1. Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]



Download 29,07 Kb.
Sana28.02.2022
Hajmi29,07 Kb.
#474286
Bog'liq
63 27.01.2018




[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 O‘rmondan va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.02 Qo‘shimcha foydalanish (pichan o‘rish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi o‘simliklar va texnik xomashyo, dorivor xomashyolarini tayyorlash, yig‘ish va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi o‘simliklarni tayyorlash]

[TSZ:

1.Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasida qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun qizilmiya o‘simligini yetishtirish va sanoat usulida qayta ishlash hajmlarini oshirish, shuningdek, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va sanoat usulida qayta ishlash sohasini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasini (keyingi o‘rinlarda Uyushma deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 138-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/138/2633-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 138-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/138/2633-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida qizilmiya o‘simligini yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-maydagi PQ-2970-son qarori bilan tashkil etilgan qizilmiya o‘simligi sanoat plantatsiyalarini yaratish va qizilmiya xomashyosini chuqur qayta ishlashni ta’minlash masalalari bo‘yicha ishchi guruh ikki oy muddatda:
Uyushma ustavining tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
Uyushmaning yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Uyushmaning Nukus shahri, A. Utepov ko‘chasi, 31-uy manzilidagi Nukus maishiy xizmat ko‘rsatish va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji binosiga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirilishini ta’minlasin.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar Uyushma a’zolari tarkibiga kirishi mumkin;
Uyushma raisi va uning o‘rinbosari muassislarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan saylanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi;
Uyushmaning ijro etuvchi apparatini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish Uyushma a’zolarining badal to‘lovlari, shuningdek, qonun hujjjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 138-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/138/2633-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Qizilmiya yetishtirishni ko‘paytirish, chuqur qayta ishlash va dori vositalari hamda substansiyalar ishlab chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsinlar.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tumanlar hokimliklari bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda, tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar yetishtirish uchun qulay bo‘lgan, umumiy maydoni 25 ming gektargachani tashkil qiladigin yer uchastkalari;
qizilmiya plantatsiyalari tashkil etish loyihalari tashabbuskorlari takliflari tanlab olinishini ta’minlasinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qizilmiya plantatsiyalarini tashkil etish loyihalari tashabbuskorlari takliflarini tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
11. “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda:
2018-yil avgust oyigacha bo‘lgan muddatda — qizilmiya o‘simligi plantatsiyalarini tashkil etish va parvarish qilish, shuningdek, xalqaro talablarga muvofiq qizilmiya xomashyosini quritish va qadoqlash uchun zarur bo‘ladigan maxsus texnika vositalari va minitexnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojni hamda ularning turlarini aniqlasin;
talab etiladigan maxsus texnika vositalari va minitexnologiyalarni xarid qilish, shuningdek, imtiyozli shartlarda, lizing asosida olish bo‘yicha barcha zarur tashkiliy-amaliy choralarni ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 30-sonli qaroriga asosan 2020-yil 18-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son)
13. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etish, ularni yetishtirish va qayta ishlash loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari grantlari va kreditlarini jalb etish yuzasidan bir oy muddatda takliflarni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 138-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/138/2633-son)
15. “Lanextrakt” MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan ta’sis etiladigan xo‘jalik yurituvchi subyektga xorijiy investorlar ishtirokida iste’mol spirti ishlab chiqarishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, “Lanextrakt” MChJ qo‘shma korxonasi ta’sis etadigan xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat spirti hajmining qizilmiya va dorivor o‘simliklar ekstrakti ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan qismiga aksiz solig‘i to‘lash majburiyati bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Lanextrakt” MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan ta’sis etiladigan xo‘jalik yurituvchi subyektga oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish uchun xomashyo sotib olishga kvotalar ajratsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi qizilmiya plantatsiyalari tashkil etish maqsadida olib kelinadigan qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar urug‘lari va ko‘chatlarining istisno tariqasida qisqa muddatlarda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni qayta ishlash va ulardan dorivor vositalar ishlab chiqarish bo‘yicha farmatsevtika korxonalarini tashkil etish yuzasidan takliflar kiritsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda o‘simliklar xomashyosini chuqur qayta ishlash orqali yangi turdagi farmatsevtika mahsulotlari yaratish va ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish bo‘yicha takliflar taqdim etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
19. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialida “Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni tashkil etsinlar.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
20. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda:
bir hafta muddatda Qorqalpog‘iston Respublikasining o‘ziga xos tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, qizilmiya plantatsiyalari tashkil etish va qizilmiya hosilini yig‘ish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqsin;
2018-yilning mart oyi mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir tumanida fermer, dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbar hamda mutaxassislari ishtirokida, zamonaviy ilm-fan yutuqlari va ilg‘or agrotexnologiyalardan foydalangan holda, qizilmiya plantatsiyalarini tashkil etish, xizmat ko‘rsatish va hosilini yig‘ish bo‘yicha amaliy o‘quv-seminarlari o‘tkazsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-yanvar,
63-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 138-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/138/2633-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 138-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/138/2633-son)


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2018-y., 09/18/63/0637-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 16.02.2019-y., 09/19/138/2633-son; 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son)

Download 29,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish