Dars mavzusi Ontogenez
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
2.o‘quvchilar bilimini aniqlash uchun topshiriqlar. Tеzkor savollar.
6 X 6 X 6 metodi
Muammoli dars texnologiyasi
9 sinfda “Embrional rivojlanish davri” mavzusini 6X6X6 metodi asosida olib borishni yoritamiz.
Dars rejasi.
1. Tashkiliy qism.
2. Guruhlarga bo‘linish.
3. Darslik bilan ishlab,mavzuni o‘rganish.
4. Guruhlarda birgalikda savollarga javob topish va yozish.
5. Guruhlarni qayta shakllanishi va hamkorlikda ishlashi.
6. Xulosa va dars yakuni.
Darsning tashkiliy qismidan so‘ng, o‘qituvchi o‘quvchilarni 6 tadan 6 ta guruhga ajratadi, va har bir guruh alohida stol va stullarga o‘tiradilar. Har guruhga 1 tadan oldindan tayyorlangan savollar tarqatiladi savollarga javob topish yozish va munozara o‘tkazish uchun vaqt belgilanadi. 6 ta guruhning har bir 6 a’zosi 1-6gacha raqam bilan nomerlanadi.Guruhlar shakllangach o‘qituvchi o‘quvchilarni darslikdan mavzu bilan tanishib chiqishlarini aytib bu faoliyatlari uchun ularga 6 daqiqa vaqt berishini tayinlaydi. Vaqt tugagach guruhlarga qo‘yidagi saollar tarqatiladi.Bu savollarga javob topishlari , guruhda muhokama qilishi, yozishi uchun 8 daqiqadan vaqt belgilaydi.
Mazkur mavzu bo‘yicha savollar.
1. Ontogenez to‘g‘risida tushuncha bering.
2. Ontogenezning maydalanish bosqichida qanday jarayonlar kechadi?
3. Blastula, blastosel to‘g‘risida tushuncha bering.
4. Gastrulyasiya nima?
5. Ixtisoslashish jarayonini ta’riflang?
6. Organogenez jarayonini mohiyatini ochib bering?
O‘quvchilar guruhlarda ishlab, savollarga quyidagicha javob topadilar.
1-guruh. Individual rivojlanish yoki ontogenez yunoncha-onton-mavjudot, genezis-rivojlanish so‘zlaridan olingan. Ontogenez tushunchasi 1866 yilda E.Tekkel tomonidan fanga kiritilgan. Ontogenezning uchta tipi mavjud:
1. Lichinkali.
2. Lichinkasiz.
3. Ona qornida rivojlanish.
Lichinkali ontogenez tuxum xujayrasida oziq modda kam bo‘lgan organzmlarda, lichinkasiz ontogenez tuxumda oziq moddalar ko‘p bo‘lgan organizmlar (baliqlar, repteliyalar, qushlarda kuzatiladi, yosh organizmlar etuk organizmlarga ancha o‘xshaydi.
Ona qornida rivojlanish odam va yuqori sut emizuvchilarda uchraydi.
Ontogenezning 2ta asosiy davri bor.
1.Embrional davr.
2.Postembrional davr.
Odam va yuqori yuqori sut emizuvchilarda tuxum hujayra urug‘langach, ontogenez boshlanadi. Bu embrional davr quyidagi bosqichdan iborat.
1.Zigota. 2. Maydalanish. 3. Blastula. 4. gastrula. 5. Orgonogenez.
2.Zigota – tuxum va urug‘ xujayralarning qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi. Bir necha soatdan keyin maydalanish bosqichi boshlanadi.
Maydalanishni lansetnik misolida ko‘rib chiqamiz. Zigota dastlab meridion bo‘ylab mitoz yo‘li bilan bo‘linadi va bir-biriga teng ikkita hujayralar hosil bo‘ladi. Bular yana meridion tekisligida bo‘linib 4 ta xujayra hosil bo‘ladi, blastomerlar so‘ng ekvator tekisligida bo‘linib navbat bilan bo‘linib boradi. Hujayralar o‘smasdan bo‘linib, har bir xujayra maydalanib boradi. Shuning uchun bu jarayon maydalanish deyiladi.
3. Maydalanish ko‘p xujayrali embrion-blastula hosil bo‘lishi bilan tugallanadi. Blastula sharsimon shaklga ega bo‘lib, uning devori bir qavat xujayralardan tashkil topgan, ichi suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi, bu bo‘shliq birlamchi tana bo‘shlig‘i – blostosel deb ataladi.
4. Lansetnikda gastrula blastula devorning ichkariga botib kirishi, ayrim hayvonlarda blastula devorini qat-qat bo‘lib joylanishi yo‘li bilan amalga oshadi. Gastrula bosqichida murtak ikki qavat bo‘lib qoladi. Murtakning tashqi qavati ektoderma, ichki qavati endoderma deyiladi.
Gastrula hosil bo‘lish jarayoni gastrulyasiya deyiladi. Keyinroq entoderma va ektoderma o‘rtasida mezoderma paydo bo‘ladi. Bu jarayonda hujayralar o‘smaydi, bo‘linmaydi. Dastlabki ixtisoslashish belgilari paydo bo‘ladi. Murtak varaqlarining rivojlanish tartibi, shakllanishi tarixiy rivojlanishni aks ettiradi. Bu nemis olishlari F.Myulller va E.Gekkel kashf etgan biogenetik qonunda o‘z aksini topgan. Har bir individ o‘zining individual rivojlanishida (ontogenez) o‘z turining rivojlanish tarixi (filogenez)ni qisqacha takrorlaydi.
5. Har xil turlarga mansub hayvonlarning murtak varaqalarida bir xil to‘qima va organ hosil bo‘ladi.
Ektodermadan nerv sistemasi, sezgi organlari, terining epidermik qismi, uning hosilalari, shakllanadi.
Ektodermadan o‘rta ichak epitemiysi hazm bezlari, jabra va o‘pkalar epitemiyasi rivojlanadi.
Mezodermadan biriktiruvchi va murtak to‘qimalari, yurak-tomir va ayrim sistemasi hamda jinsiy organlar shakllanadi.
6. Gastrulyasiya tugagach o‘zak organlari majmui: nerv nayi, horda, ichak naychalari, hosil bo‘ladi. embrion hujayralarining keyingi ixtisoslanishi natijasida murtak varaqalaridan juda ko‘p to‘qima va organlarning hosil bo‘lishi yuz beradi va emrional rivojlanish davri tugab, yangi organizm to‘g‘iladi, paydo bo‘ladi.
O‘quvchilar savollar javobini darslik va boshqa manbalardan topadilar, o‘qiydilar, yozib oladilar, guruh ichida munozara olib boradi.
Belgilangan vaqt tugagach, o‘qituvchi guruhni qayta shakllantiradi, endi har bir guruhdagi 1 raqamidagilar bitta guruh bo‘lib, 2 raqamidagilar ikkinchi guruh bo‘lib qaytadan 6ta guruh bo‘lib shakllanadi. Har bir guruhdagilar o‘zlari topgan javoblarni birgalikda bir-birlariga aytib beradilar. Bunday darslarni o‘quvchilari faol bo‘lgan sinflarda tashkil etish yaxshi samara beradi. O‘qituvchi o‘quvchilar o‘zlashtirish natijalarini aniqlash uchun guruhlarni taqdimotga navbat bilan chiqishlarini tashkil etadi. Noaniq savollar o‘qituvchi yordamida oydinlashtiriladi. O‘quvchilar baholanadi va dars yakunlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |