O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI DASTURIY INJINIRING YO’NALISHI 210-guruh talabasi Nosirov Navruzning AXBOROT TIZIMLARI FANIDAN “Ixtisoslashgann tizimlar” mavzusida bajargan
Axborot asri deya e’tirof etilayotgan bugungi kunimizda axborot kommunikatsiya tizimi izchil rivojlanishda davom etmoqda. Bugun zamonaviy axborot texnalogiyalarisiz hayotimizni tasavvur etib bo’lmaydi. Mamalakat darajasida soha rivoji muhim omillardan biriga aylangan. Shu bois ham mamlakatimizda telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ayniqsa sohani xalqaro andozalarda mexanizasiyalashtirish va rivojlantirish ustuvor yo’nalishlar sifatida belgilab olingan. Prezidentimizning ”O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizasiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida” Qarori bu borada dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda. Amaliy harakatlar natijasida yurtimizning olis mintaqalarida axborot resurslarini yaratish va undan foydalanish samaradorligi oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to’g’risida»gi qonunini bajarish maqsa-dida Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirliklari tomonidan qator me’yoriy hujjatlar va dasturlar ishlab chiqilib, qabul qilingan edi, shuningdek axborot tarmog’ini shakllantirish, axborot resurslarini yaratish va AKTni ta’lim jarayonida qo’llash bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Matlab - bu shunday interfaol (bevosita) tizimki, undagi asosiy ob'yekt bo’lgan massivning o’lchamarini aniq yozish talab qilinmaydi. Bu esa juda ko’p hisoblashlarni(vektor, matritsa ko’rinishidagi) tez vaqtda yechish imkonini beradi. Shuning uchun Matlabda xotirani dinamik taqsimlash evaziga S va Fortran tillaridagiga Qaraganda amallar bajarish osonroq kechadi. Matlab tizimi bu ham amaliyot muhit, ham dasturlash tilidir. Tizimning eng kuchli tomonlaridan biri bu Matlab tilida ko’p marta foydalaniladigan dasturlar yozish mumkin.
Matlab tizimining yordam laxjasidan foydalanish mumkin va Adobe Acrobat yordamida PDF formatda chop qilish mumkin. Adobe Acrobat tahrirlovchisi matnni har xil shriftlarda, grafika va tasvirlar bilan kitobni o’qish imkonini beradi.
Agarda Komp’yuter Internet tarmog’iga ulangan bo’lsa, Matlab tizimi varag’iga chiqish mumkin.