiyotda ekanligini qayd etadi. Ikkinchidan, mutlaq g’oyaning taraqqiyot jarayonini ochib berar ekan, mana shu jarayon qarama-qarshi tomonlarning kurashi orqali sodir bo’lishini, bunda bir tushuncha ikkinchi tushuncha tomonidan inkor etilishini, o’tilgan bosqich yanada yuqori darajada takrorlanishini ko’rsatib beradi. Dialektik tafakkur uslubini va uning qonunlarini tadqiq etish bilan Gegel falsafiy fikr taraqqiyotiga bebaho hissa qo’shdi.
Ma’lumki, 20-asr insoniyat tarixi solnomasiga misli ko’rilmagan ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy o’zgarishlar asri sifatida kirib keldi. Bunga tabiat va inson tafakkurining deyarli barcha jabhalarida erishgan muhim yutuqlar sabab bo’ldi. XX-asr oxiriga kelib an’anaviy (klassik) tafakkur uslubi o’rniga noan’anaviy (noklassik) tafakkur uslubi tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlar sohasida shakllandi. Fan va texnikada, kundalik hayotda mikroolam hodisalarini o’rganish, sun’iy materiallardan, yarim o’tkazgich va kompyuter texnikasidan foydalanish oddiy hodisaga aylanib qoldi. Fanning turli sohalarida erishayotgan kashfiyotlar qator ilmiy tamoyil va me’yorlarning eskirib qolganligini ko’rsatdi va ularni qayta ko’rib chiqishni taqozo etdi. Bu narsa, o’z navbatida, dunyoqarash va metodologik vazifani bajarish kerak bo’lgan falsafa uchun ham qator muammolarni qo’ydi.
Xo’sh, XX asr falsafasining asosiy xususiyatlari nimalarda namoyon bo’ldi?
Shu narsani e’tirof etish joizki, jaxondagi falsafiy qarashlar to’g’ri chiziq bo’ylab rivojlanmasdan egri-bugri, ma’lum paytda orqaga qaytish va ilgarilash ko’rinishida rivojlanadi, unda chuqur inqiroz tushkunlik holati ham ijodiy ko’tarinkilik holatlari ham bo’ldi.
Hozirgi G’arb noklassik falsafasi muayyan yaxlitlik, birlikni ifoda etuvchi falsafiy tafakkur shakllanishining o’ziga xos bosqichidir. Unda ayrim asosiy yo’nalishlar – neopozitivizm, ekzistensializm, pragmatizm va hokazolar faqlanadi.
Endi hozirgi zamon G’arb falsafasining muammolarini tahlil qiluvchi eng nufuzli yo’nalishlarni ko’rib chiqamiz.
Pozitivizm falsafaning keng tarqalagan yo’nalishlaridan biridir. Uning muammolari ilmiy bilimning falsafiy tahlili atrofida jamlanadi.
Pozitivizm soxta bilimdan haqiqiy bilimni ajratishga harakat qiluvchi ijobiy bilimning falsafiy doktrinasini anglatadi. Bunday ijobiy bilimlar ayrim fanlarni bilish bilan tenglashtiriladi: pozitivizmga dunyoqarash muammolarini o’z ichiga oluvchi an’anaviy falsafaga nisbatan o’ta salbiy munosabat xosdir.
Pozitivizmning birinchi tarixiy shakli XIXasrning 30-40-yillarida vujudga kelgan. Unga fransuz faylasufi O.Кont asos solgan.
Кont fikriga ko’ra, fanning vazifasi narsani tushuntirish emas, balki unga tavsif berishdir. Fan “nima uchun?” degan savolga javob berishga qodir emas, u dalillarni qayd etish va “qay tarzda?” degan savolgagina javob berish bilan kifoyalanishi lozim. Shu holdagina u ijobiy bo’lishi mumkin.
Ilk pozitivizmning o’ziga xos xususiyati shundaki, O.Кont va uning boshqa namoyondalari falsafaning asosiy vazifasini muayyan fanlarning amalda mavjud moddiy dunyo haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va tizimga solishdan iborat deb bildilar.
Pozitivizmning ikkinchi tarixiy shakli – empiriokritisizm XIX-XX asrlar chegarasida yuzaga keldi. Uning mashhur namoyondalari – E.Max(1838-1916) va R.Avenarius (1843-1896) . Empiriokritisizm “tajriba tanqidi” degan ma’noni anglatadi. E.Max fikriga ko’ra, tajriba amalda “dunyo elementlari” hisoblanuvchi sezgilardan iboratdir.
Maxizm shaklidagi pozitivizm butun falsafiy faoliyatni inson tajribasi hissiy asosining ruhiy-fiziologik shakllari tahliliga bog’ladi. Maxizm falsafasida dunyo “sezgilar majmui” tarzida namoyon bo’ldiki, bu sub’ektiv idealizmning o’ziga xos tarzida ifodalanishini anglatadi.iboratdiri
XX - asrda keng tarqalgan ta’limotlardan biri pozitivizmning uchinchi tarixiy shakli bo’lmish nepozitivizimdir. Neopozitivizimning g’oyaviy otasi ko’zga ko’ringan Avstriyalik mantiqshunos va fizik olim Moris Shlik (1892-1936) hisoblanadi.
Neopozitivizimning rasmiy shakllanishi 1920 yillarning boshlariga to’g’ri keladi. Vena universitetining ko’zga ko’ringan matematiklari, fiziklari, sosiolog va pozitivizmto’garakda birorta ham professional faylasuf ishtirok etmasada, ular o’sha davring fani uchun umumiy bo’lgan metodologik muammolar bilan shug’ullanishgan.
Neopozitivizm falsafiy tafakkurga tajribaning “pozitiv”- ijodiy natijalarini qarshi qo’yadi. Uning diqqat markazida turgan muammo - bu falsafa va fanning o’zaro munosabati masalasi. Uningcha voqelik to’g’risidagi bilim ayrim fanlar yoki ularning “sintetik” birligining real natijasi sifatida qo’lga kiritiladi. Ular faqat ilmiy metodlarnigina to’g’riligini tan olishadi. Ularning fikricha, faqat fan metodlargina tashqi olam haqida to’g’ri ma’lumot bera oladi.
Neopzitivizmning falsafiy mohiyatiga kelsak, u asosan mantiqiy va lingvistik pozitivizm ko’rinishda bo’ldi. Birinchi ko’rinish – “mantiqiy pozitivizm” nomi bilan mashhur bo’lib, “Vena to’garagi”ning ilk shakllanishi davrlari bilan bog’liqdir. “Mantiqiy pozitivizm”ning ma’nosi shundaki, neopozitivistlar XIX asr oxiri XX asr boshlarida shakllana boshlagan yangi fan sohalari – matematik mantiq, semiotika va boshqa formal fan sohalariga ortiqcha baho berishadi. Ularning fikr yuritishining mantiqi taxminan quyidagicha: agar inson bilishi tafakkur asosida sodir bo’lsa, demak, u tushunchalardan fikrlash vositasi tarzida foydalanadi. Tushunchalar esa narsalarning timsollari, belgilaridir. Bilishning asosiy maqsadi mazkur timsollarning ma’nosini aniqlashdan iboratdir. Neopozitivistlarning namoyondalari Кarnap va Reyxenbaxlarning ko’rsatishicha, tafakkur kishi tajribasiga ijodiy erkinlik bag’ishlaydi. Buning natijasida tafakkur olamida mavjud bo’lmagan narsalar haqida ham tushuncha yaratish mumkin. Bu bilan ular ayrim deduktiv fanlar, jumladan, matematikaning ijodiy imkoniyatlariga katta baho berib yuborishadi.
“Mantiqiy pozitivizm”ning asosiy gnoseologik xatosi shundan iboratki, ular matematika va mantiq ishlatadigan simvol va belgilarni kishining hissiy tajribasidan butunlay ajratib qarashadi. Har bir belgi, simvol ostida insonning hissiy-mantiqiy faoliyati(amaliyoti) yotganini anglashmaydi.
Ular matematika va mantiq fanlarini falsafa fanidan ustun qo’yishga intiladilar, ya’ni ular falsafa abstrakt tushunchalar asosida emas, ilmiy bilish, tushuncha simvollarining mantiqiy tahlili bilan shug’ullanmog’i kerak deb da’vo qilishadi. Shunday qilib, mantiqiy pozitivistlar falsafaning dunyoqarash va metodologik vazifalarini inkor etishibgina qolmay, umuman falsafani mantiq va matematikaga “qurbon” qilishadi. Demak, mantiqiy pozitivizmga ko’ra, hatto bilish nazariyasi falsafaning mavzui bo’la olmaydi, chunki u dunyoqarash xarakteriga ega .
Neopozitivizmning lingvistik nomini olgan ko’rinishi (L.Vitgenshteyn, J.Uizdom, J.Rayl, J.Ostin va boshqalar) G’arb mamlakatlarida e’tiborli maqomga ega. Lingvistik tahlilga ko’ra, har qanday falsafiy muammo tabiiy til mantig’ini tushunmaslik natijasida vujudga keladi. Bunday muammolarini hal etish tilni taxlil etish orqali amalga oshadi. Lekin bunday sa’y-harakatlar falsafiy muammolarning echimini izlashda as qotmaydi, chunki u til kontekstlarining xilma-xilligini va ularni bir xil me’yorga keltirish mumkin emasligini tushunmaslikdan kelib chikadi. Falsafiy muammolar borasidagi har qanday bahs-munozaralar ayrim so’z va iboralar tufayli paydo bo’ladi. (Masalan, “bilish”, “mavjud”, “haqiqiy” “tuyilish” va boshqalar) shunga o’xshash so’zlar yozuv va nutqda ifoda etilgan mazmunni sohtalashtirishga olib keladi. Neopozitivizm falsafasininng maqomi, falsafa va fan, til va olam, bilish va uni tekshirish (verifikasiya) masalalarida ba’zi ziddiyatlarga duch kelgan bo’lsada, o’z navbatida qator ijobiy yutuqlarga ham erishdi. Masalan, til-simvolik vositilar va ijtimoiy jarayonlarning o’zaro munosabatlarini tadqiq etish, axloq-odob, estetika, inson falsafasi muammolariga keng kirib bordi.
Demak, neopozitivizmning ijobiy tomonlari ham e’tiborga sazovordir. Bu, birinchi galda, ulardagi hurfikrlilik, ilmiy bilishning yangi tomonlarini qidirishga urinishlarida, an’anaviy metodlardan chetga chiqishga harakat qilishlarida ko’rinadi. Neopzitivizm tarafdorlarining bunday urinishlari zoe ketmadi. G’arb ilmida bunday metodologiya ta’sirida kibernetika, genetika, semiotika, axborot nazariyasi, bionika kabi turli fan tarmoqlari vujudga keldi. Mantiqiy pozitivizm, lingvistik tahlil falsafasi, avtomatika, telemexanika va kompyutersozlikka katta hissa qo’shdi, bashariyat oldida inson aqliy faoliyatini modellashtirish va formallashtirish mumkinligi haqida muammolarni kelitirib chiqardi hamda ularni hal etish yo’llarini ko’rsatishga yordam beradi.
Fanni o’rganish soxasidagi falsafiy yunalish sifatida, Neopozitivizm, 50-yillar oxiri- 60-yillarning boshlarida o’z nufuzini yo’qotdi, va shu davrda “to’rtinchi pozitivizm ” yoki postpozitivizm maydonga chiqdi. Uning eng mashhur namoyondalariga qatoriga К.Popper. I.Lakatos, T.Кun, S.Tulmin, P.Feyerabend, D.Agassini kiritish mumkin.
Postpozitivizmning neopozitivizm bilan g’oyaviy aloqasi shundaki, ular asosan ilmiy bilim tahlili bilan shug’ullangan, tilga katta e’tibor bergan. Biroq, mantiqiy pozitivizm asosan mavjud ilmiy bilim tuzilishini o’rganishga e’tiborni qaratgan bo’lsa, postpozitivizm o’zining bosh muammosini til tushunchalarini tidqiq qilish emas, balki ilmiy bilimni o’zini rivojlantirish kerak, degan g’oyaga qaratdi. Postpozitivizmni avvalo ilmiy bilimning ijtimoiy-madaniy omillari, yangi nazariyalarning yuzaga kelishi, ularning olimlar hamjamiyati tomonidan qabul qilinishi, raqobatlashuvchi ilmiy konsepsiyalarni taqqoslash va tanlash mezoni qiziqtiradi.
Postpozitivizm ta’limotining xususiyati – shundaki ilmiy bilimning riovjlanishini talqin qilishda kumulyativizmdan (kumulyativizm – bilimlarning asta-sekin va izchil o’sishi jarayoni) voz kechilgan. Ilk pozitivizm ilgari surgan kumulyativistik yondashuv fanning izchil rivojlanishi, bilimlarning asta-sekin to’planib borishini nazarda tutadi. Postpozitivizm fan haqidagi bunday tasavvurlardan voz kechadi. U fan tarixida inqilobiy o’zgarishlar yuz berishi muvarrarligini asoslashga xizmat qiladi. Postpozitivistlar fikriga ko’ra, inqilob natijasida fanda ilgari e’tirof etilgan va asoslangan bilimlar, nafaqat nazariyalar, balki metodalr va omillar ham qayta ko’riladi.
XX asrda keng tarqalgan falsafiy ta’limotlardan biri ekzistensializmdir. Ekzistensializm lotincha “ekzistensiya” yoki inglizcha “ekzistense” so’zidan olingan bo’lib, “mavjud bo’lmoq” degan ma’noni anglatadi. Ekzistensializmning vatani Rossiya bo’lgan (Berdyaev, Shestov). Biroq birinchi jahon urushidan so’ng ekzistensializm Germaniyada birmuncha keng rivojlandi. Bunda Xaydeger, Yaspers va Buber kabi yirik nemis faylasuflarining hissasi katta bo’ldi. Shu bilan birga ekzistensializm ta’limotiga fransuzlardan J.P.Sartr, A.Кamyu kabi yozuvchi faylasuflar ham katta hissa qo’shdilar. Ekzistensializm asl ma’noda XX asr ma’naviy hayotning ehtiyojlariga javob sifatida yuzaga keldi.
An’anaviy falsafadan farqli o’laroq, ekzistensiya qiluvchi mutafakkir voqelikka sub’ektiv tarzda qarashi, ya’ni voqelik faqat uning individual mavjudligi va emosional (ehtirosiy) hayoti orqali qanday aks etsa, unga xuddi shundayligicha qarash kerak deb hisoblashadi.
Ekzistensialistlar borliq va inson borlig’i masalasini ko’taradilar va bu borliq insondan tashqarida bo’lganligi uchun inson bu borliqni idrok eta olmaydi deb hisoblaydilar. Biz bu erda ingliz faylasufi Jorj Berklining o’xshash mulohazalariga duch kelamiz. Berkli “butun olam mening his-tuyg’ularim” – deganiday, ekzistensianalizm ham insonning hist-tuyg’ulari chegarasidan chiqib bo’lmaydi, deb ta’kidlaydi. Ma’lumki Berklining bunday qarashlari solipsizmga olib keladi, ya’ni bu olamda mendan boshqa hech narsa yo’q degan falsafaiy fikrni keltirib chiqaradi. Solipsizm tuzog’iga tutilmaslik uchun ekzistensializm falsafasi asoschilari insondan tashqaridagi borliq masalasini e’tiborga olishmadi. Inson borlig’ini “ekzistensiya” deb atadilar. Insonning mavjudligida hayotning mohiyati ochilmaydi.
Inson hayot mohiyatini bilishga emas, balki shu hayotda yashash, mavjud bo’lishga intilishi kerak. Demak borliq deganda ekzistensialistlar sub’ektning o’z mavjudligini his etishni tushunadilar.
Xaydeger fikricha, inson ichki mohiyatining ochilishiga yordam beruvchi vositalar tasviriy san’at va musiqadir. Aynan shu sohalarda inson tabiatida yashirinib yotgan ijodkorlik kuchlari yuzaga chiqadi.
Ijod qilish, yangilik yaratish inson tabiatidagi eng katta mo’jtzadir. Inson jamiyatda o’z o’rnini topa olmasa, bu ijodkorlik kuchini yuzaga chiaraolmaydi. Uning qalbida yashirinib yotgan marvarid, xuddi denigiz tubida yashirinib yotgan marvaridday o’z nurini hech kimga yog’dira olmaydi. Inson qalbi yashirish qolar ekan, undagi nur ham xiralashadi. Qalbi yashirin insondan tashkil topgan jamiyat esa yopiq jamiyat bo’lib qoladi. Bunday jamiyatda inson ijod qilishdan mahrum bo’lib qoladi. U faqat moddiy manfaatlariga intilib yashaydi. Uning moddiy manfaatlari va ehtiyojlari birin-ketin paydo bo’lib, hech vaqt tugamaydi. Bu manfaatlar ketidan intilgan shaxs hech vaqt o’z maqsadiga erisha olmaydi.
Ekzistensial faylasuflar fikricha, hozirgi jamiyatdagi inson hayotga bo’lgan qiziqishini tobora yo’qotib bormoqda. U tabiatning go’zalligini ham, boshqa insonlar kayfiyatini ham his qilmaydi. Inson faqat aqli bilan yashar ekan, aql uni faqat o’z manfaatalarini ko’zlashga undaydi. Natijada inson hayotidan ezgulik o’rniga faqat foyda axtaradi. Bunday odamlarning ongi dasturlao’tirilgan mashinaga, kompyuterga o’xshab qoladi. Inson ham kompyuterga o’xshab, ichki beg’ubor hissiyotlardan mahrum bo’lib qoladi. Bunday odamlarga hayot zerikarli, ma’nosiz bo’lib tuyuladi. Yurakdagi bolalarga xos bo’lgan samiymiylik va hayratlanish xususiyatlarini saqlab qolgan odamlar hayotning go’zalligini his qilishi mumkin.
Insonning asl qiyofasi faqat ayrim sharoitlarda yaqqol ochilishi mumkin. Bunday sharoitlarni ekzistensialistlar oraliq vaziyat deb ataydilar.
O’lim va hayot to’g’risidagi chegara, insonning ichki va tashqi olam o’rtasidagi va insonning mavjudligi va haqiqiy borlig’i mohiyati o’rtasidagi chegara nihoyatda murakab bo’lib, bu tushunchani ochib berish uchun ekzistensialistlar insonning ichki olamiga, erkinlik masalasiga diqqatlarini jalb etdilar. P.Sartr va A.Кamyu asarlarida insonning erkinligi erkin tanlash huquqi asosiy muammolardan biridir. Uning fikricha, o’lim muqarrar bo’lgan holatda ham insonda erkin tanlash imkoniyati bor. Agar inson o’z erkinligidan voz kechsa, bu o’limdan ham og’irroqdir.
Qisqacha aytganda, o’lim haqiqatdir. O’lim arafasida insonning ichki kechinmalarida keskin o’zgarish sodir bo’ladi. Bu o’zgarish natijasida inson avval anglab etmagan narsalari birdaniga o’z-o’zidan ravshanlashadi. Inson uchun yaxshilik va yomonlik ortida yotgan cheksiz olam ochiladi. Barcha narsalardagi ziddiyatlar birdaniga birlashadi. Balkim, shuning uchun ham g’arb adabiyotida ekzistensializmni erkinlik falsafasi deb yuritadilar. Haqiqiy erkinlik, - deb ta’kidlaydi Sartr, - insonga taxlikalikda, tashvishda, yolg’izlikda namoyon bo’ladi. Taxlikalik, yolg’izlik mas’uliyati, - ongimizning sifatini tashkil qiladi, chunki bu sifat sof va oddiy erkinlikning o’zidir.
XX asrda rivojlangan falsafiy oqimlardan yana biri pragmatizmdir. Pragmatizm yunoncha “pragmatos” so’zidan olingan bo’lib, “ish”, “hatti-harakat” degan ma’noni anlatadi. Pragmatizmning asoschisi yirik Amerikalik mutafakkir Charlz Sanders Pirs hisoblanadi. Pirs AQShda faqatgina faylasuf bo’lib qolmay, o’z davrida fanning astoronomiya, matematika, ximiya, logika kabi sohalarini ham rivojlantirgan. Pirsdan so’ng Pragmatizm g’oyalari uning vatandaoshlari U.Jeyms, J.Dyui shuningdek Buyuk Britaniyada F.Shiller tomonidan rivojlantirilgan.
Pragmatizm uchun xarakterli bo’lgan xususiyat shundaki, bu ob’ektlar haqidagi tushunchalarning ma’nosi va ahamiyati ular keltirib chiqargan amaliy natijalardan qidiriladi. Pirsning mashhur “prisipi”ga binoan, “ob’ekt tomonidan chiqarilgan oqibat haqidagi tushuncha mazkur ob’ekt haqidagi tushunchadir”.
Dyui va umuman pragmatizm uchun xarakterli tomon shundaki, ular ilmiy bilishda tajribaga katta ahamiyat berishadi. Biroq, bu tajribani amalga oshirish yo’llari ham muhimdir. Tajriba ko’r-ko’rona tarzda olib borilishi yoki ma’lum aniq dalilga asoslanishi kerakmi?. Bu – muhim ahamiyatga egadir. Dyui falsafasida bu masala ochiq qoladi. U tajriba natijasining “foydali” tomoniga e’tiborini qaratdi. Dyui qarashlarining ijobiy tomoni shundaki, u demokratik tarzda, ya’ni har qanday shaxsni obro’ysiz, yoxud qandaydir tajribagacha bo’lgan uydirma tushuncha va usullarni ishlatmasdan, tajribani hayotning barcha sohalariga dadillik bilan tatbiq etishga, uning yangi qirralarini ochishga da’vat qiladi.



Turkiston (Markaziy Osiyo tushunchasi ostida ko’pincha Turkiston tushuniladi) xalqlarining boy ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy, madaniy taraqqiyotida XIX asr birinchi yarmi, XX asr birinchi choragidagi davr o’zining nihoyatda sermazmun va inqilobiy suronliligi, g’oyaviy-nazariy va mafkuraviy harakat shakllarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu holat ijtimoiy taraqqiyotning o’ziga xos yo’nalishi edi.
Sharq istilosi bilan bog’liq uyg’onish harakatlari haqida fikr bildirar ekanmiz, osiyosentrizm ta’limotiga qisqacha to’xtalib o’tishga to’g’ri keladi.

Download 62,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish