4.4. Implikasiya amali.
Navbatdagi amalni o’rganish maqsadida quyidagi misolni qarab chiqamiz.
6-m i s o l. Quyidagi mulohazalarni ko’raylik:
“Agar 2x2=10 bo’lsa, u holda 6x7=42 bo’ladi”;
“Agar 30 soni 2 ga qoldiqsiz bo’linsa, u holda 2 juft son bo’ladi”;
“Agar 3=2 bo’lsa, u holda 12+2=17 bo’ladi”;
“Agar 4x3=13 bo’lsa, u holda 9+3=13 bo’ladi”.
Bular murakkab mulohazalar bo’lib, ularning har biri ikkita elementar mulohazadan “agar . . . bo’lsa, u holda . . . bo’ladi” ko’rinishdagi qolip (andoza, bog’lovchilar) asosida tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |