1. Tarixiy geografiya fanining vazifalari nimalardan iborat?



Download 227,68 Kb.
bet2/7
Sana22.02.2022
Hajmi227,68 Kb.
#113596
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-Savol va topshiriqlar

Demak tabiiy geografiya - Yerning geografik kobigʻi tabiiy tarkibi va uning strukturaviy kismlari: barcha darajadagi tabiiy hududiy majmualarini (shuningdek, suv havzalarini ham) oʻrganuvchi fan; tabiatshunoslik fanlarining muhim tarmoklaridan biri. Tabiiy geografik majmualarnkng makon va zamonda obʼyektiv mavjudligini eʼtirof etish T.g .ni eng muhim metodologik tamoyillaridan biri.
Geografik qobiqning murakkab tuzilishi va xususiyatlari uni har tomonlama tadHiq qilishni, yaʼni bir butun hamda alohida komponentlar boʻyicha ham va undagi kattakichik tabiiy geografik majmualar boʻyicha ham tadqiq qilishni taqozo etadi. Bu, oʻz navbatida, T.g .ning tarmoqlanishiga olib keladi. Hozirgi kunda T.g .ning quyidagi asosiy tarmoklari mavjud: umumiy yer bilimi, regional geografiya, landshaftshunoslik, paleogeografiya, xususiy geografiya (iqlimshunoslik, geomorfologiya, biogeografiya va h.k.).
Tarixi. Dastlabki geografik tasavvurlar yunon olimlari Fales (mil. av. 625—547 yillar), Anaksimandr (mil. av. 610—347 yillar), Miletlik Gekatey (mil. av. 546—480 yillar), Gerodot (mil. av. 486—425 yillar), Platon (mil. av. 427—347 yillar), Aristotel (mil. av. 384—322 yillar)ning tabiat falsafasi yoki tarixga oid asarlarida uchraydi. "Geografiya" nomli birinchi ilmiy asar Eratosfen (276—194 yillar) tomonidan yaratilgan. Bu asar oʻz davrigacha toʻplangan geografik maʼlumotlarni tartib bilan taxlil qilishning eng dastlabki namunasi boʻlgan. Yunon olimlarining asarlarida hozirgi vaqtda ham mavjud boʻlgan matematik geogr., mamlakatshunoslik, rayonlashtirish va tasviriy geogr. kabi yoʻnalishlarga asos solingan edi. Geografik xaritalarning ilk namunalari ham ular tomonidan yaratilgan.
Ilmfan, maʼrifat va madaniyat, shuningdek, Osiyoda, yaʼni gʻarbda Oʻrta dengiz boʻylaridan, sharqda Xitoy chegarasigacha, shim.da Orol dengizi kengliklaridan jan.da Arabiston dengizi qirgʻoklarigacha boʻlgan hududlarni oʻz ichiga olgan Sharq olamida rivojlana boshladi. Bu davrda, ayniqsa, 9— 11-asrlarda fan va madaniyat tez surʼatlarda rivojlandi, yuzlab ilmfan namoyandalari, olimlar yetishib chikdi. Ulardan Movarounnahr va Xuroson olimlari yetakchi oʻrinlarni egallagan. Oʻsha davrda yashab, ijod qilgan va jahon fanida oʻchmas iz qoldirgan Muhammad ibn Muso alXorazmiy, Ahmad alFargʻoniy, Jayhoniy, Abu Zayd va Abu Maʼshar Jaʼfarlar, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshgʻariy kabilar shunday olimlardan. Ular Yer meridiani uzunligini aniklash, joylarning geografik koordinatalari jadvallarini tuzish, geofafik xaritalar tuzish, ayrim geografik hodisa va jarayonlarning sabablarini izohlash, turli mamlakatlar tabiatini tasvirlab yozish ishlarini davom ettirdilar. Koʻpgina tarixiygeografik va astronomikgeofizik asarlar yoziddi. Oʻrta asrlardagi Sharq olimlarining geografik merosi I.Yu.Krachkovskip, gʻ.Hasanovl&r tomonidan taxlil qilingan.
T.g .ning rivojlanishi tarixida 15—16-asrlarda Yevropadagi Uygonish davri bilan bogʻliq boʻlgan Buyuk geografik kashfiyotlar muhim ahamiyatga ega boʻldi. Oʻsha vaqtda yangi yerlarning yevropaliklar uchun maʼpum boʻlishi tabiatshunoslikning , shu jumladan, T.g .ning taraqkiyoti uchun ham turtki boʻldi. Insonlarning geografik tasavvur doirasi ancha kengaydi. Oʻsha davrda Movarounnahrda Hofizi Abroʻ, Gʻiyosiddin Naqqosh,Abdurazzoq Samarqandiy, Mirzo Ulugʻbek, Bobur, Muhammad Haydar Mirzo kabilar oʻz asarlari bilan tasviriy geografiyaning rivojiga munosib hissa qoʻshdilar.
T.g .ning tarixidagi yana bir muhim bosqich 19-asrning 1yarmidan 20-asrning 60y.larigacha davom etib, yangi ilmiy T.g .ning shakllanishi bilan tavsiflanadi. Bu davrning boshlanishi nemis tabiatshunosi A. Gumboldt asarlariga borib taqaladi. Uning buyuk xizmati tabiat komponentlari orasidagi oʻzaro aloqadorlikning taxlili geogr. fani uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini ochib berishda edi. T.g .dagi bu gʻoya keyinchalik V. Dokuchayev, L.S.Berg , A. Grigoryev, SV.Kalesnik va boshqa tomonidan rivojlantirildi. Natijada Yerning geografik qobigʻi, tabiiy geografik kompleks va landshaft haqidagi taʼlimotlar yuzaga keldi. Bir qancha tabiiy geografik qonuniyatlar aniqlandi, yangi izlanish metodlari yaratildi, ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirildi. Joylarning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklarini oʻrganish ishlari jadallashdi. Sharqiy Yevropa tekisligi, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Sibir va Uzok, Sharq regionlarining tabiati va tabiiy resurslari haqida yirik ilmiy asarlar yuzaga keldi. Shular qatorida Oʻrta Osiyoda izlanishlar olib borgan tabiatshunos olimlar N.A.Dimo, R.I. Abolin, D. N. Kashkarov, Ye.P.Korovin, KZ.Zokirov, I.A.Raykova, N.L.Korjenevskiy, V.M.Chetirkinlarning ishlari ahamiyatli boʻldi.
20-asrning oʻrtalaridan boshlab T.g . tadqiqotlarining , geografik muassasa va ilmiy markazlarning koʻlami yanada ortdi. Geograflar soni ham oshdi, yangiyangi ilmiy yoʻnalishlar shakllandi. Jumladan, geofizika, geokimyo, ekologik yoʻnalishlar rivojlandi. Yangi ilmiy tushunchalar (geografik fazo, Yerning landshaft qobigʻi, landshaftlar morfologiyasi, antropogen landshaft va h.k.) hamda geografik krnuniyatlar (landshaft qobigʻining mozaikligi, diskretligi, geografik zonallikning davriylik qonuniyatlari, qutbiy asimmetriya) vujudga keldi. 7abiiy geografik rayonlashtirish ishlari yangi bosqichga koʻtarildi. Uning nazariy asoslari, metodlari takomillashdi. T.g . konstruktiv bosqichga oʻtdi. Tabiiy komponentlarni amaliy maqsadlarda baholash, ularning taraqqiyot yoʻnalishlarini aniklab, kelajakdagi oʻzgarishlarini bashoratlash tamoyillari va metodlari ishlab chiqildi.
Oʻzbekistonlik geograf olimlarning davrasi ancha kengaydi. Tanikli olimlar L.S.Babushkin, O.Yu.Poslavskaya, N.A.Kogay, M. Qoriyev, N.D.Dolimov, H. Hasanovlar qatoriga P.Baratov, M.Mamatqulov, P.Gʻulomov, A.Saidov, Yu.Sultonov, L.Alibekov, A.Abdulqosimov, A.Rafiqov, Sh. Zokirov, Sh.Ergashev, I.Hasanov, I.Abdugʻaniyev, I.Nazarov kabi olimlar kelib qoʻshildi. Ular Oʻzbekiston va uning ayrim hududlarining tabiiy va antropogen landshaftlarini tadqiq qildilar, tabiiy geografik rayonlashtirish, tabiiy geografik baholash, tabiiy geografik majmualarning rivojlanish yoʻnalishlarini aniklash va bashoratlash ishlarida samarali mehnat qidsilar. Nazariy asoslari. Umumiy T.g .ning nazariy asoslari negizida quyidagi eng muxim geografik krnuniyatlar yotadi: 1) geografik qobiqning bir butunlik qonuniyati; 2) aylanma harakatlar qonuniyati; 3) geografik qobiqning davriylik qonuniyati, yaʼni barcha tabiiy geografik hodisa va jarayonlarning maʼlum vaqt davomida takrorlanish qonuniyati; 4) geografik qobiqning hududiy tabaqalanish qonuniyati, yaʼni rivojlanish jarayonida gazlarning qobiq strukturasining maydonda oʻzgarishi, kattakichik tabiiy hududiy majmualarga boʻlinishi. Bu qonuniyat tabiiy geografik rayonlashtirish uchun nazariy asosdir; 5) geografik zonallik qonuniyati — tabiatda geografik mintaqalar va tabiat zonalarining mavjudligi shaklida namoyon boʻladi; 6) geografik zonallikning davriy qonuniyati, yaʼni bir tipdagi geografik zonaning turli geografik mintaqalarda uchrashi qonuniyati; 7) azonallik qonuniyati geografik mintaqalarning geografik uzunligi boʻyicha sektorlarga boʻlinishi, landshaft zonalarining qam shu yoʻnalishda tabaqalanishi va landshaftlarning balandlik mintaqalari mavjudligida oʻz ifodasini topishi; 8) zonallik va azonallikning bir butunligi qonuniyati; 9) Yer sharining qutbiy asimmetriya qonuniyati. Uning asosida Yerning shakli, quruklik va suvlarning , organizmlarning taqsimlanishi, iklimlar, geografik qobiq strukturasi, muzliklar maydoni va shakllari, geologik tarixiga koʻra shim. dengizlarning Jan. yarim shardagilardan farq qilishi yotadi; 10) geografik qobiqning rivojlanish qonuniyati, bu rivojlanishni harakatga keltiruvchi asosiy kuch — tabiatdagi zonal va azonal hodisalarning oʻzaro kurashidan, rivojlanish shakli esa davriylikdan iborat; 11) geografik qobiqning notekis rivojlanishi qonuniyati. Turli landshaftlar turli yoshda boʻlib, turlicha tezlikda rivojlanadi. Bu qonuniyatning muhim tomoni shundaki, landshaftlar biri ikkinchisidan tarkibiga koʻra emas, balki yoshiga va rivojlanish bosqichi xamda surʼatlariga qarab ham farq qilishini hisobga olinishi va landshaftlar oʻzgartirilayotganda bu qonuniyatga amal qilinishini taqozo etadi.
Umumiy T.g . hozirgi vaqtda geografik qobiqning bir butunligi va rivojlanishi toʻgʻrisidagi yangi gʻoyalar bilan boyidi, landshaft qobigʻi, geografik fazo nazariyalari olgʻa surildi, sayyoraviy miqyosdagi geografik bashoratga asos solindi, geografik sistemalar haqidagi taʼlimot ishlab chiqildi. Yer yuzasining morfostrukturasi va morfoskulpturasi haqidagi yangi tasavvur vujudga keldi. Landshaftlarning yoshi va ularni tasniflashning regional muammolari tahlil qilindi, T.g .ning ekologiya bilan yaqinligi va uzviy bogʻlikligi asoslab berildi. Inson faoliyatining geografik qobikdagi tabiiy jarayonlarga, geografik muhitga boʻlgan taʼsirining salbiy va ijobiy oqibatlarini oʻrganish, bu oqibatlarni oldindan aytib berish, i.t.larda geofizikaviy, geokimyoviy, matematik, ekologik metodlarni qoʻllashga boʻlgan eʼtibor kuchaydi, yangi ekologik yoʻnalish yuzaga keldi. Hozirgi zamon T.g .da tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza silish muammoasi asosiy va dolzarb muammo hisoblanadi.
Aholi geografiyasi esa Aholi geografiyasiga umumiy nuqtai nazar
Aholishunoslik geografiyasi - odamlarning geografik joylashuvi , odamlarning ilmiy tadqiqotlari, ularning tarqalishi va zichligi. Ushbu omillarni o'rganish uchun aholi geograflari aholining ko'payishi va kamayishi, vaqt o'tishi bilan xalqlarning harakatlari, umumiy turar-joy tartiblari va boshqa joylar kabi mashg'ulotlarni va joylarning geografik xususiyatlarini qanday tashkil etganini o'rganib chiqadi. Aholi geografiyasi demografiya (aholi statistikasi va tendentsiyalarini o'rganish) bilan chambarchas bog'liq.
iqtisodiy va ijtimoiy geogr. sohasi, xalqaro geografik mehnat taqsimotining shakllanishi, mamlakatlarning ixtisoslashuvi, har xil ijtimoiy-siyosiy vaziyat hukmron boʻlgan sharoitda dunyodagi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish qonuniyatlarini oʻrganadi. Xalqaro geografik mehnat taqsimoti jahon xoʻjaligini harakatlantiruvchi kuchi va negizidir.
Jahon xoʻjaligining geografik modeli 20-asr arafasida toʻla-toʻkis shakllanib boʻldi. Uning rivojlanishi 20-asrning 1-yarmida ayrim hududlarni qamrab olinishi, mazkur asrning ikkinchi yarmida esa hududiy va ayniqsa tarmoqlar tarkibining takomillashtirilishi hisobiga amalga oshdi.
Hoz. zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida jahon xoʻjaligi va oʻning tarmoqlari strukturasida sodir boʻlayotgan keskin siljishlar J. x. g .da katta oʻzgarishlar boʻlishiga olib kelmoqda. Shu bois J. x. g .dagi strukturali siljishlarni oʻz vaqtida oʻrganish nihoyatda muhimdir.
Jahon xoʻjaligining hozirgi vaqtdagi geografik modeli koʻndankoʻnga Moʻrakkablashib bormoqda. Jahon xoʻjaligi tarkibida 10 ta eng muhim va yirik markazlarni (Shim. Amerika, Yevropa, Yaponiya, Xitoy, Jan.-Sharqiy Osiyo, Braziliya, Jan.-Gʻarbiy Osiyo, Rossiya, Avstraliya va Hindiston) ajratish mumkin. Mana shu va b. mamlakatlar hamda regionlar doirasidagi va oʻrtasidagi iqtisodiy-siyosiy moʻnosabatlarni, oʻlarga xos xususiyatlar va qonuniyatlarni aniqlab berish J. x. g .sining muhim vazifasidir.
Iqtisodiyotning hoʻdoʻdiy joylashoʻviga taʼsir etoʻvchi tabiiy (tabiiy sharoit va resurslar, tabiiy aloqa yoʻllarining mavjudligi) va ijtimo-iyiqtisodiy (modsiy boyliklar i. ch. usullari, iqtisodiy geografik oʻrni, mehnat resurslari, transportiqtisodiy va b. iqtisodiy sharoitlar, texnik rivojlanish darajasi, sanoat va q. x. oʻrtasidagi nisbat, milliy daromad darajasi va h. k.) omillar tadqiq qilinadi va ular bilan bogʻliq muammolarni hal etish yoʻllari izlanadi.
J. x. g . 2 qismdan iborat boʻlib, birinchi — asosiy qismi moʻhim tushunchalar, tamoyillar, qonuniyatlar hamda dunyo regionlari va ayrim mamlakatlar miqyosida iqtisodiy salohiyatni belgilab beruvchi resurslar va omillar sistemasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Ikkinchi — regional mamlakatshoʻnoslik qismida Doʻnyo miqyosida iqtisodiy-siyosiy vaziyatni belgilab beruvchi regionlar hamda ayrim iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning majmuali iqtisodiy-ijtimoiy holati oʻrganiladi. Shuningdek, dunyo miqyosida aholisining soni, hududining kattaligi, yaʼni iqtisodiy salohiyati ulkan boʻlgan davlatlar ham mavjud. Ayrim mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi tavsifi, ularning geografik oʻrni, tabiiy resurs omillari, aholisi va mehnat resoʻrslari, xoʻjaligi, ichki tafovuglari hamda tashqi iqtisodiy aloqalari boʻyicha mavjud maʼloʻmotlarga asoslanadi.

3. ХVIII аср бошларида картографияда янги давр бошланди деса бўлади. Чунки картографик ишлар илмий йўналишлар асосида олиб борила бошлади. Ғарбий Европа мамлакатларида Фанлар академияларини ташкил қилиниши бу соҳага ҳам ўз таъсирини кўрсатди. Масалан, Париж академияси (1666), Берлин академияси (1700), Петербург академияси 1724) ташкил қилинган эди. Бу вақтга келиб карта табиий ресурсларни ўрганишда ҳамда улардан фойдаланишда ва ҳарбий ишларда фойдаланиладиган бўлди. Петр I даврида махсус геодезист кадрлар тайёрлашга эътибор берилиб махсус ўқув юртлари ташкил қилинди. Россия Фанлар академияси Географик департаментининг картографияни ривожлантиришдаги хизмати катта бўлди. 1871 йилда А.П.Федченко «Қўқон хонлиги ва Помир тоғлари» картасини тузиб, унда Фарғона водийси, Олай-Зарафшон ўлкаси ҳамда Помирнинг оро-гидрографияси тасвирлаган эди. Россияда 1797 йилда ташкил этилган «Картография депоси» кенгая борди ва 1822 йилда «Ҳарбий топография корпуси» га айлантирилди, сўнгра у Ўрта Осиёда картографик ишлар олиб 38 боришда асосий роль ўйнади. Маҳкаманинг Туркистон ҳарбий топографик бўлими томонидан топографик манбалар асосида «Россиянинг Осиё қисми ва жанубий чегара районлари» картаси тузилиб, у асосан амалий, хўжалик ишлар учун мўлжалланган эди. ХХ асрнинг бошларида Ўрта Осиёда олиб борилган умумгеографик, геологик, геоботаник, иқлимий ва гидрологик тадқиқотлар ўлкамиз картографиясини ривожланишига салмоқли ҳисса қўшди. Бу борада 1897 йилда Россия география жамиятининг Тошкентда ташкил этилган Туркистон бўлими олиб борган ишларининг аҳамияти катта бўлди. Машҳур географ Л.С.Берг раҳбарлигида Орол денгизини ўрганиш учун махсус экспедиция (1900-1906) уюштирилиб, денгиз ҳар томонлама ўрганилди ва унинг янги картаси яратилди. Маркснинг 1910 йили Петербургда нашр қилинган «Дунёни катта атласи» да Ўрта Осиёнинг мазмунли картаси ҳам бор эди. Бу вақтга келиб карталар илмий асарларга қўшимча қилиниб, маълум бир соҳани янада мукаммалроқ ўрганишга ёрдам берадиган бўлиб қолди. Масалан, В.И.Масальскийнинг «Туркистон ўлкаси» (1913) ва И.В.Мушкетовнинг «Туркистон» (геологияси ва орографияси 1915 йил) асарларида махсус карталар берилган. Россиянинг «Кўчириш ишлар бошқармаси» («Переселенческое управление») Ўрта Осиё ерларидан деҳқончиликда фойдаланиш мақсадида ўрганиш учун махсус экспедициялар уюштириб, ўрганилган ерларнинг геологик, тупроқ, ўсимлик карталари тузилди. Масалан, С.С.Неуструев Фарғона водийсида иш олиб бориб, биринчи маротаба бўз тупроқ типини ажратиб картага туширди, ирригация ишларини олиб бориш, янги ерларни ўзлаштириш мақсадида Мирзачўл, Амударёнинг қуйи оқими, Сурхондарё ҳавзаларининг ҳар хил карталари тузилди. Октябрь тўнтарилишига қадар нашр қилинган атласлардан 1914 йилда Кўчириш ишлари бошқармаси томонидан тузилган «Россия Осиё қисмининг атласи» ажралиб туради. Унда Ўрта Осиёга тегишли мукаммал 12 та карта берилган. Шуни хулоса қилиб айтиш мумкинки, 1917 йилга қадар картография соҳасида бирмунча ишлар қилиниб собиқ Иттифоқ шу жумладан, Ўзбекистон ҳудудининг географик хусусиятлари бир қатор карта ва атласларда акс эттирилган эди. Лекин картография бўйича қилинган ишлар ўша давр талабига тўлиқ жавоб бера олмас эди. Бунинг учун биринчи навбатда карта масштабларини метрик системага келтириш, аниқ геодезик ўлчаш ишларини олиб бориш, геодезик ва картографик асбоблар ишлаб чиқариш ва бу сохадаги 39 ишларни юқори совияда олиб бориш учун юқори малакали кадрлар тайёрлаш керак эди. 1923 йилда топографик карталар учун метрик система асосида 1:25000, 1:50000, 1:100000, кейинроқ бориб 1:5000 ва 1:10000 ҳамда 1:200000 масштабли карталар тузула бошланди. Бунга қадар 1:1 млн масштабли карта асосида халқаро разграфка - номенклатура системаси қабул қилиниб, шу асосида топографик карталар яратилди. Иккинчи Жаҳон урушигача ва уруш даврида собиқ Иттифоқда нашр қилинган топографик карталар ана шундай масштабларда тузилган эди. 1950 йилларга келиб собиқ Иттифоқ ҳудуди 1:100000 масштабдаги топографик карталар билан, 60-йилларда эса 1:25000 ва 1:10000 масштабли топографик карталар билан таъминланган эди. Ўша пайтларда аэрофотосъёмканинг ривожланиши топографик карталар яратиш ишини тезлаштириш ва такомиллаштиришда катта роль ўйнади. 1929-1931 йилларда собиқ Иттифоқнинг «Саноат атласи» чоп этилиб, бу эса мавзули атласлар яратишни бошлаб берди. Шундан сўнг регионал атласлар тузиш ишлари бошланди. Чунончи, 1933 йилда Москва области, 1934 йилда Ленинград области ва Карелия АССР нинг атласлари яратилди. 1937 йилда ҳукуматни махсус қарори билан 2 жилдли Дунёни Катта Совет Атласи (БСАМ 1-жилдда Дунё ва собиқ Иттифоқ карталари 2-жилдда фақат Иттифоқ карталари берилган) нашр қилиниши картография соҳасида катта воқеа бўлди ва урушдан сўнг фундаментал картографик асослар яратиш учун негиз бўлиб хизмат қилди. Ўша давр атласларидан Дунё атласи (1954), 3 жилдли Денгиз атласи, Дунёнинг табиий географик атласи (1964), 2 жилдли Антрактида атласи (1968), Иқлим атласи, Тупроқ атласларини айтиб ўтиш мумкин. Картографик асарлар яратишда картограф мутахассисларнинг роли каттадир, собиқ Иттифоқда 2 хил йўналишда кадрлар тайёрлашга киришилди. 1923 йилда махсус инженер-картограф ва геодезистлар тайёрлайдиган махсус Москва геодезия, аэрофотосъёмка ва картография инженерлари институти (МИИГАиК) ташкил қилинди, кейинроқ эса худди шундай институт Новосибирск шаҳрида (НИИГАиК) ҳам ташкил қилинди. Шу билан бирга географ-картографлар Москва ва 40 Ленинград университетларида ҳам тайёрлана бошланди (1929- 1930 й). Картограф-инженерлар тайёрлашда кўпроқ картографик технологияга ва полиграфияга эътибор берилса, университетлар тайёрлайдиган географ-картограф «мактабида» эса кўпроқ географик карталар тузишга эътибор берилар эди. Шу асосда собиқ Иттифоқнинг бошқа университетларда (Киев, Минск, Тошкент, Боку, Тибилиси, Иркутск, Рига ва бошқаларда) ҳам географ-картограф мутахассислар тайёрлана бошланди. Илмий тадқиқот ишларида ҳам картографик методдан фойдаланишга катта эътибор берилиб, махсус журналлар- «Геодезия и картография» журнали ва Картография бўйича рефератив журнал чоп этила бошлади. Ўрта маълумотли картограф ва геодезист мутахассислар тайёрлашда 9 та топографик техникумларнинг хизмати катта бўлди. 1970 йиллардан бошлаб картография соҳасида регионларни комплекс картографиялашга катта эътибор берилиб, йирик регионал атласлар яратилди. Масалан, Украина, Молдавия, Грузия, Озарбайжон, Тожикистон, Ўзбекистон, Қозоғистон, Олтой ўлкаси, Забайкалье, Иркутск, Тюмень, Ленинград областлари, Коми АССР ва бошқаларнинг атласлари шулар жумласидандир. География фанини ўрганишда картографик асарларнинг хизматлари жуда катта. 3-9-синфлар учун махсус ўқув географик атласлар ва айрим ҳудудларни ўқув-ўлкашунослик атласлари (50 дан ортиқ) чоп этилиб, ўқув картографиясининг ривожланишига йўл очиб берди. Шу билан бир қаторда ўрта мактаблар учун география ва тарих бўйича деворий карталар ва олий yқув юртлар учун ҳам деворий карталар нашр қилинди. Масалан, Москва Давлат университети (МГУ) картографлари ташаббуси билан олий yқув юртлар учун 30 дан ортиқ турли мазмундаги деворий карталар яратилди. Янги давр картографиясининг асосий ютуқлардан биттаси янги соҳа-картографияда тадқиқот усули вужудга келди, ундан айниқса географик тадқиқотларда кенг фойдаланилмоқда, эндиликда картографик тадқиқот усули олий yқув юртларда махсус курс сифатида ўқитила бошлади.
4. Андижон лафзи асли Андигон бўлса керак. Бу Форсистондан қўшулгондур. Чунончи, «бандигон» ёки «мардигон» дегандек, форсийда «гон» — «лар» ўрнида, «мардлар» ёки «озодагон» - «озодалар» деган сўздек, «Андигон» - «андилар» деган сўз. «Анд» турк уруғини(нг) ўзбекларини айтур. Бул ҳам форсийлар тарафидин айтилгон бўлиб, асли Андижон форсийлар, яъни эронийлар кулига ўтмасдан аввал ҳам бор эди. Чунончи, тарихи «Қутадғу билик»да ёзибдурки, Ўғузхоннинг Ҳиндустонға юргонининг зикрида айтур. Ўғузхон тамоми лашкари мўғуллар илан Талас ва Сарём келди. Тошканд ва Самарқанд ва Бухоро подшоҳлари саф тортиб уруша билмайдилар. Улуғ шаҳар ва маҳкам қалъаларга беркиндилар. Ўғузхон Тошканд ва Сарёмни ўзи қамаб олди. Туркистон ва Андижонға ўғлонларини юборди. Онлар 6 ойда Туркистон бирлан Андижонни олуб, атоси хизматиға келдилар, дейдур. Яъни Ўғузхон замонида ҳам Андижон шаҳар экан. Бу исм ила машҳур экан. Ўғузхон Бўкухонни(нг) саккизинчи бобосидур. Яъни Бўқухон Афросиёбни(нг) мўғулча исмидир. Афросиёб лақаби фарран осиё деган сўздур. Фарғонани Афросиёб бино қилди. Фарғонадан аввал Қубо бино бўлди, Қубодни(нг) вақтида. Аммоки Андижонни(нг) қайси подшоҳни(нг) биноси эканлигига мўътамад тарих ва маълумотимиз бўлмагандан бул тарихларға иктифо қилинди.

Тарихи «Қутадғу»дан мустафод бўлурки, Андижон тўрт минг йилдан муқадцам, яъни Ўғузхон вақтида шаҳар бўдся андан аввал ҳам ободон шаҳар экан. Ўғузхон ҳазрати Нух алайҳиссаломни(нг) тўққузунчи ўғилларидур. Валҳосилки, Андижон Фарғона шаҳарлари ичинда энг аввалги ва қадимийдур. Андин Афросиёб вақтига келганда, Афросиёб Турон подшоҳи бўлиб, Андижонни пойтахт қилиб, Кўникдар шаҳридин гоҳо Тошканд ва Андижон келур экан. Аммоки, афвоҳи носда қариялар сўзидурки, Андижон асли Одинажондур. Одинажон Афросиёбни(нг) қизидурки, анга ўрда ва боғ бино қилиб бериб, ани(нг) исмига тасмия қилиб эди. Одинажонни тилда бузуб, ағлоти авом ила Андижон қилган, дейдурлар. Бар ҳар боб бир эски шаҳар бўлуб, неча мартаба бузулуб, яна обод бўлуб, табодули замон ва инқилоби овон илан тузалуб, бузулуб, обод бўлган эски шаҳардур. Аммоки, «Тарихи фаришта»да ёзилибдур-ки, Умаршайх ўғли Бобурхон Андижонга саккиз юз тўқсон тўққузунчи ҳижрийда ўн икки ёшида подшоҳ бўлди. Тарихи валодатига шул тариқа назм қилибдур. Назм:
Андар шаши муҳаррам, зод он шаҳи мукаррам, Тарихи мавлидаш ҳам омад «шаши муҳаррам»1.
Аммоки, Умаршайх Мирзо душанба куни 14-муҳаррам рамазонда 899 ҳижрийда кабутархона томидан йиқилиб марҳум ўлдилар. Бобур Мирзо баиттифоқи умаро подшоҳ бўлди. Ул вақтда Ахси подшоҳи Узун Ҳасан подшоҳ эди. Аммо Фарғонада Ҳасан Яъқуб подшоҳ эди, дейдур.
1030 ҳижрийдаги зилзилада Ахсикент бузулган. Зилзилада Андижон ҳам бузулган эди. Яна андин буён Русия тасарруфига ўтгандан сўнг тезроқ ободликка қадам қўйган эдики, 1316 ҳижрийда бўлган зилзила ҳаммани(нг) маълумидур. Анда яна зилзила бўлуб, бузулуб, ҳукуматдан имдодлар бўлиб, аввалгидан неча даража обод бўлган. Мундан аввалги ободликни билмак бўлган киши «Бобурнома» тарихини кўрса бўлур. Ерларини(нг) ҳосилдорлиги, саноатлари ҳаммаси Фарғона бобида ёзилиб ўтди, такрорга ҳожат кўрулмади. Бинобарин, сўзимиз татвил этмай, қаноат этдук.
5 ibtidoiy odamlarning o‘zi yashab turgan joyni o‘rganish, yashash uchun qulay, tabiiy resurslarga boy joylarni topish va tasvirlashga bo‘lgan intilishlari asnosida dastlabki Geografik bilimlar to‘planib borgan. Er.avv. 2-ming yillikda finikiyaliklar O‘rta dengizdan Gibraltar bo‘g‘izi orqali suzib o‘tib, Afrika qirg‘oqlari bo‘ylab Hindistongacha suzib borganlar. Shu paytdan Osiyo va Yevropa nomlari paydo bo‘lgan.

Bu davrda yunonlar va rimliklar o‘sha paytda ma’lum bo‘lgan hududlarni tasvirlab yozish bilan birga xaritalarini ham tuzdilar. Gomer er.avv.XII asrda O‘rta dengiz va uning atrofini tasvirlovchi dunyo xaritasini tuzdi. Pifagorning shogirdlari er.avv. VI asrda Yerning sharsimonligini aytdilar. Aristotel, er.avv.IV asrda, Yerning sharsimonligini, issiqlik mintaqalari mavjudligini mantiqiy jihatdan isbotladi. Olamning markazida Yer turadi degan geotsentrik nazariyani ilgari surdi. Eratosfen er.avv. III asrda birinchi bo‘lib Yerning kattaligini o‘lchadi va "Geografika” nomli kitobini yozib, geografiya fanining mustaqil fan bo‘lib chiqishiga asos soldi. Eramizning II asrida Ptolemey 8 jildlik "Geografiya” asarini yozdi va xaritalarni tuzishda kartograf ya proyeksiyalar va daraja to‘rini ixtiro qildi, dastlabki "Atlas” ni yaratdi. Shu davrda Strabon ham 17 jilddan iborat "Geografiya” asarini yozdi.


Bu bosqichning asosiy natijalari: geografiya fani vujudga keldi va "geografiya” nomli kitoblar yozildi, dunyo xaritalari tuzildi, geografik koordinatalar va daraja to‘ri ixtiro qilindi, Yerning sharsimonligi mantiqiy isbotlandi va o‘lchamlari aniqlandi.





Download 227,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish