Mavzu: Tibiy kimyoga kirish. Eritmalar. Biologik suyuqliklar. Bufer sistima
Reja:
1.Tibiy kimyo nimani urganadi.?
2. Eritma haqida tushuncha ?
4. Bufer sistima nima?
Tibbiy kimyo fanining nomi (inglizchadan «medical chemistry») to`g`ridan-tog`ri dorivor moddalar kimyosi deb talqin qilinadi. Hozirgi vaqtda u kimyo fanining sohasi sifatida biologik faol moddalrni izlab topish, ularni tarkibini isbotlash, sintezlash va organizmga ta`sir etish mexanizmini molecular darajada o`rganadi. Shuningdek tibbiy kimyoning izlanishlari biologik faol moddalar ta`sir etayotgan organizm metabolitlarining tuzilishi, ularning kimyoviy tarkibi, fizik-kimyoviy holatlari, bioenergetikasini organishga ham qaratilgan. Ko`rib turibmizki tibbiy kimyo fanlararo ilm sohasi bo`lib, bioanorganik, biofizik, kolloid, bioorganic kimyo va to`liq shakillanib bo`lgan, tan olingan biokimyo, farmakologiya va farmatsevtik kimyo kabi fanlar asosida vujudga kelib, rivojlanib kelayotgan fandir.
Ko’p asrlar davomida tabbiy fanlar rivojlanishi natijasida tibbiyot va kimyo o’rtasida juda chuqur bog’liqliklar vujudga kelgan. Bu fanlarni bir biriga singib ketishidan yangi ilmiy yo’nalishlar fanlar orasida o’z o’rnini topib kelmoqda. Ular fiziologik jarayonlarni, kasalliklar kelib chiqishi sabablarini, farmakologiya asoslarini molekulyar darajada o’rganishga qaratilgan. Xayot jarayonini molekulyar darajada o’rganilishi kerakligining sababini tushintirish oson, chunki “tirik xujayra – bu katta va kichik bir biri bilan tinimsiz ta’sirlashayotgan molekulalardir”. Umumiy kimyo shu molekulalarni atom-molekulyar ta’limot nuqtai nazaridan, o’zida shu moddalarni saqlagan eritmalarning tarkibi, xossalarini o’rgansa, analitik kimyo elementlar va ularning birikmalarini xossalarini o’rganadi. Odam organizmining biologik suyuqliklarini eritma, bufer eritma, kolloid eritma sifatida ko’rganimiz uchun, eritmalar kimyosini o’rganishsiz organizmning tarkibini o’rganish to’liq bo’lmas edi. Biologik suyuqliklar o’z tarkibida anorganik moddalarni ionlar holatida ham tutadi. Shundan kelib chiqqan holda elektroliz jarayoni, elektrolitlar kimyosi, elektrod va oksidlanish-qaytarilish potensiallarini o’rganish tibbiyot oliy o’quv yurtlarida o’qish uchun zarur sohalardan bo’lib kelgan. Sirt hodisalari, kolloid sistemalarning fizikasi va kimyosi asoslarini bilish, organizmda kechadigan sorbsiya, desorbsiya, elektrkinetik xodisalar mohiyatini tushinib yetishga asos bo’ladi. Bioorganik kimyo xujayra va to’qimalar tarkibini tashkil qiluvchi biologik faol moddalar va organizmni sog’lomligini ta’minlovchi dorivor moddalarning tuzilishi va xosslarini o’rganadi. Kimyo fani xozirgi zamon tibbiyotini rivojlanishida muhim o’rinni egallab, vrach ma’lumotining ajratib bo’lmaydigan bir qismidir.
Eritmalar — nisbiy miqdorlari keng oraliqda oʻzgarishi mumkin boʻlgan 2. Va undan ortiq komponent (tarkibiy qism)lardan tashkil topgan qattiq yoki suyuq gomogen sistemalar. Har qanday eritma erigan modda va erituvchidan iborat; undagi molekula yoki ionlar baravar tarqalgan boʻladi. Eritmada erituvchi bilan erigan moddalarni bir-biridan farqlash zarur. Odatda, erituvchi sifatida sof holda ham, eritmada ham agregat holati oʻzgarmagan modda olinadi. Mas, biror tuzning suvdagi eritmasidagi erituvchi suv. Agar 2 modda bir-birida erigunicha suyuq agregat holatda boʻlsa, eritmada miqdori koʻproq komponent erituvchi sifatida qabul qilinadi. Suv bilan spirt eritmasida bu moddalarning qaysi biri eritmada moʻlroq boʻlsa, shuni erituvchi deb olinadi. Eritma Tarkibining bir xilligi ularni kimyoviy moddalarga yaqinlashtiradi. Baʼzi moddalar erituvchilarda eriganida issiqlik ajralishi yoki yutilishi ular orasida kimyoviy taʼsir mavjudligiga dalil boʻladi. Eritma Tarkibining oʻzgarib turishi ularning kimyoviy birikmalardan farq qilishini koʻrsatadi. Bundan tashqari, Eritma Tarkibidagi alohida komponentlarning xossalarini aniqlash mumkin, kimyoviy birikmalarda esa buni aniqlab boʻlmaydi. Eritma Tarkibining oʻzgarib turishi ularni mexanik aralashmalarga yaqinlashtirsa, tarkiblarining bir xilligi ulardan farkdantiradi. Shu bois ham Eritma Mexanik aralashmalar bilan kimyoviy birikmalar oraligʻidagi moddalar deb qabul qilinadi.
Kristallning suyuqlikda erib, eritma hosil boʻlishi individual modda molekulalarining oʻzaro taʼsiri buzilib, eritma komponentlari orasida yangi molekulalararo bogʻlanish vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Kristall yuzasidan ajraladigan molekulalar diffuziya tufayli erituvchining butun hajmi boʻylab baravar tarqaladi. Molekulaning qattiq jism yuzasidan ajralishi bir tomondan — erituvchi molekulalari tortishish kuchiga berilishi tufayli roʻy beradi. Mazkur jarayon kristallning butunlay erib tugashiga qadar davom etishi mumkin, lekin bunga ayni vaqtdagi aks jarayon — kristallanishning boshlanishi toʻsqinlik qiladi. Konsentratsiyaning oshishi qayta kristallanishni tezlashtiradi. Maʼlum muddatdan soʻng kristallning erish tezligi qayta kristallanish tezligiga tenglashib dinamik muvozanat vujudga keladi:Erimagan modda eritmadagi modda, yaʼni vaqt birligida qancha molekula erisa, shuncha molekula eritmadan ajralib chiqadi. Eriyotgan modda bilan muvozanatda boʻlgan eritma toʻyingan eritma deb ataladi. Hajm birligidagi konsentratsiyasi toʻyingan eritmanikidan kam boʻlgan eritma toʻyinmagan eritma hisoblanadi. Eritmada kristallanish markazi boʻlmasa, uni shunday sovitish mumkinki, bunda erigan moddaning konsentratsiyasi eruvchanligidan yuqori boʻlib qoladi, natijada eritmaning oʻzi oʻta toʻyingan holatga oʻtadi. Bunday eritma oʻta toʻyingan eritma deyiladi
Ko’pchilik organizmlarda, shu jumladan odam organizmida bufer sistemalar biologik jarayonlar borayotgan muhitning ph ko’rsatkichini doimiy saqlanishini ta’minlaydi. Shuning uchun bufer sistemalarning turlari, tuzilishi, ularning ta’sir etish mehanizmi, sig’imini aniqlash, phini hisoblash yollarini o’rganish muhim ahamiyatga egadir.
Bufer sistemalar ikki turga bo’linadi: 1. Kuchsiz kislota va shu kislotaning kuchli asos bilan hosil qilgan tuzining aralashmasi. Masalan: CH 3 COOH + CH 3 COONa – atsetatli bufer eritma 2. Kuchsiz asos va shu asosning kuchli kislota bilan hosil qilgan tuzining aralashmasi. Masalan: NH 4 OH + NH 4 Cl – ammiakli bufer eritma.
Bufer ta’sirining mehanizmi CH 3 COOH CH 3 COO- + H+ CH 3 COONa CH 3 COO- + Na+ Oz miqdorda kuchli kislota qo’shganda: H+ + CH 3 COO- = CH 3 COOH ya’ni muvozanat kuchsiz elektrolit CH 3 COOH hosil bo’lish tomonga siljiydi. Oz miqdorda kuchli asos qo’shganda: OH- + H+ = H 2 O ya’ni muvozanat kuchsiz elektrolit H 2 O hosil bo’lish tomonga siljiydi.Organizmning bufer sistemalari Gidrokarbonatli bufer sistema – qonning asosiy bufer sistemasi: H 2 CO 3 H+ + HCO 3 Na. HCO 3 Na+ + HCO 3 Oz miqdorda kuchli kislota qo’shilganda kuchsiz elektrolit H 2 CO 3 hosil bo’ladi: H+ + HCO 3 - = H 2 CO 3 Oz miqdorda kuchli asos qo’shilganda kuchsiz elektrolit H 2 O hosil bo’ladi: OH- + H+ = H 2 O
Do'stlaringiz bilan baham: |