1. Talabalar ilmiy tadqiqiy ishlarining maqad va vazifalari Talabalarning ilmiy tadqiqiy ishini tashkil qilishning asosiy yo‘nalishlari


Talabalarning ilmiy tadqiqiy ishini tashkil qilishning asosiy yo‘nalishlari



Download 164,5 Kb.
bet2/17
Sana15.05.2023
Hajmi164,5 Kb.
#938956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
6-Mavzu. Ilmiy tadqiqot ishi uchun mavzu tanlash. Ilmiy maqola, tezis yozish va ularni rasmiylashtirish

2. Talabalarning ilmiy tadqiqiy ishini tashkil qilishning asosiy yo‘nalishlari
Talabalarning ilmiy tadqiqiy ishini tashkil qilishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish lozim:
1. Talaba va o‘qituvchilarni turli ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishda birgalikda ishtirok etishlari hisobiga o‘quv jarayoni sifatini oshirish;
2. Talabalarni amaliy, metodik, izlanish va fundamental ilmiy taqiqotlarni amalga oshirishda ishtirok etishi;
3. OTMlarni turli ilmiy maktablarini avlodlarning izchilligi borasida qo‘llab quvvatlash va rivojlantirish;
4. Talabalarda mustaqil asoslangan mulohoza va xulosalar qilish qobiliyatlarini rivojlantirish;
5. Talabalarga o‘qish jarayonida zamonaviy ilm fanning turli yo‘nalishlarida o‘z kuchini sinash imkoniyatlarini berish;
6. Talabalarni ratsionalizatorlik ishi va ixtiro ijodiga jalb etish;
7. Talabalarni o‘quv rejalaridan tashqari amalga oshiriladigan ilmiy
tadqiqot ishlardagi ishtirokini kengaytirish;
8. Talabalar lmiy tadqiqot tadbirlarining natijaviyligi va ilmiy texnik darajas- ini oshirish;
9. Talabalarning turli tashkiliyhuquqiy shakldagi tadbirkor ilmiy ijodiy birlashmalarini tashkil qilinishi, rivojlanishi va faoliyatiga ko‘maklashish;
10. Talabalar lmiy tadqiqot sini tashkil qilish va unga rahbarlik qilishda OTM o‘qituvchisi tarkibi va ilmiy xodimlari ishtirokini faollashtirish.



  1. Talabalar ilmiy tadqiqot ishlari shakllari.

Talabalar ilmiy tadqiqot ishisining eng asosiy tashkiliy shakllari quyidagilardir:
1. O‘quv rejalar asosidagi o‘quv tadqiqot ishi;
2. lmiy tadqiqot unsurlarini o‘quv mashg‘ulotlariga kiritilishi, tadqiqiy bo‘limiga ega yoki to‘liqligicha ilmiy tadqiqiy xarakterdagi BMI ishlar;
3.Talabalarning individual ilmiy tadqiqiy ishlari, ya’ni talabalarni professor-o‘qituvchi tarkibi qatoridan bo‘lgan muayyan ilmiy rahbarning rahbarligi ostida ma'lum muammoni hal qilishda ishtirok etishi;
4. lmiy tadqiqotni amaliyotga tatbiq etish;
5. Berilgan mavzu doirasida ilmiy referat tayyorlash;
6. Talabalarning ilmiy to‘garaklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
7. Talabalarning konstruktorlik byurolari va patent izlanishlarini yo‘lga qo‘yish;
8. Muammolar bo‘yicha talabalarning ilmiy guruhlari, ijodiy labora- toriyalari va boshqa ijodiy birlashmalarini tuzish;
9. Talabalarni turli manbalardan moliyalashtiriladigan ilmiy tadqiqiy loyihalarni bajarishga jalb etish;
10. Talabalarni turli darajadagi talaba ilmiy tashkiliy ommaviy va musobaqa tadbirlarida (kafedra, fakultet, mintaqa, respublika, xalqaro darajada) ishtiroki, bular ham talabalar lmiy tadqiqot tizimini rivojlanishini ham har bir talabaning ijodini rahbatlantiradi. Bular qatoriga ilmiy seminarlar konferentsiya, simpozium, talabalarning ilmiy va o‘quv tadqiqiy ishlarining musobaqalari, fan va mutaxassisliklar bo‘yicha olimpiadalar mansubdir.
11. Iste’dodli va fan bilan shug‘ullanishni istagan talabalar guruhlari uchun maxsus fakultet, kurs, dasturlarni tashkil qilish va ular bilan mashg‘ulotlarni o‘tkazish.
12. Barcha o‘quv rejalariga "ilmiy tadqiqotlar asoslari kursini talabalarni mustaqil ilmiy ishni olib borishga tayyorlash maqsadida kiritish, bunda talabalarda ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish mahorati, qobiliyati, ko‘nikmalarini singdirish, bo‘lg‘usi olimga zarur bo‘lgan uslublar bilan tanishtirish.
13. Talabalar tomonidan ilmiy texnik axborotni olishning turli vosita va tizimlarini o‘zlashtirish.
14. Talabalarni ilmiy innovatsion faoliyatda ishtirok etishning har xil turlariga jalb etish.
Talabalar lmiy tadqiqotining kompleks tizimini talabalarni ta’lim olishining butun davrida ilmiy ishdagi uzluksiz ishtirokini ta’minlash uning metod va shakllarini kursdan kursga, kafedradan kafedraga, bitta o‘quv fandan boshqa, o‘quv mashg‘uloti va vazifalarining bitta turidan boshqaga bo‘lgan ketma-ketligi va izchilligi muhim tamoyildir. Bunda talabalarning bajarayotgan ilmiy ish jarayonida olayotgan bilim, mahorat va ko‘nikmalarining murakkabligi va hajmi asta-sekin o‘sishini ta’minlash lozim. Masalan, birinchi va ikkinchi bosqich talabalarida umumilmiy tayyorgarlik jarayonida ilmiy ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan istiqbolli ko‘nikma, mahorat va eng sodda bilimlarga ega bo‘lish barcha ishning asosiy mazmuni bo‘lishi lozim.
Talabalar uchinchi bosqichda ham referativ ishi, ham laboratoriya ishlari doirasida bajariladigan mustaqil tadqiqotlar va ijodiy xarakterdagi vazifalarni bajarish jarayonida maxsus tadqiqot ko‘nikmalarning shakllanishi, tadqiqotlar va natijalarga ishlov berish amaliyotining metod, metodika, texnik vositalari haqidagi bilimlar chuqurlashadi. Bu bosqichda ichki OTM konferentsiyalari, imiy ishlar konkurslaridagi ishtiroki majburiy bo‘lishi lozim. lmiy tadqiqot ishining vazifa va shakllari murakkablashadi, ularning hajmi ham oshadi. Ish tobora yorqin ifodalangan ijobiy xarakterga ega bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqichda muayyan vazifalarni yechishga yondashish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish, yechimlarni mustaqil tarzda qabul qilib amalga o‘shirish, amaliyotda olingan bilimlarni qo‘llash hamda bilim mahorat va ko‘nikmalarni shakllantirish, mustahkamlash va takomillashtirish individual vazifa asosida mustaqil ilmiy tadqiqot ishni olib borish jarayonida amalga oshirilishi lozim. Bundan tashqari yuqori kurslarda ilm-fan bilan shug‘ullanadigan talabalar uchun ilmiy texnologik guruhlarda ishtirok majburiy bo‘lishi lozim, bu yerda talabalarning ijodiy jamoalari professor-o‘qituvchi va xodimlar rahbarligi ostida OTM yoki zavod laboratoriyalarida tadqiqotlar bilan shug‘ullanadilar, loyiha konstruktor ishlanmalarini olib boradilar.
Talabalarning lmiy tadqiqoti to‘garak, konferentsiyada hisobot, ma’lumot, ma’ruzani majburiy tarzda taqdim etilishi kurs ishi yozilishi bilan yakun topadi. Talabalar tomonidan ilmiy tadqiqot, loyiha konstruktor va ijodiy ijro ishlar o‘qish jarayonidan tashqarida muvaffaqiyatli bajarilgan bo‘lsa, hamda o‘quv dasturlari talablariga javob bersa, muvofiq laboratoriya ishi, kurs ishi, diplom ishi va loyihasi va boshqa vazifalar sifatida hisobga olinishi mumkin.
Talabalarning o‘quv tadqiqot ishining maqsadi talabani ilmiy tadqiqot ishining barcha bosqichlari bilan amalda tanishtirishdir. Talabalarning o‘quv tadqiqot ishining asosiy vazifasi esa talabalarga mustaqil nazariy va eksperimental ishning ko‘nikmalarini o‘rgatish, ularni ilmiy tadqiqotning zamonaviy uslublari, eksperiment texnikasi, ilmiy va ishlab chiqarish jamoasidagi ishning haqiqiy sharoitlari va xavfsizlik texnikasi bilan tanishtirishdan iboratdir. U mamlakat xalq xo‘jaligi uchun mustaqil tadqiqot ish ko‘nikmalariga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashning ajralmas tarkibiy qismidir.
Talabalarning o‘quv tadqiqot ishi bajarilishi jarayonida talabalar amaliyotda nazariy bilimlarni qo‘llashni o‘rganishlari, ilmiy adabiyot bilan ishlashlari, referat va obzorlarni tuzishlari, alohida nazariy vazifa masalalarni yechishlari, eksperimentlarni mustaqil tayyorlab amalga oshirishlari, laboratoriya asbob- uskunalridan foydalanishlari, mehnat va boshqa mualliflarning mehnat natijalarini ma’ruza tarzida berishlari lozim. Talabalarning o‘quv tadqiqot ishlarining muvaffaqiyati universitet kafedralari amalga oshiradigan tadqiqotlarning dolzarbligi va chuqurligi hamda bu tadqiqotlarda professor va o‘qituvchilarni keng ishtiroki bilan belgilanadi. Aniq ifodalangan vazifalar rahbarni talaba ishiga bo‘lgan doimiy qiziqishi talabaning faol va sifatli ishini rag‘batlantiradi.
Talabalarning o‘quv tadqiqot ishini tashkil qilinishi talabalarning o‘quv tadqiqot ishi bitiruvchi, mutaxassis chiqaruvchi kafedralarda bajariladi. Talabalarning OTM o‘quv rejasida belgilangan soatlarda amalga oshiriladi. Talabalar lmiy tadqiqot ilsining bajarilishi har qanday boshqa o‘quv mashg‘ulotlari kabi majburiydir. Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbar sifatida professor, dotsent, o‘ituvchi, doktorant, aspirant, ilmiy xodimlar jalb etiladi. Kafedralarda o‘qituvchilar qatoridan talabalar ilmiy tadqiqot ishlarini tashkillashtirilishi uchun mas’ulni ajratish maqsadga muvofiqdir.
Talabalar lmiy tadqiqot ishini amalga oshirish uchun mas’ul hamda ilmiy rahbar talabalar tomonidan lmiy tadqiqotni bajarilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradilar. Har bir talaba ishchi jurnalni tutishi lozim. Talabalar ilmiy tadqiqot ishlarini 1-bosqichdan boshlab talabaning oily ta’lim muassasasida ta'lim olishining butun davrida amalga oshirish maqsadga muvofiq.




  1. Download 164,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish