1. tabiat va inson



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/54
Sana27.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#707807
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54
Bog'liq
7-sinf (fizika)

19-mashq 
 


26 
1. Quyidagi rasmda har xil suyuqdiklardan namuna 
olishda ishlatiladigan liver degan asbob tasvir-langan. 
Livyer suyuqlikka botiriladi, so’ngra ustki teshigini 
barmok bilan berkitib turib, uni suyuqlikdan ko’tariladi. 
Liverning ustki teshigi ochilsa, undan suyuqlik oqib tusha 
boshlaydi. Tajriba qiling va bu asbobning qanday 
ishlashini tushuntirib bering. 
2. Oy qachonlardir atmosfera bilan qurshab olingan 
bo’lgan, lekin uni asta sekin uni yo’qotgan deb taxmin 
qilinadi. Buni qanday tushuntirish mumkin.
3. Parrandalarning avtomat suvdoni (quyidagi rasm) 
tog’orachaga to’ntarib qo’yilgan suvli butilkadan iborat 
bo’lib, butilka og’zi tog’orachadagi suvga bir oz botib 
turadi. Suv butilkadan nima uchun oqib tushib ketmaydi? 
Agar tog’orachadagi suv sathi pasaysa va butilkaning 
og’zi suvdan ko’tarilib qolsa, butilkadagi suvning bir 
qismi tog’orachaga oqib tushadi.
42. ATMOSFERA BOSIMINI O’LCHASH 
TORRICHELLI TAJRIBASI
Atmosfera bosimi kattaligini suyuqlik ustuni bosimini 
o’lchagandek hisoblab bo’lmaydi. Nima uchun? 
Atmosfera bosimini bunday hisoblash uchun atmosfera 
balandligini va havoning zichligini bilish kerak. Ammo 
atmosferaning aniq chegarasi yo’q havoning zichligi 
esa turli balandliklarda turlicha. Shunday bo’lsa ham, 
atmosfera bosimini XVII asrda italyan olimi 
T o r r i c h e l l i tasviya qilgan tajribada o’lchash 
mumkin. 
Torrichelli tajribasi quyidagidan iborat: bir uchi 
kavsharlangan, uzunligi 1 m ga yaqin shisha nay olib, 
unga simob to’lg’azamiz. So’ngra nayning ikkinchi uchini 
qattiq berkitib, uni simobli kosaga to’ntaramiz va simob 
ichida nayning uchini ochamiz (quyidagi rasm). Bunda 
naydagi simobning bir qismi kosaga tushib, nayda 
balandligi 760 mm ga yaqin simob ustuni qoladi. Naydagi 
simob ustida havo yo’q u yerda havosiz fazo. 
Yuqorida bayon qilingan tajribani taklif qilgan 
Torrichelli uni tushuntirib ham berdi. Atmosfera kosadagi 
simob sirtiga bosadi. Simob muvozanatda bo’ladi. 
Demak naydagi simobning 
aa
sathidagi bosimi ham 
(Yuqoridagi rasm) atmosfera bosimiga teng. Agar 
aa
sathdagi bosim atmosfera bosimidan katta bo’lsa, u 
holda simob naydan kosaga tushadi, agar atmosfera 
bosimidan kichik bo’lsa, u holda simob naydan yuqori 
ko’tariladi. Ammo nayning yuqori qismida havo yo’q 
shuning uchun naydagi simobning 
aa
sathdagi bosimi 
faqat naydagi simob ustuni og’irligi tufayli yuzaga keladi. 
Bundan atmosfera bosimi naydagi simob ustunining 
bosimiga teng, degan xulosa chiqadi. Simob ustuni 
balandligini o’lchab, simob berayotgan bosimni hisoblash 
mumkin, bu bosim atmosfera bosimiga teng bo’ladi. 
Atmosfera bosimi qanchalik ko’p bo’lsa, Torrichelli 
tajribasidagi simob ustunining balandligi shunchalik 
yuqori bo’ladi, shuning uchun amalda atmosfera 
bosimini millimetr yoki santimetr hisobida olingan simob 
ustuni balandligi bilan o’lchash mumkin. Masalan, 
atmosfera bosimi 780 mm simob ustuniga teng degani
balandligi 780 mm bo’lgan vertikal simob ustuni qanday 
bosim hosil qilsa, havo ham shunday bosim hosil qiladi, 
deganidir. 
Demak, bu holda atmosfera bosimining birligi qilib 1 
mm simob ustuni qabul qilingan (1 mm sim. ust.). Bu 
birlik va bizga ma’lum bo’lgan bosim birligi P a s k a l
orasidagi munosabatni topamiz. 
Balandligi 1 mm bo’lgan simob ustunining bosimi:
Pa
m
m
kg
kg
N
gh
p
3
,
133
001
,
0
13600
8
,
9
2






gat eng. Shunday qilib, 1mm sim. ust. = 133,3Pa = 
1,33 gPa. 
Hozirgi kunda atmosfera bosimini gektopaskal-larda 
ham o’lchash qabul qilingan. Masalan, ob-havo 
ma’lumotida bosim 1013 gPa ga teng deb e’lon qilinishi 
mumkin, bu esa bosim 760 mm sim. ust. ga teng degan 
so’zdir. 
Torrichelli tajribasidagi simobli nayga vyertikal shkala 
biriktirib, eng oddiy simobli barometr
1
— atmosfera 
bosimini o’lchaydigan asbob yasash mumkin. 
1. Nima uchun havoning bosimini suyuqlikning idish 
tubiga va yon devorlariga bosimini hisobla-gandek 
hisoblash mumkin emas? 2. Torrichelli nayi yordamida 
atmosfera bosimini qanday qilib o’lchash mumkin, 
tushuntiring. 3. «Atmosfera bosimi 780 mm sim. ust. ga 
teng» degan yozuv nimani bildiradi? 4. Atmosfera 
bosimini o’lchay-digan asbob nima deb ataladi? U 
qanday tuzilgan? 5. Balandligi 1 mm bo’lgan simob 
ustunining bosimi necha gektopaskalga teng? 
“ B a r o m e t r ” so’zi grekcha ikkita so’zdan: “baros”—
og’irlik, metreo” o’lchayman degan so’zlardan olingan. 
Atmosfera bosimini o’lchash uchun amalda ko’pincha 
aneroid deb ataluvchi metall barometrdan foydalaniladi. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish