1
1. TABIAT VA INSON
Havo, suv, yer, insonlar, o’simliklar, hayvonlar,
planetalar, Quyosh, yo’ldo’zlar — bizni o’rab olgan
butun moddiy olam tabiat deyiladi.
Inson o’z aqli va mexhati tufayli tabiatga o’zarish
kiritadi. Inson shahar va kishloqlar yaratdi, fabrika va
zavodlar qurdi, yerni ekinzorlarga aylantirdi, turli
mashinalar ixtiro qildi. Inson tabiatni bilishi natijasida
fanlar paydo bo’ldi.
Olimlar tabiatda bo’ladigan o’zgarishlarni o’rganib,
ularning hammasi qonuniyat asosida yuz berishini, ya’ni
hodisaning biror sababi doimo mavjud bo’lishini
aniqlashdi. Masalan, turli jismlarning Yerga tushishiga
sabab ularni Yer tortishidir; Yerda kun va tunning
almashinishi Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi bilan
tushuntiriladi; shamolning paydo bo’lishi sabablaridan
biri — havoning notekis isishidir.
Tabiat haqidagi fanlarning maqsadi — tabiat
qonunlarini ochish, o’rganish va ulardan inson
eutiyojlari uchun foydalanishdan iborat.
Tabiat haqidagi fanlar doimo rivojlanadi. Biz tabiat
qonunlarini to’laroq va chuqurroq bila boramiz va ularni
tobora ko’proq amalda qo’llanamiz.
2. FIZIKA NIMA BILAN SHUG’ULLANADI?
Fizika — tabiat haqidagi fanlardan biridir. Fizika so’zi
grekcha fyuzis so’zidan kelib chiqqan bo’lib,
t a b i a t demakdir.
Fizikada mexanik issiqlik elektr, yorug’lik hodisalari
o’rganiladi. Bu hodisalarning hammasi fizik hodisalar
deyiladi. Muzning erishi, suvning qaynashi, toshning
tushishi, lampochka qizigan tolasining yorug’lik
chiqarishi, chaqmoq — bularning hammasi har xil fizik
hodisalardir.
Tabiatni o’rganadigan boshqa fanlar ham bor: masalan,
astronomiya, kimyo, geografiya, botaniqa, zoologiya. Bu
fanlarning hammasi fizika qonun-laridan foydalanadi.
Masalan, geografiyada iqlimni, daryolarning oqishini,
shamolning payido bo’lishini tushuntirishda ulardan
foydalaniladi. Fizika qonunlari yordamida
hayvonlarning yerda va baliqlarning suvda qanday
harakatlanishi, turli hayvonlarning qanday qilib tovush
chiqarishi va kabul qilishi, ularning ko’rish organlari
qanday joylashganligi zoologiyada tushuntiriladi.
Fizika — eng qadimiy fanlardan biridir. Bizning
eramizdan bir necha yuz yillar avval yashagan grek
olimlari birinchi fiziklar edi. Bu olimlar birinchi bo’lib
tabiatda kuzatiladigan hodisalarni tushuntirishga urinib
ko’rdilar.
A r i s t o t e l (bizning yeramizdan oldingi 384—
322 yillar) qadimgi eng ulug’ olimlardan bo’lib, fanga
«fizika» so’zini kiritgan. Fizikada kashf etilgan va
o’rganilgan hamma narsa turli mamlakat va xalqlar
olimlarining zo’r mehnati natijasidir.
1. Fizika nima? 2. Fizika nimani o’rganadi? 3. Fizik
hodisalarga misollar keltiring. 4. Nima uchun fizika tabiat
haqidagi asosiy fanlar-dan biri hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |