27
isbotlash uchun Magdeburg shahrida shunday bir tajriba
qildi: bir-biriga tegizib qo’yilgan ikkita metall yarim
shar ichidagi havoni so’rib oldi. Atmosfera bosimi yarim
sharlarni bir-biriga shu qadar kuchli siqdiki, ularni
sakkiz juft ot ham ajrata olmadi.
Yarim sharlarning
havo bosayotgan sirti 2800 sm
2
, atmosfera bosimi esa
760 mm. sim. ust. ga teng deb
qabul qilinsa, ularni
siqib turgan kuchni hisoblang.
3. Bir uchi berk ikkinchi uchida jo’mragi bo’lgan 1m
uzunlikdagi nayning havosi so’rib olingan. Nayning
jo’mrakli uchini simobga botirib, jo’mrak ochilgan.
Simob nayni butunlay tuldiradimi? Agar simob o’rniga
suv olinsa, u nayni butunlay to’ldiradimi?
4. a). 740 mm sim. ust., b) 780 mm sim. ust. bosimni
gektopaskal bilan ifodalang.
43. TURLI BALANDLIKLARDA
ATMOSFERA BOSIMI
Suyuqlikda bosim suyuqlikning zichligiga va suyuqlik
ustuni balandligiga bog’liq ekanini biz bilamiz. Suyuqlik
kam siqiluvchan bo’lgani uchun uning zichligi turli
chuqurliklarda deyarli bir xil, shuning uchun bosimni
hisoblashda uning zichli-gini o’zgarmas deb olamiz va
faqat sathining o’zgarishini hisobga olamiz.
Gazlarda ish birmuncha murakkabroq bo’ladi. Gazlar
juda siqiluvchan bo’ladi. Gaz qancha siqilsa, uning
zichligi shuncha ko’p bo’ladi va u shunchalik ko’p bosim
beradi. Axir gazning bosimi uning molekulalarining jism
sirtiga urilishi natijasida hosil bo’ladida.
Yer sirtiga yaqin turadigan havo qatlamlariga uning
ustida turgan hamma havo qatlamlari bosadi. Ammo
havo qatlami Yer sirtidan qancha baland joylashgan
bo’lsa, u shuncha kam siqilgan, zichligi shuncha kam
bo’ladi, demak u shunchalik kamroq bosim kosil qiladi.
Agar, masalan, havo shari Yer sirtidan ko’tarilsa, bu
holda havoning sharga bosimi kamayadi, bunga shar
ustidagi havo ustuni baland-ligining kamayishigina
sabab bo’lmasdan, balki havoning zichligi yuqorida
pastdagiga nisbatan kam bo’lishi ham sabab bo’ladi.
Shuning uchun havo bosimining balandlikka bog’liq
bo’lishi suyuqlik bosimining uning ustuni balandligiga
bog’liq bo’lishiga qaraganda murakkabroq.
Kuzatishlar natijasi dengiz sathida yotgan joy-larda
atmosfera bosimi o’rta hisob bilan 760 mm sim. ust. ga
teng bo’lishini ko’rsatadi. Joy dengiz sathi-dan qancha
baland bo’lsa, u yerda bosim shuncha kam bo’ladi.
0°C temperaturada balandligi 760 mm sim. Ust. Bosi-miga
teng bo’lgan atmosfera bosimi normal atmosfera bosimi
deyiladi. Normal atmosfera bosimi 101 300 Pa = 1013
gPa=101,3 kPa.
Ko’pincha hisoblashlarda
nomal atmosfera bosimi
101 kPa yoki 10
5
Pa deb olinadi.
Yuqoridagi rasmda balandlik o’zgarishiga qarab
atmosfera bosimining o’zgarishi ko’rsatilgan. Uncha
baland bo’lmagan tepaliklarda har bir 12 m ko’tarilishda
bosim o’rta hisob bilan 1 mm simob us-tunicha
kamayadi.
Bosimning balandlikka bog’liq bo’lishini bilgan holda
barometr ko’rsatishlarining o’zgarishiga qa-rab joyning
dengiz sathidan qancha baland ekanini aniqlash mumkin.
Ko’tarilish balandligini bevosita aniqlashga imkon
beruvchi shkalasi bo’lgan anero-idlar balandlik
o’lchagich deyiladi. Ular aviatsiyada va tokka chiqishda
ishlatiladi.
1. Yer sirtidan ko’tarilish balandligi ortishi bilan
atmosfera bosimining kamayishini qanday tushuntirish
mumkin? 2. Qanday atmosfera bosimi normal bosim
deyiladi? 3. Balandlikni atmosfera bosimiga qarab
o’lchashda ishlatiladigan asbob nima deb ataladi?
Do'stlaringiz bilan baham: