1. Talabalar ilmiy tadqiqiy ishlarining maqad va vazifalari Talabalarning ilmiy tadqiqiy ishini tashkil qilishning asosiy yo‘nalishlari



Download 164,5 Kb.
bet1/17
Sana15.05.2023
Hajmi164,5 Kb.
#938956
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
6-Mavzu. Ilmiy tadqiqot ishi uchun mavzu tanlash. Ilmiy maqola, tezis yozish va ularni rasmiylashtirish


6-Mavzu: Ilmiy tadqiqot ishi uchun mavzu tanlash. Ilmiy maqola, tezis yozish va ularni rasmiylashtirish


Reja:
1. Talabalar ilmiy tadqiqiy ishlarining maqad va vazifalari
2. Talabalarning ilmiy tadqiqiy ishini tashkil qilishning asosiy yo‘nalishlari
3. Talabalar ilmiy tadqiqot ishlari shakllari
4. Talabalar ilmiy tadqiqoti bosqichlari
5. Talabalar imiy tadqiqot ishlari turlari va ularni amalga oshirish
6. So‘rovnomalar o‘tkazish va tajriba-sinov ishlarini tashkillashtirish
7. Tadqiqot uslubini tanlash. Tajriba-sinovning qo‘yilishi va bosqichlari
Tayanch so‘z va iboralar: Talabalar ilmiy tadqiqot ishlari shakllari, ularning yo‘nalishlari, tashkillashtirish shakllari va bosqichlari, ilmiy ma’ruza tayyorlash va uni taqdimot qilish, ilmiy maqola yozish, kurs ishi, bitiruv malakaviy ish tuzilmasi, rasmiylashtirish qoidalari, anketa, so‘rovnoma, eksperiment, tajriba-sinov ishlari, matematik statistik tahlillar, qiyosiy-solishtirma, kartoteka, kompetensiya, kompetentlik, termin, atama.



  1. Talabalar ilmiy tadqiqiy ishlarining maqad va vazifalari

Talabalarning ilmiy tadqiqot ishi oliy ta’lim muassasasida mutaxassislarni tayyorlashning majburiy ajralmas qismi bo‘lishi hamda o‘quv va ilmiy jarayonlar yaxlitligi asosida hal qilinadigan asosiy vazifalar qatoriga kirishi lozim. Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yuqori malakali yaxshi ta’lim olgan ijodiy fikrlovchi mutaxassislarga ehtiyoj katta. Jahondagi jarayonlarga ilm fan va texnikaning ta’sirini jadal o‘sishi iqtisodning globaliashuv sharoitida O‘zbekiston oldida ilmiy salohiyatni qayta tiklash va kuchaytirish muammosi keskinlashdi. Zamonaviy bosqichda davlatning ustuvor vazifalari sifatida O‘zbekiston fanini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish vazifasi namoyon bo‘layotgan bir vaqtda talabalarning ilmiy tadqiqiy ishlari ularni ijodiy shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi, yuzaga kelayotgan nazariy va amaliy muammolarni asosli va samarali tarzda yechish qobiliyatini takomillashtiradi.
Talabalar ilmiy tadqiqot ishi tizimidagi islohotlar OTMlarning faoliyatining yangi shart-sharoitlariga muvofiq tarzda amalga oshirilishi, fan va ta’limni integratsiyasi, jahon talablariga javob beraigan mutaxassislarni tayyorlashning kop yillik an’anaviy hamda xorijiy tajribani qo‘llashga asoslanishi lozim.
Talabalarning ilmiy tadqiqiy ishi tizimini tashkil qilish va rivojlantirishning asosiy maqsadi ilmiy texnik progress, iqtisodiy tafakkur va madaniy rivojlanishning eng yangi yutuqlari asosida oliy kasbiy ta'limga ega mutaxassislarni ilmiy tayyorgarligi darajasini oshirish hamda OTM, mamlakatning boshqa muassasa va tashkilotlarini pedagogik va ilmiy kadrlarni to‘ldirish uchun iste’dodlarni aniqlashdir.
Talabalar ilmiy tadqiqot ishlar tizimini tashkil qilish va rivojlantirishning asosiy vazifalari quyidagilardir:
1. Talabalar ilmiy tadqiqot va o‘quv mashg‘ulotlarining integratsiyasini ta'minlash.
2. Talabalarni ijodiy, ilmiy va pedagogik faoliyatga o‘qitish va tayyorlashning yaxlitligini amalga oshirish.
3. Talaba yoshlarning shaxsiy ijodiy qobiliyatlarini ochib berish, rivojlantirish va amalga oshirish uchun shart sharoitlarni yaratish.
4. Talabalarni ilmiy faoliyatda ommaviyligini kengaytirish hamda ishtirokining natijaviyligini oshirish.
5. Ilmiy va pedagogik faoliyatga bo‘lgan intilishi va o‘z qobiliyatlarini namoyon etgan iste’dodli yoshlarni tanlash.
6. Talabalarda ilmiy pedagogik va ilmiy xodim sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish.
7. Universitetda lmiy tadqiqotning ommaviyligi va samaradorligini talabalarni jamiyat va davlatning zamonaviy ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan fanning eng ustuvor yo‘nalishlarida tadqiqot olib borishga jalb qilish;
8. Ham mamlakat ichida, ham yaqin va uzoq xorijiy mamlakat bilan ilmiy OTMlararo aloqalarni rivojlantirish.
9. Moliyalashtirish manbalarini izlash va topish, jumladan, OTMlarning byudjetdan tashqari manba va innovatsion faoliyatidan olinadigan mablag‘lar hisobiga, Ilmiy tadqiqotlarga mablag‘larni jalb etish shakl va metodlarini takomillashtirish.



Download 164,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish