1. Texnologiyalarning rivojlanishi va tijoratlash bosqichlari Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning bosqichlari



Download 364,11 Kb.
Sana23.06.2022
Hajmi364,11 Kb.
#696645
Bog'liq
Ilmiy tadqiqotlar


Mavzu:Ilmiy tatqiqotlar ishlanmalar va texnologiyalar natijalarni tijoratlash bosqichlari
Reja:
1.Texnologiyalarning rivojlanishi va tijoratlash bosqichlari
2.Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning bosqichlari
3. Ilmiy – tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari (ITTKI)ning asosiy vazifalari
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlanganidek: “...Hozirgi keskin raqobat sharoitida Innovatsion texnologiyalar va ilm-fanni ... yanada rivojlantirish uchun zarur shart sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega. Bugun zamonning o’zi ushbu masalani siyosatimizni eng muhim yo’nalishlaridan biri sifatida belgilashni taqozo etmoqda” .
Innovatsion faoliyat qonunchiligi tizimi uch bosqichdan iborat:
1-bosqich: Umumiy fuqarolik qonunchiligi.Unga O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksinining ikki qismi va umumiy fuqarolik qonunchiligiga tegishli O’zbekiston Respublikasi bir qator qonunlari kiradi.
2-bosqich: Maxsus Innovatsion qonunchiligi. Faqat innovatsion munosabatlarni va Innovatsion faoliyatini tartibga soladigan O’zbekiston Respublikasi qonunlari taalluqlidir.
3-bosqich: Qonun osti xujjatlar va vazirliklarni va idoralarni meyoriy jujjatlari. Innovatsion faoliyatini tartibga soladigan O’zbekiston Respublikasi vazirliklarni va idoralarni qarorlari, yo’riqnomalari, qoidalari, farmoyishlari va tavsiyalaridan iborat.Intellektual mulk ob’ektlari bilan foydalanishni tartibga soladigan asosiy qonunchilik hujjatlarni ro’yxatiga qo’yidagilar kiradi:
•O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi
•“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’frisida” O’zbekiston Respublikasining Qonuni
•“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’frisida” O’zbekiston Respublikasining Qonuni
•“Tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to’frisida ” O’zbekiston Respublikasining Qonuni
•“Selekstiya yutuqlari to’frisida” O’zbekiston Respublikasining Qonuni
•“Integral mikrosxemalar topologiyalarining huquqiy muhofazasi to’frisida” O’zbekiston Respublikasining Qonuni
•“Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’frisida”
•“Innovatsion loyixalar va texologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rafbatlantirish borasidagi qushimcha chora-tadbirlar tufrisida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori
Intellektual mulkning ikki shakli mavjud: 1.Sanoat mulki :
•ixtirolar;
•foydali modellar;
•sanoat namunalari;
•Tovar belgilari;
•tovar kelib chiqqan joy nomlari.
2. Mualliflik huquqi:
•fan, adabiyot va san’at asarlari;
• ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko’rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko’rsatuvlari yoki eshittirishlari;
•EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari.
Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo’lmish fan, adabiyot va san’at asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qat’i nazar, tatbiq etiladi.Ixtiro, foydali model va sanoat namunasiga bo’lgan huquq patent berilgan taqdirdagina muhofaza qilinadi. Mualliflik huquqi qo’yidagilarda o’z ifodasini topadi:
Mualliflik huquqi ifoda shakliga nisbatan tatbiq etiladi
Mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun asarni ro’yxatdan o’tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi
Fan, adabiyot va san’at asariga mualliflik huquqi uni yaratish fakti bo’yicha yuzaga keladi.
Innovastiya faoliyati o’ziga quyidagilarni qamrab oladi:
•tadqiqotlar va ishlanmalar (ITTKI);
•Innovatsion faolligini boshqa turlari.
•ITTKI o’z navbatida quyidagilardan iborat:
•yangi bilimlarni egallash uchun fundamental va amaliy tadqiqotlar va aniq ixtirolarga yoki amaldagi texnik usullarni takomillashtirishga yo’naltirilgan tadqiqotlar;
•yangi mahsulotlar yoki jarayonlar konstepstiyasini yoki ularni yaroqlilik va yashash qobiliyatini xilma-xil yangi baholash usullarini ishlab chiqish.
Innovatsion faolligini boshqa turlari quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:
•mahsulotlarda, jarayonlarda, marketing va tashkillashtirish usullarida o’zgarishlarni yangi konstepstiyasini qidiruvi;
•texnik ma’lumotni, nou-xau va malakali mehnatni xarid qilish; patentlangan ixtirolarga chegirmalar va listenziya to’lovlar; injiniring, loyiha va boshqa konsultastion xizmatlardan foydalanish;
•xodimlarni malakasini oshirish;
•boshqa sub’ektlar innovastiya faoliyatining natijasi biriktirilgan dastgohga, dasturiy ta’minotga yoki yarimfabrikatlarga mablafni sarflash;
•boshqarish tizimini va o’zining umumiy harakat faolligini takomillashtirish;
•yangi marketing va o’z mollarini va xizmatlarini sotish usullarini ishlab chiqish.
Sanoat mulki qo’yidagilarda o’z ifodasini topadi:
Ixtiro, foydali model va sanoat namunasiga bo’lgan huquq patent berilgan taqdirdagina muhofaza qilinadi.
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qo’yiladigan, patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda patent idorasining bunday hujjat berish tartibi qonun bilan belgilab qo’yiladi.
Patent egasidan boshqa shaxslar uning ruxsatisiz ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanishga haqli emas.
Ixtiro istagan sohada patent talablariga mos keladigan texnik echim bo’lib uning ikki shakli mavjud:
Mahsulotga tegishli ixtiro - xususan moslamaga, moddaga, mikroorganizmlarning shtammlariga, o’simliklar va hayvonlar hujayralarining turlariga tegishli ixtiro.
Usulga tegishli ixtiro - moddiy ob’ekt ustida ashyoviy vositalar orqali harakatlar jarayoniga tegishli ixtiro. Uning patent talablari qo’yidagilardan iborat:
-yangilik;
-ixtirochilik darajasiga ega bo’lishi;
-sanoatda qo’llash mumkinligi.
Foydali model degandap talablariga mos keladigan moslamani amalga konstruktiv oshirilishi tushuniladi. Amaliyotbop qilib tayyorlangan ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari, shuningdek ularning tarkibiy qismlari foydali modellar jumlasiga kiradi. Uning patent talablari:
-yangilik;
-sanoatda qo’llash mumkinligi.
Sanoat namunasi. Sanoat namuna deb mahsulotni badiy bezatilishi yoki estetik tarkibiy qismi tushuniladi.Sanoat namuna shakl yoki yuza kabi bo’rtib turadigan qismlardan, yoki bir tekislikda joylashgan masalan, (takrorlanadigan) rasm, chiziq yoki rangli bezatish qismlardan tashkil topilishi mumkin.Uning patent talablari:
-yangilik;
-o’ziga xos bo’lish;
-sanoatda qo’llash mumkinligi.
Shakl ko’rinishdagi sanoat namunasi :
Innovastiyalarga asoslangan iqtisodiyot.Mamlakatni iqtisodiy rivojlanishida quyidagi tuzilmaviy manbalarini ajratish mumkin: ishlab chiqarish omillari asosida rivojlanish; sarmoya mablaflari asosida rivojlanish; innovastiya faoliyati asosida rivojlanish. Har qaysi mamlakat barcha rivojlanish manbalarini baravar ishlatadi.
Yaqingacha O’zbekistonni raqobat ustunliklari to’frisida gapira turib ko’pincha arzon xom ashyo, energetika va odam resurslariga urfu berilar edi. Bular tashqi bozorda mollarni yuqori bo’lmagan narxi hisobiga yutish imkoniyatini berar edi. Biroq olimlar bu yo’l tepaga emas – pastga degan xulosaga kelishdi, modomiki bu holatda bizning mamlakatimiz bizdan kambafalroq va ishlab chiqarish omillari arzonroq mamlakatlar bilan raqobatlashishiga to’fri keladi. Ustivorlik mamlakatni ishlab chiqarish omillari va sarmoya mablaflari asosida rivojlanishga emas, balki innovastiya faoliyati faolligini oshirish asosida rivojlanishga berilishi lozim.
Kelajakda O’zbekistonni iqtisodiy saloxiyatini rivojlanishining asosiy omillaridan biri - iqtisodiyotni Innovatsion rivojlanish yo’liga o’tkazishdir. Bu yo’nalishni asosiy maqsadi ishlab chiqarishni texnologik darajasini va raqobatdoshligini oshirish, Innovatsion mahsulotni ichki va tashqi bozorlariga chiqishini ta’minlash, ichki bozorda import mahsulot o’rnini egallash, eksportga moslangan iqtisodiyot tizimini yaratishdir.Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida milliy Innovatsion tizimini yaratish nafaqat ilmiy-texnik sohanining muhim vazifasi, balki milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish vazifasi hamdir.
“Texnologiya – ilm-fan, texnika va jamiyat joriy rivojlanish darajasi bilan belgilangan mahsulotni (xizmat ko’rsatishni) nominal sifat va optimal xarajat bilan tayyorlashga, xizmat ko’rsatishga, ta’mirlashga va/yoki foydalanishga yo’naltirilgan tashkiliy choralar, amaliyotlar va usullar majmui”.
“Texnologiyalar transferi – bu tarmoq ichida, tarmoqlar orasida, hamda mamlakatlar orasida amaliy xususiyatga ega bo’lgan texnologik bilimlarni, va ishlab chiqarish jarayonlariga va usullariga tegishli tajribani va Innovatsion mahsulotlarni tarqalishi”.“Texnologiyalarni tijoratlash – aniq texnologik ishlanishlardan daromad olishga yo’naltirilgan va asosan mahsulotni faol marketingi bo’yicha tadbirlarni qamrab oladigan faoliyat”.
Texnologiyalar tijoratlash bu ilmiy-texnik ishlanma to’frisidagi axborot va bilimdan va/yoki ishlanmani (texnologiyani) o’zidan tijorat amaliyotiga kiritib foyda (daromad) olishni ifodalaydi.Texnologiyalarni tijoratlash texnologiya haqida axborotni ishlatishdan albatta foyda (daromad) olishni ko’zda tutadi. Ko’p holatlarda ushbu foyda (daromad) pul ko’rinishda ifodalanadi. Texnologiyalarni tijoratlash jarayonida texnologiya bilan foydalanishni qaysi sub’ekt amalga oshirishi birinchi darajali savol emasligini yodda tutish muhim, va shu bois ko’pincha texnologiyani tijoratlashni mazkur texnologiya muallifi o’zi harakat qiladi.
Texnologiyalarni tijoratlash odatda quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
•Intellektual mulkga huquqni berish (patentni yon berish yoki texnologiyani ishlatishga listenziyani sotish);
•buyurtma asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini (ITTKI) bajarish;
•kompyuter dasturlarini va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va sotish;
•ilmiy-texnik faoliyat natijalarini ishlatadigan kompaniyalarni tashkil etish, shu jumaladan qo’shma korxonalarni ham;
•ilmiy maqolalarni, monografiyalarni, o’quv qo’llanmalarni chop etish.
Texnologiyalar transferi
Texnologiyalar transferi ilmiy-texnik xizmat ko’rsatish, texnologik jarayonlarni tadbiq etish, mahsulotni chiqarish uchun ilmiy-texnik bilimlar va tajribalarni uzatishni anglatadi.
Texnologiyalar transferi tijorat va notijorat turlariga ajratilishi mumkin. Texnologiyalar transferining tijorat turi quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
•texnologiyadan foydalanish uchun listenziyani sotish (listenziyalash);
•qo’shma (ichki va xalqaro) ishlab chiqarishni yaratish;
•kichik Innovatsion korxonalarni tashkil etish;
•joriy etadigan kompaniyalarni tashkil etish;
•maslahat, texnik va taxliliy xizmatlarni ko’rsatish;
•ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarni (ITTKI) amalga oshirish, yoki texnologik ishlarni bajarish;
•boshqalar.
Texnologiyalar transferining notijorat turi quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
•akademik almashuv;
•manfaatdor ishlanma mualliflari va manfaatdor tomonlar orasida uchrashuvlar o’tkazish;
•tajriba almashish bo’yicha dasturlarni yaratish;
•qo’shma t’alim va trening dasturlarini o’tkazish;
•buyurtma ishlarni va konsaltingni amalga oshirish;
•laboratoriyalar va qurilmalar ijarasi;
•ilmiy va texnologik parklarni yaratish;
•ijtimoiy tarmoqlar.

1-rasm.Texnologiyalar transferini asosiy bosqichlari
Texnologiyalar transfer texnologiyani albatta sanoat maqsadida o’zlashtiruvchiga (restipientga) uzatishni nazarda tutadi, biroq transfer xar doim xam texnologiya manbasi yoki uni restipienti tomonidan foyda (daromad) olishi bilan bofliq emas (ayniqsa ular ijtimoiy yoki ekologik texnologiyalar bo’lsa).Texnologiyalar transferining asosiy bosqichlari 1-rasmda keltirilgan. Texnologiyalar transferi asl jarayoni fundamental tadqiqot bosqichida emas balki faqatgina amaliy tadqiqot boshlanishida ko’zga ko’rinadi. Bu bosqichda ilmiy-texnik axborotdan mutloq ilmiy maqsadda foydalanish o’rniga axborotdan tijorat maqsadida foydalanish keladi va bozor talabiga ega bo’lgan mol haqida tasavvur shakllanishi boshlanadi.Davlat Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarilishiga va transferiga qiziqadi. Davlat tomonidan Innovatsion texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash quyidagilardan iborat:
•Innovatsion faoliyatni tartibga soluvchi va rafbatlantiruvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
•Innovastiyalar to’frisida axborot bazasini shakllantirish;
•Istiqbolli ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish.
Texnologiya iste’molchiga etib borish uchun to’rtta tomon ishtiroki lozim: ishlab chiqaruvchi (mualif), vositachi (texnologiyalar transferi markazi – TTM), investor va tadbirkor. Texnologiyalar transferi asosiy ishtirokchilarining o’zaro hamkorlik sxemasi quyidagi 2-rasmda keltirilgan.
Har qaysi texnologiyalar transferi ishtirokchisining o’ziga va faqat o’ziga tegishli vazifalari bor. Jaxon tajribasini ko’rsatishicha ishlanma muallifining vositachisiz ishlashi ko’p holatlarda muvaffaqiyatsizlikga olib kelishi mukarrar ekan.Ishlanma muallifining (odam, odamlar guruxi, tashkilot) asosiy vazifasi foyalarni Innovatsion texnologiyalarga aylantirishdir.TTM vazifalari – texnologik broker xizmatini ko’rsatish, innovastiyalarni himoyalash va bozorga kiritish bo’yicha huquqiy va maslaxat xizmatlarini ko’rsatish. O’zbekistonda TTM vazifalari Texnologiyalar transferi agentligi bajaradi.

Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyati yo’nalishlari:
Innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish; Innovatsion texnologiyalarni, shu jumladan, xorijiy Innovatsion texnologiyalarni mustaqil ekspertizadan o’tkazish, moslashtirish va mamlakatimiz amaliyotiga joriy etish; ilmiy-texnik ishlanmalarni tijorat sotuvi ob’ekti sifatida ishlab chiqarishga joriy etish loyihalarini tuzish va amalga oshirish;ilmiy-texnik ishlanmalar natijalarini tijoratlashtirish; sohasida xalqaro ilmiy- texnik hamkorlikni amalga oshirish;Milliy texnika va texnologiyalarni tashqi bozorga olib chikishga ko’maklashish;
Ilmiy-texnik mahsulotlarni joriy etish buyicha marketing tadqiqotlari olib borish;Ilmiy-texnik Innovatsion ishlanmalarni tadbiq qilish va tijoratlash sohasidagi mutaxasasilarni o’qitish va ularning malakasini oshirish;
Innovatsion loyihalarni ishlab chikish va amalga oshirish bo’yicha konsalting xizmatlari ko’rsatish va boshqalar.Tadbirkor – ishlab chiqaradigan mahsulotni yoki ko’rsatadigan xizmatni sifatini oshirishda va tannarxini pasayishida va ularni yangi istiqbolli turlarini o’zlashtirishda manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxs. Tadbirkor mahsulotni (xizmatni) yangi turini o’zlashtirish va chiqarish, hamda uni iste’molchiga yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Investor - odam, odamlar guruxi, tashkilot - texnologiyalarni tijoratlash loyixalarini moliyalashtiradi. Texnologiyalar transferi byudjet, byudjettan tashqari fondlar, xalqaro fondlar va tashkilotlar, xorijiy va milliy investorlar, banklar va boshqa moliya tashkilotlari kredit mablaflaridan moliyalashtirilishi mumkin.Investor va tadbirkor bitta shaxs bo’lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi ilmiy hamjamiyati orasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda 2016 yilning 11 mayida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi va “Rossiya fundamental tadqiqotlar fondi” federal davlat byudjet muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi (FTA) va “Rossiya fundamental tadqiqotlar fondi” federal davlat byudjet muassasasi qo‘shma o‘zbek-rus ilmiy-tadqiqot fundamental loyihalari tanlovini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha e’lon qiladi:

  • matematika va mexanika sohasidagi tadqiqotlar;

  • yuqori haroratli plazma fizikasi, boshqariladigan termoyadroli sintez va yadro fizikasi;

  • quyosh energetikasi uchun yarim o‘tkazgichli materialshunoslik sohasidagi va materialshunoslik masalalarini yechish va kvant elektronikasi uchun konsentrlangan quyosh nurlanishidan foydalanish sohasidagi tadqiqotlar;

  • koordinatsion va supramolekulyar kimyo sohasidagi tadqiqotlar;

  • o‘g‘it va o‘stirish stimulyatorini olish kimyoviy texnologiyalar negizini ishlab chiqish;

  • biomeditsina sohasidagi tadqiqotlar: onkologgik kasalliklar, genomika va dori vositalarni olishdagi yangi texnologiyalar;

  • geofizika sohasidagi tadqiqotlar: yer po‘stlog‘ining jiddiylashgan-deformatsiyalangan holatining monitoringi, qo‘rg‘oqchilik muammolari;

  • tarixiy-madaniy ob’ektlarning ilmiy restavratsiyasi.

Mazkur tanlovning asosiy maqsadi istiqbolli qo‘shma o‘zbek-rus loyihalarini tanlab olishdan iboratdir. O‘zbek ilmiy guruhlar qo‘shma loyiha rejasini Rossiya hamkorlari bilan oldindan kelishtirib, so‘ng ishtirokchilar loyiha rejasini elektron shaklda ------- elektron manziliga 2017 yilning 25 avgustiga qadar yuboradilar va FTAga qog‘oz va elektron tashuvchi vositalarda 2017 yilning 29 avgustigacha taqdim etadilar. Belgilangan muddatdan kechikib kelgan loyiha rejalari ko‘rilmaydi. Loyihalar rejasining hajmi yetti varaqdan oshmasligi kerak.
lmiy tadqiqot (izlanish) uchta tarkibiy qism: insonning maqsadli faoliyati, ilmiy mehnat predmeti va ilmiy mehnat vositalaridan iboratdir. Insonning maqsadli ilmiy faoliyati tadqiqot obyekti haqida (bo‘yicha) yangi bilimlarga yoki obyekt haqidagi (bo‘yicha) mavjud bilimlarni to‘ldirishga erishishda anglab yetishni bilishning aniq usullaridan va ilmiy uskunalardan (o‘lchov, hisoblash texnikalari) mehnat vositalaridan foydalanishga tayanadi. Ilmiy mehnat predmeti tadqiqotining faoliyati yo‘naltirilgan tadqiqot obyekti va u haqidagi (oldingi) bugungacha bo‘lgan bilimlar. Tadqiqot obyektiga moddiy dunyoning har qanday materiali (elektrotexnik uskunalar, elektrlashtirilgan qurilmalar, mashina va mexanizmlar), jarayonlar (texnologik, energetik, agrotexnik, elektromagnit, moddiy materiallar elementlari va h.k.lar) kiradi. Ilmiy tadqiqotlar, ko‘zlangan maqsadi, tabiat yoki ishlab chiqarish bilan bog‘liqlik darajasi, ilmiy ishning xarakteri va chuqurligiga (qamroviga) qarab fundamental, amaliy va ishlanmalarga bo‘linadi. Fundamental tadqiqotlar prinsipial yangi bilimlarni (yaratish) barpo etish va oldinda mavjud bilimlar sistemasini rivojlantirishga qaratiladi va undan maqsad tabiatning yangi qonunlarini yaratish (kashf etish) voqeliklar orasidagi bog‘liqliklarni ochib berish va yangi nazoratlar yaratishdir. (Masalan, elektromagnit maydon nazariyasi agroinjeneriyada resurslar tejamkorligi ilmiy – metodologiyasini yaratish, energiyani muhitda harakatlanishi qonunini va h.k.lar). Amaliy tadqiqotlar texnika sohasida yangi ishlab chiqarish vositalarini, iste’mol mahsulotlarini va h.k.larni yaratish yoki mavjudlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, uni maqsadi fundamental tadqiqotlarda to‘plangan ilmiy omillarni amaliy tadqiqotlar orqali o‘z o‘rniga qo‘yishdir. 10 (Masalan, urug‘lik mahsulotlarni saralash elektrotexnologiyasi va texikasini yaratish, energiya tejamkor meva quritish texnikasini yaratish, asinxron motorlarni quvvat koeffitsiyentini (cos ö) oshirish teznik vositasini ishlab chiqish va h.k.lar). Ishlanmalar yoki loyiha-konstruktorlik ishlari (LKI) amaliy tadqiqotlar natijalarini (masalan texnika sohasida) texnik yechimlarni (mashina, qurilma, material, mahsulot) ishlab chiqarish texnologiyalarini tajriba nusxalarini yaratish va sinab ko‘rish, yangiliklarni takomillashtirishda foydalanishga qaratilgan ilmiy tadqiqotning yakuniy qismidir. (Masalan, elektr maydoni yordamida urug‘lik donlarni saralash texnologiyasini amalga oshiriuvchi texnik qurilmani yaratish, dielektrik don quritish usulni amalga oshirish texnik qurilmasini ishlab chiqish, ichimlik suvga impulsli ishlov berish elektr qurilmani tajriba nusxasini ishlab chiqish va h.k.). Yuqoridagi ilmiy-tadqiqotlar klassifikatsiyasi va ularni chegaralanishi ko‘pchilik hollarda shartli bo‘lsada, ularni fanning muayyan bir sohasiga tegishliligi birlashtirib turadi. (2.1-rasm). 2.1-rasmda keltirilgan sxemada loyihalash va o‘zlashtirish bosqichlari bir vaqtning o‘zida fan va texnika sohalariga tegishli hisoblanadi. Shuningdek, fundamental tadqiqotlar va ishlab chiqarish oralig‘ida o‘zaro bog‘langan bosqichlar: amaliy tadqiqotlar – ishlanma – loyiha joylashgan. Ilmiy tadqiqotlar strukturasi. Ilmiy izlanishlar (tadqiqotlar) – obyektiv borliqni, qonuniyatlar va real dunyo voqeliklari orasida bog‘liqlikni anglab yetish – bilish jarayonidir. 2.1-rasm. Ilmiy tadqiqotlarning asosiy turlari – fan va ishlab chiqarishning o‘zaro bog‘liqlik sxemasi. Soha Soha Fan Texnika Ichlab chiqarish O‘zlashtirish Loyihalash Ishlanmalar Amaliy tadqiqotlar Fundamental tadqiqotlar 11 Bilish – ilmiy izlanishlar (tadqiqotlar) yordamida amalga oshiriladigan bilmaslikdan bilimga, chala yoki noaniq bilimlardan to‘laroq va aniq bilimlarga inson onggi va tafakkuri yo‘naltirilgan murakkab jarayondir. Ilmiy tadqiqotlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va texnika yo‘nalishida ko‘pgina holatlarda 2.2-rasmda keltirilgan strukturaga monand ketmaketlikda tashkil etiladi. Ilmiy tadqiqotlar olib borishni har bir bosqichida ilmiy muammoni (masalani) umumiy yechimi bilan bog‘liq ilmiy izlanishlar olib boriladi. Ilmiy tadqiqotning birinchi bosqichida nafaqat tadqiqot olib boriladigan muammo yoki masala shakllantiriladi, balki ishning muvaffaqiyatli yakuni ko‘p tomonlama bog‘liq bo‘lgan ilmiy tadqiqot vazifalari ham aniq shakllantiriladi. Ilmiy muammoni (masalani) shakllantirishga tadqiqot olib borilayotgan muammo yoki masalaga o‘xshash masalalarning yechimlarini texnik va nazariy usullari va vositalari, hamda turdosh sohalardagi tadqiqot natijalari haqida ma’lumotlar yig‘ish va tahlil etish kabi muhim ilmlar kiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, ma’lumotlar yig‘ish va ulardan masalani yechishda foydalanish tadqiqot ishlari tugagungacha ham davom etishi mumkin. 2.2-rasm. Ilmiy tadqiqot strukturasi. 12 Ilmiy muammoni (masalani) yechishning birlamchi gipotezasini ilgari surish va asoslash aksariyat hollarda ilmiy tadqiqotning birinchi bosqichida belgilangan ilmiy masalalar va tadqiqot mavzusiga oid to‘plangan axborotlarning tahlili asosida shakllantiriladi. Muammoni yoki ilmiy masalani yechishga erishish bo‘yicha shakllantirilgan bir necha birlamchi gipotezalar orasida eng maqbuli tanlab olinadi. Birlamchi ilmiy gipotezani ishonchliligini aniqlash maqsadida ayrim hollarda birlamchi ekspertiza, ya’ni tajribalar o‘tkazish zaruriyati ham tug‘iladi. Ilmiy tadqiqotlarning nazariy izlanishlar bosqichida fundamental fanlardan olingan qonuniyatlarning tadqiqot obyektiga bog‘lab analiz va sintez qilish va shuningdek, matematik apparatlardan, nazariy elektrotexnika va boshqa nazariy bilimlardan foydalanib hozirgacha ma’lum bo‘lmagan yangi qonuniyatlarni ochishga erishish ko‘zda tutiladi. Nazariy tadqiqot qabul qilingan ilmiy gipotezani analitik rivojlantiradi va tadqiqot olib borilayotgan ilmiy muammoning nazariyasini yaratilishiga olib kelishi kerak. Boshqacha aytganda bilimlar tizimini tadqiqot olib borilayotgan muammo doirasida ilmiy umumlashtirishdir. Yaratilgan ushbu nazariya izlanishlar olib borilayotgan muammoga oid voqelik va faktlarni oldindan belgilab (prodokazat) va tushintirib bera olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Eksperimental tadqiqotlar – ilmiy asosida qo‘yilgan tajribadir. Eksperimental tadqiqotlardan ko‘zlangan maqsad ilmiy muammo (masala) yechimining to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish bo‘lib, uning natijasini tasdiqlashi yoki inkor etishi mumkin. Tadqiqot olib borilayotgan obyekt (muammo yoki masala) bo‘yicha fundamental izlanishlar olib borilmagan yoki nazariy asoslari yetarli bo‘lmagan hollarda eksperimental tadqiqotlar natijalari muammoni nazariy yechimlarini shakllantirishga (topishga) asos yaratadi. Ilmiy tadqiqotning navbatdagi bosqichi eksperimental va nazariy tadqiqotlar natijalarini solishtirib (taqqoslab) ko‘rib ularni bir biriga mos kelishi (to‘g‘ri kelishi) haqida, hamda ilgari surilgan ilmiy gipotezani tasdiqlashi haqida uzul-kesil xulosa qilinadi. Ayrim hollarda natijalar bir biridan ancha farq qilsa yoki umuman to‘g‘ri kelmasa ilmiy gipotezaga o‘zgartirish kiritish yoki gipotezani inkor etishga to‘g‘ri keladi. Tadqiqot natijalariga yakun yasash, olingan natijalar tadqiqot maqsadi va vazifalariga to‘la javob berishi hamda umumiy xulosa va tavsiyalarni shakllantirishi ilmiy izlanishning yakuniy bosqich vazifalariga kiradi. Texnika sohasida, jumladan, energetika sohasida tadqiqotlar natijalarini o‘zlashtirish (amalda tadbiq etish) bosqichi ham ko‘zda tutiladi. Bunda tadqiqot natijalarini yoki texnologik va konstruktorlik ishlanmalarini iste’- molchiga yetkazish ishlari amalga oshiriladi.
Ishlanmalar yoki loyiha-konstruktorlik ishlari (LKI) amaliy tadqiqotlar natijalarini (masalan texnika sohasida) texnik yechimlarni (mashina, qurilma, material, mahsulot) ishlab chiqarish texnologiyalarini tajriba nusxalarini yaratish va sinab ko‘rish, yangiliklarni takomillashtirishda foydalanishga qaratilgan ilmiy tadqiqotning yakuniy qismidir. (Masalan, elektr maydoni yordamida urug‘lik donlarni saralash texnologiyasini amalga oshiriuvchi texnik qurilmani yaratish, dielektrik don quritish usulni amalga oshirish texnik qurilmasini ishlab chiqish, ichimlik suvga impulsli ishlov berish elektr qurilmani tajriba nusxasini ishlab chiqish va h.k.). Yuqoridagi ilmiy-tadqiqotlar klassifikatsiyasi va ularni chegaralanishi ko‘pchilik hollarda shartli bo‘lsada, ularni fanning muayyan bir sohasiga tegishliligi birlashtirib turadi. (2.1-rasm). 2.1-rasmda keltirilgan sxemada loyihalash va o‘zlashtirish bosqichlari bir vaqtning o‘zida fan va texnika sohalariga tegishli hisoblanadi. Shuningdek, fundamental tadqiqotlar va ishlab chiqarish oralig‘ida o‘zaro bog‘langan bosqichlar: amaliy tadqiqotlar – ishlanma – loyiha joylashgan. Ilmiy tadqiqotlar strukturasi. Ilmiy izlanishlar (tadqiqotlar) – obyektiv borliqni, qonuniyatlar va real dunyo voqeliklari orasida bog‘liqlikni anglab yetish – bilish jarayonidir.
Bilish – ilmiy izlanishlar (tadqiqotlar) yordamida amalga oshiriladigan bilmaslikdan bilimga, chala yoki noaniq bilimlardan to‘laroq va aniq bilimlarga inson onggi va tafakkuri yo‘naltirilgan murakkab jarayondir. Ilmiy tadqiqotlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va texnika yo‘nalishida ko‘pgina holatlarda 2.2-rasmda keltirilgan strukturaga monand ketmaketlikda tashkil etiladi. Ilmiy tadqiqotlar olib borishni har bir bosqichida ilmiy muammoni (masalani) umumiy yechimi bilan bog‘liq ilmiy izlanishlar olib boriladi. Ilmiy tadqiqotning birinchi bosqichida nafaqat tadqiqot olib boriladigan muammo yoki masala shakllantiriladi, balki ishning muvaffaqiyatli yakuni ko‘p tomonlama bog‘liq bo‘lgan ilmiy tadqiqot vazifalari ham aniq shakllantiriladi. Ilmiy muammoni (masalani) shakllantirishga tadqiqot olib borilayotgan muammo yoki masalaga o‘xshash masalalarning yechimlarini texnik va nazariy usullari va vositalari, hamda turdosh sohalardagi tadqiqot natijalari haqida ma’lumotlar yig‘ish va tahlil etish kabi muhim ilmlar kiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, ma’lumotlar yig‘ish va ulardan masalani yechishda foydalanish tadqiqot ishlari tugagungacha ham davom etishi mumkin.
Ilmiy muammoni (masalani) yechishning birlamchi gipotezasini ilgari surish va asoslash aksariyat hollarda ilmiy tadqiqotning birinchi bosqichida belgilangan ilmiy masalalar va tadqiqot mavzusiga oid to‘plangan axborotlarning tahlili asosida shakllantiriladi. Muammoni yoki ilmiy masalani yechishga erishish bo‘yicha shakllantirilgan bir necha birlamchi gipotezalar orasida eng maqbuli tanlab olinadi. Birlamchi ilmiy gipotezani ishonchliligini aniqlash maqsadida ayrim hollarda birlamchi ekspertiza, ya’ni tajribalar o‘tkazish zaruriyati ham tug‘iladi. Ilmiy tadqiqotlarning nazariy izlanishlar bosqichida fundamental fanlardan olingan qonuniyatlarning tadqiqot obyektiga bog‘lab analiz va sintez qilish va shuningdek, matematik apparatlardan, nazariy elektrotexnika va boshqa nazariy bilimlardan foydalanib hozirgacha ma’lum bo‘lmagan yangi qonuniyatlarni ochishga erishish ko‘zda tutiladi. Nazariy tadqiqot qabul qilingan ilmiy gipotezani analitik rivojlantiradi va tadqiqot olib borilayotgan ilmiy muammoning nazariyasini yaratilishiga olib kelishi kerak. Boshqacha aytganda bilimlar tizimini tadqiqot olib borilayotgan muammo doirasida ilmiy umumlashtirishdir. Yaratilgan ushbu nazariya izlanishlar olib borilayotgan muammoga oid voqelik va faktlarni oldindan belgilab (prodokazat) va tushintirib bera olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Eksperimental tadqiqotlar – ilmiy asosida qo‘yilgan tajribadir.
Eksperimental tadqiqotlardan ko‘zlangan maqsad ilmiy muammo (masala) yechimining to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish bo‘lib, uning natijasini tasdiqlashi yoki inkor etishi mumkin. Tadqiqot olib borilayotgan obyekt (muammo yoki masala) bo‘yicha fundamental izlanishlar olib borilmagan yoki nazariy asoslari yetarli bo‘lmagan hollarda eksperimental tadqiqotlar natijalari muammoni nazariy yechimlarini shakllantirishga (topishga) asos yaratadi. Ilmiy tadqiqotning navbatdagi bosqichi eksperimental va nazariy tadqiqotlar natijalarini solishtirib (taqqoslab) ko‘rib ularni bir biriga mos kelishi (to‘g‘ri kelishi) haqida, hamda ilgari surilgan ilmiy gipotezani tasdiqlashi haqida uzul-kesil xulosa qilinadi. Ayrim hollarda natijalar bir biridan ancha farq qilsa yoki umuman to‘g‘ri kelmasa ilmiy gipotezaga o‘zgartirish kiritish yoki gipotezani inkor etishga to‘g‘ri keladi. Tadqiqot natijalariga yakun yasash, olingan natijalar tadqiqot maqsadi va vazifalariga to‘la javob berishi hamda umumiy xulosa va tavsiyalarni shakllantirishi ilmiy izlanishning yakuniy bosqich vazifalariga kiradi. Texnika sohasida, jumladan, energetika sohasida tadqiqotlar natijalarini o‘zlashtirish (amalda tadbiq etish) bosqichi ham ko‘zda tutiladi. Bunda tadqiqot natijalarini yoki texnologik va konstruktorlik ishlanmalarini iste’- molchiga yetkazish ishlari amalga oshiriladi.
Ilmiy muammo – hal qilinishi talab etilayotgan nazariy va amaliy masala bo‘lib, usiz ilmiy tadqiqot ishlarini bajarib bo‘lmaydi. Texnika yo‘nalishida ilmiy muammolar, ishlab chiqarish texnik vositalari va jarayonlarini u yoki bu jihatdan ma’lum talablarga javob bermayotganidan energiya va boshqa resurslarni sarflarining yuqoriligi tufayli yuzaga keladigan va yechimi jamiyat taraqqiyotida zarur bo‘lgan masalalardan iboratdir. Ilmiy muammolar fanda oldingi erishilgan natijalar orasidan o‘sib chiqadi. Masalan. Elektr motorlarni yaratilishi ko‘plab fundamental, amaliy va ishlanmalar natijalari bilan bog‘liq bo‘lib, undan foydalanish jarayonida turli xil faktorlar ta’sirida ularni buzilmasdan ishlash muddati balgilangan muddatdan ancha past bo‘lib kelayotgani ularni ekspluatatsion ishonchliligini oshirish muammosini keltirib chiqaradi. Yuzaga kelgan ilmiy muammolarni yechimini topishda yangi bilimlar kerak bo‘ladi va bunga esa ilmiy izlanishlar natijasida erishiladi. Har qanday ilmiy muammo ikkita uzviy bog‘langan elementni o‘zida mujassam qiladi: birinchisi, biz nimanidir bilishimiz (voqelik, jarayon, energetik qurilma va h.k.lar) ular haqida obyektiv bilimga ega bo‘lishimiz, ikkinchisi, yangi qonuniyatlar yoki oldingi olingan bilimlarni amalda qo‘llashni prinsipial yangi usulini yaratish imkoniyati haqida farazga ega bo‘lishimiz kerak. Ilmiy muammoni qo‘yish – muammoni izlash, muammoni qo‘yish va rivojlantirish (kengaytirish) bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Muammoni izlash – ilmiy muammoni yuzaga kelishi ijtimoiy, iqtisodiy va texnik asoslar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy asosga ega bo‘lgan energetik muammo sifatida ekologik toza energiya ishlab chiqarish, muhitni ifloslantirmaydigan ichki yonuv dvigatelini yaratish bilan bog‘liq muammoni misol qilib olishimiz mumkin. Ayrim muammolar unchalik ravshan bo‘lmasada, shubhasiz bo‘lib, yirik ilmiy texnik muammolar sirasiga kiradi.
Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish ma’lum bir sistemaga va oldindan ishlab chiqilgan rejaga asosan olib boriladi. Ilmiy tadqiqotdan ko‘zlangan maqsadga erishish aniq bir tadqiqot olib borish uslubiga tayangan holda va unga asosan amalga oshiriladi. Umuman tadqiqotlar olib borishda juda ko‘plab usullardan foydalaniladi. Ulardan ayrimlari turli xil fan sohalarida foydalanilishi mumkin. Masalan, matematik usullar, fanning turli sohalarida qo‘llanilsa, tenzometrik o‘lchash – mexanikada, sistemali yondashuv, termodinamik usul – energetikada va h.k.. Aniq usullar aniq bir obyektning mohiyatini o‘rganish, ko‘zlangan ilmiy va amaliy muammoni yechish bilan bog‘liq tadqiqot obyektining xususiyatlari va o‘ziga xos tomonlarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Masalan, energotexnologik jarayonlarda energiya tejamkorlik muammolarni yechishda energetik balans tenglamasiga va energiyani saqlanish qonuniga asoslaniladi. Elektromagnit jarayonlarini o‘rganishda Maksvel tenglamalar sistemasi va elektrodinamika qonunlaridan foydalaniladi.
Ilmiy tadqiqotlar olib borish borliq haqidagi obyektiv bilimlarni ishlab chiqish va nazariy tomondan sistemalashtirishdan iborat inson faoliyati sohasi bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: – ilmiy tushunchalar, tamoyillar va aksiomalar, ilmiy qonunlar, nazariyalar va farazlar, empirik ilmiy faktlar, uslublar, usullar va tadqiqot yo‘llari tarzidagi uzluksiz rivojlanib boruvchi bilimlar tizimini; – bilimlarning mazkur tizimini yaratish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan insonlarning ilmiy ijodi; – insonlar ijodining ilmiy mehnat obyektlari, vositalari va ilmiy faoliyat sharoitlari bilan ta’minlovchi muassasani. Tadqiqot olib borish faktlar to‘plashdan boshlanadi, ular o‘rganiladi va sistemalashtiriladi, umumlashtiriladi, ma’lum bo‘lganlarni tushuntirish va yangilarini oldindan aytib berishga imkon beruvchi ilmiy bilimlar mantiqiy tuzilgan sistemalarni yaratish uchun ayrim qonuniyatlarni ochishdan iborat bo‘ladi. Tamoyil (postulat)lar va aksiomalar ilmiy bilishning boshlang‘ich holati hisoblanadi, bular sistemalashtirishning boshlang‘ich shakli bo‘lib, ta’limot, nazariya va h.k. (masalan, kvant mexanikasidagi Bor postulati, Yevklit hodisasi aksiomalari va b.)lar asosida yotadi. Ilmiy bilimni umumlashtirish va tizimlashtirishning oliy shakli bo‘lib ta’rif hisoblanadi. U mavjud obyektlar, jarayonlar va hodisalarni umumlashtirib idroklashga, shuningdek, yangilarini oldindan aytib berishga imkon beruvchi tadqiqotlarning ilmiy tamoyillari, qonunlari va usullarini ifodalaydi. Ilmiy bilim tizimida ilmiy qonunlar muhim tarkibiy qism bo‘lib hisoblanadi, bular tabiat, jamiyat va tafakkurdagi eng ahamiyatli, barqaror va takrorlanuvchi obyektiv ichki bog‘liqlikni aks ettiradi. Odatda ilmiy qonunlar umumiy tushunchalar, kategoriyalar jumlasiga kiradi. Olimlar ilmiy natija (ijobiy yoki salbiy)ga erishish vositasi sifatidagi daliliy materiallarga yetarlicha ega bo‘lmagan hollarda faraz (gipoteza)dan foydalanadilar. Faraz ilmiy taxmin bo‘lib, tajribada tekshirishni talab etadi va nazariy jihatdan ishonchli ilmiy nazariya bo‘lish uchun asoslanishi lozim. Fan masalalarni hal qilish omili bo‘lib, nazariyalar ishlab chiqish, borliq obyektiv qonunlarini ochish, ilmiy faktlarni aniqlash va h.k.lar hisoblanadi. Bular ilmiy bilishning umumiy va maxsus usullaridir. Umumiy usullar uch guruhga bo‘linadi: – empirik tadqiqot usullari (kuzatish, qiyoslash, o‘lchash, eksperiment); – nazariy tadqiqot usullari (mavhumdan aniqlikka tomon borish va b.); – empirik va nazariy tadqiqot usullari (tahlil va sintezlash, induksiya va deduksiya, modellashtirish, abstraktlash va b.).
Ilmiy – tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari (ITTKI)ning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:

  • tabiat va jamiyatni rivojlanishi sohasida yangi bilimlar olish, ularni qo’llashning

  • yangi sohalari:

  • ishlab chiqarish sohasidagi materiallashtirishning tashkilot tovarlari

  • raqobatbardoshligi me’yorlarining strategik marketingi bosqichida ishlab chiqilgan

  • imkoniyatlarini nazariy va tajribaviy tekshirish;

  • yangiliklar va innovatsiyalar portfelini amalda bajarish.

  • Sanab o’tilgan vazifalarni amalga oshirish resurslardan foydalanishning samaradorligi, tashkilotlarning raqobatbardoshligi, aholining turmush darajasini oshirishga bimkon beradi:

ITTKIning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Har qanday muammolarni hal qilish ratsional boshqaruv qarorlarini qabul qilishda menejmentning avvaliroq ko’rib chiqilgan ilmiy yondashishlari, tamoyillari, vazifalari, usullarini bajarilishi. Ilmiy menejmentning qo’llaniladigan tarkibiy qismlarining miqdori boshqaruv ob’ektining murakkabligi, qiymati va boshqa omillar bilan belgilanadi.
2. Innovatsion faoliyatni kishilik kapitalni rivojlanishiga qaratish.
ITTKI ishlarning quyidagi bosqichlariga bo’linadilar:
 fundamental tadqiqotlar (nazariy va izlanishli);
 amaliy tadqiqotlar;
 tajriba – konstruktorlik ishlari;
 tajriba, eksperimental ishlar, ular o’tgan bosqichlardan har birida bajarilishlari
mumkin.
Nazariy tadqiqotlar natijalari ilmiy kashfiyotlar, yangi tushunchalar va tasavvurlarni asoslanishi, yangi nazariyalarini yaratilishida namoyon bo’ladilar.
Izlanishlarga quyidagi tadqiqotlar kiradiki, ularni vazifasi buyumlar va texnologiyalarni yaratishning yangi tamoyillarini, materiallar va ularning birikmalarining yangi, oldin noma’lum bo’lgan xususiyatlarini, menejment usullarini ochishdan iboratdir.Izlanish tadqiqotlarida odatda mo’ljallangan ishning maqsadi, ma’lum, nazariy asoslar ko’proq yoki kamroq ravshan, ammo aniq yo’nalishlar ma’lum emas. Bunday tadqiqotlarni borishida nazariy taxminlar va g’oyalar tasdiq topadilar, ular ba’zida inkor etishlari va qayta ko’rib chiqilishlari mumkin.
Xalqaro darajadagi aqliy mulkni huquqiy tartibga solishni vujudga kelishini Sanoat mulkini muhofaza qilish, patentlar, tovar nomlaridan foydalanish, shu jumladan ulardan noqonuniy foydalanilganlik uchun jazolash bo’yicha tadbirlar Parij konventsiyasi (1883y)bog’laydilar. Aqliy mulkka huquq III iqtisodiy, sotsial va madaniy huquqlar bo’yicha xalqaro paktda beglilab berilgan. Bizning davlatimiz kashfiyotga mamlakat ustuvorligini himoyalanishini ta’minlash maqsadida Parij konventsiyasiga qo’shilgan. Hozirgi vaqtda O’zbekiston qonunchilik bu sohadagi ko’pgina xalqaro huquqiy hujjatlarning mazmuni va yo’nalishini aks ettiradi. Kashfiyotlarni xorijiy patentlantirishda markaziy o’rinni
konventsion ustuvorlikni taqdim etish haqidagi masala egallaydi. Gap konventsiya
ishtirokchisi bo’lgan mamlakatlardan biri tomonidan patentlashtirishga dastlabki ariza bergan sanani e’tiborga olish haqida ketayapti, u ushbu dastlabki arizani bergan kundan bir yildan ko’p bo’lmagan chegarada belgilanadi. Bundan kashfiyotning yangiligi ushbu mamlakatda ariza berilgan kundan emas, balki dastlabki ariza kundan boshlab belgilanadi.Bu imtiyozli (bir yil) kashfiyotdan foydalanishining tijorat imkoniyatini belgilash (masalan,litsenziyalarni sotish), xorijda arizalarni rasmiylashtirish uchun zarur materiallarni sinchiklab tayyorlash, kashfiyotning reklamasini amalga oshirish imkoniyatini beradi.Konventsiya kashfiyotlarga, agar ular xalqaro ko’rgazmalar va yarmarkalarda namoyish qilinsalar, vaqtinchalik (bir yil davomidagi) himoyani beradi.
Shunday qilib ekspert nafaqat loyihaning bayonini berishi, balki quyidagilarni baholashi ham kerak: uning bilimlarning ushbu sohasi uchun dolzarbligi; loyiha tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishlariga kiradimi yoki yo’qligini; qo’yilgan muammoning yangiligini; loyihani rivojlanishining istiqbollari; ishtirokchilarning sifatli tarkibini, hamda yuqorida keltirilgan tizim bo’yicha loyiha bahosini asoslanishini.Eksperimental laboratoriya tadqiqotlari uchun ekspertiza quyidagi savollarga javobni ko’zda tutadi:

  • Tadqiqotlar dasturi tayyorlanganmi?

  • So’rov uchun anketalar tayyorlanganmi?

  • Pilotajli tadqiqot o’tkazilganmi?

Ekpertiza bir necha loyihalarning qiyosiy tahlili asosida o’tkaziladi. Ekspertizaning
uchta bosqichi ko’zda tutiladi.

  • Birinchi bosqich – loyihani dastlabki ko’rib chiqilishi va quyidagi vazifalarni hal

  • qilinishi:

  • Ikkinchi bosqich ekspertizada ishtirok etish uchun loyihalarni tanlash;

  • Rad etilgan loyihalar bo’yicha asoslangan xulosalarni tuzish;

  • Ekspertizaning yakka darajasida o’tgan har bir loyiha bo’yicha ekspertlarni

  • belgilash.

Ekspertiza natijalarini shakllantirish reyting asosida amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi loyihaning reytingi ikkinchi bosiqchda belgilanadi.Uchinchi bosqichda loyiha bo’yicha xulosalar beriladi (loyihaning umumiy reytingiga tuzatishlar kiritilishi mumkin, moliyalashtirish haqida qarorlar qabul qilinadi).
Download 364,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish