A) ta'lim-tarbiyaviy talablar. Ma'lumki tabiatshunoslik darslari katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, o’quvchilarning g’oyaviy-siyosiy, mehnat, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiyasi birligini ta'minlaydi.
Ayniqsa, tabiatshunoslik darslari ilmiy dunyoqarashni shakl-lantirish uchun boy material beradi. Shunga ko’ra o’qituvchi har bir tabiatshunoslik darsiga tayyorlanishda dasturga va metodik qurollarga tayanib, shu darsda o’quvchilarda qaysi asosiy bilimlar, o’quv hamda ko’nikmalar shakllantirilishini,qanday tarbiyaviy g’oyalar ular ongiga yetkazilishini, dars ularning idrokiy qizi-qishlarini rivojlantirishga qanday yordam ko’rsatishini sinchiklab o’ylab olishi kerak.
Shuningdek, tabiatshunoslik darslari yosh avlodda barcha taibiya xususiyatlarini rivojlantiradi. Estetik tarbiya berish uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Tabiat insonni ruhan boyitadi, uning bilan muloqotda bo’lish kishilarda yuqori ma'naviy sifatlarning shakllanishiga yordam beradi. Bolalarni tabiat go’zalligini ko’ra olish va qadrlashga o’igatish zarur. Shunga ko’ra tabiat obyektlarini o’iganishda o’quvchilar e'tiborini tabiatdagi uyg’unlikka, uning shakllarining nafisligiga, estetik rohat beruvchi go’zallikni ta'kidlamoq va shu asosda estetik tasavvur va tushunchalar bermoq lozim. B) didaktik talablar. Tabiatshunoslik darslarini o’tkazishning aniqligi vaqtdan oqilona foydalanish, dars mavzusi, maqsadi va vazifalarini to’g’ri qo’yish bilan ta'minlanadi.
Dars vazifalarini belgilagach, o’qituvchi uning muvofiqroq tuzi-lishini tanlashga kirishadi, ya'ni so’rash, tushuntirish, mustah-kamlash, yangi va ilgari o’zlashtirilganlarni nazorat qilish, bilimlarni umumlashtirish va ketma-ketligini qanday LzchiUikda o’tkazish kerakligini, so’rashning qaysi turidan - yakka (individual) so’rash yoki frontal (umumiy) so’rashdan foydalanishni o’ylab chiqadi.
Yangi materialni o’rganish vaqtini to’g’ri belgilash katta ahamiyatga ega. Yaxshi dars shu bilan farq qiladiki, unda yangi materialni o’iganish o’qituvchi va o’quvchilarning diqqat markazida turadi. U kengaytirilgan so’rash yoki takrorlash bilan to’sib qolinmaydi. Yangi material mazmunida o’quvchilar e'tibori markazlashtirilishi zarur bo’lgan lahzalar alohida ajralib turadi. Yangi materialni o’igana turib, o’qituvchi ilgari o’iganilgan mavzularga albatta tayanadi, boshqa mavzulardan eng muhimlarini ajratadi. Bunga “Cho'llar” mavzusi misol bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Bu mavzuni o’rgana turib, o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida cho'l iqlimining belgilarini: atmosfera yog’inlari miqdorining juda ozligini,yozning issiqligini, havo va tuproqning sutkalik hamda yillik o’zgarishining juda kattaligini sanab chiqadilar.
Xarita va suratlar bilan ishlash o’quvchilarga cho'l yuzasining xilma-xilligi, daryolar va ko’llarning kamligi, tuprog’ining asosan qumli va loyli ekanligi, o’simliklarning siyrakligi, ko’pincha o’tsimon ekanligi haqida xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Zamonaviy tabiatshunoslik darsi o’qitishning tashkiliy shakl-larini anglab tanlanganligi, ya'ni umumsinf, guruh va individual mashg’ulotlaming oqilona uyg’unlashtirilganligi bilan xarakterlanadi. Agar dars oldindan o’ylangan va uning rejasi tuzilgan bo’lsa, tabiatshunoslik darsiga bo’lgan ta'riflashgan talablarni amalga oshirish oson bo’ladi. o’qituvchi reja tuza turib, birinchidan, darsning asosiy maqsadini, uning tuzilishini, mazmunini (o’quv materialini, metod va uslublarini, darsning har bir qismi uchun jihozlarni), ikkinchidan, tashkil qilinishi shakllarini (sinf bilan umumiy ish, o’quvchilarning guruhlarga bo’linib ishlashlari, har bir o’quvchining yakka ishlashini) belgilaydi.
Tabiatshunoslik darsining samaradorligi o’qitish metodlari to’g’ri tanlanganda va ular ko’rsatuv vositalari bilan uyg’un-lashtirilganda sezilarli darajada ortadi. Darsni muvaffaqiyatli o’tish uchun o’qituvchi rejadan tashqari uning mazmunini ifodalovchi konspekt tuzishi kerak, unda darsda beriladigan savollar ro’yxati keltirilgan bo’ladi, qiziqarli - idrokiy materialdan foydalanib, hosil qilinadigan aniq vaziyatlar ko’rsatiladi. Konspektda darsda foydalaniladigan qo’shimcha manbalar (she'rlar, maqollar, topishmoqlar, yozuvchilarning asarlaridan parchalar) ko’rsatilgan bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |