Tabiiy ko’rgazmali qurollar. Tabiiy ko’rgazmali qurollar jismlardir. Ular o’iganilayotgan material to’g’risida ancha to’g’ri, haqiqatga yaqin tasavvurlar berib, bolalarda bevosita qabul qilish asosida tabiatshunoslik tushunchalari hosil bo’lishiga imkon yaratadi. Shunga ko’ra sinfda yoki tabiatshunoslik xonasida jonli tabiatni o’rganish uchun har xil xona o’simliklari, shuningdek, turarjoylardagi daraxtlarga xos bo’lgan shoxchalar, barglar, gullar, meva va urug’lar bo’lishi zarur. Tabiatshunoslik darslarida jonli tabiat burchagida o’stirilayotgan o’simliklardan, gerbariy va ekskur-siyalardan olib kelingan o’simliklardan foydalaniladi. Tabiat qo’ynida o’tkaziladigan darslarda va ekskursiyalarda tabiiy sharoitlardagi jonli tabiat obyektlaridan foydalaniladi.
Jonsiz tabiatni o’iganishda ham tabiiy tarqatma material, masalan, har xil rangdagi granit, sluda, kvars, dala shpati, loy, qum, kalsit (bor, marmar, ohaktosh), tuz (o’g’itlash uchun), tosh tuzi va kaliy tuzi, toshko’mir, temir, mis rudalarining namunalari, shuningdek, metallar hamda qotishmalar (temir, cho’yan, po’lat, aluminiy, birinj), tuproq namunalari va boshqalar bo’lishi kerak.
Bolalarda bevosita qabul qilish mumkin bo’lmagan tabiat jisnilari va hodisalari to’g’risida aniq va to’g’ri tasavvurlar hosil qilish uchun ko’rgazmali qurollardan keng foydalaniladi. Tabiatshunoslik kursini o’rganish uchun zarur bo’lgan ko’plab ko’rsatuv jihozlari maxsus do’konlarda sotiladLChunonchi 3 - 4- sinflarda tabiatshunoslikni o’iganish uchun “Jonajon o’lka tabiati” turkumidagi jadvallar chop etilgan. Tabiatshunoslik bo’yicha devoriy o’lkashunoslik suratlaridan, shuningdek, zoologiya bo’yicha ham jadvallardan foydalanish mumkin, ular tabiatning o’lkashunoslik obyektlari to’g’risida tasavvur va tushunchalarni shakllantirishga yordam beradi.
Xarita va globus. O’quvchilar 4-sinfda xarita va globus to’g’risida dastlabki tasavvurlami oladilar, shuning uchun sinfda o’zbekiston Respublikasiining tabiiy xaritasi, yarim sharlar tabiiy xaritasi, tabiiy zonalar xaritasi, foydali qazilmalar xaritasi bo’lishi kerak. Shuningdek, atrof joyning shartli belgilariga ega bo’lgan yirik masshtabli plani va o’quvchilar yashayotgan hamda o’qiyotgan shahar yoki qishloqning planidan ham foydalaniladi. O'quv-chilarning sinfda va uyda individual ishlashlariga mo’ljallangan “Bizning vatanimiz” atlasi, shuningdek, 4- sinf uchun kontur kartalar to’plamii keng qo’llaniladi. Sinfdagi ishda diametri 42,5 sm li globusdan, indiviudal ishda esa diametri 15 sm li globusdan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |