1.Sun’iy intelekt.Sun’iy intelekt texnologiyalari.
Tadqiqotlar va odamlar intellektual deb hisoblagan
xatti-harakatlarni aniqlaydigan mashinalarni yaratilishini biz sun'iy intellekt deb ataymiz. Eng keng tarqalgan va zamonaviy mashinalar - kompyuter texnikasi va aloqa vositalari hisoblanadi, shuning uchun ham SI yo'nalishi kompyuterlar va hisoblash tizimlari sohasiga tegishli hisoblanadi. Intellekt atamasi lotincha intellektus so‘zidan olingan bo‘lib - bu aql, idrok, ong tushunchalarini anglatadi; insonning fikrlash qobilyati . Shunga ko'ra, sun‘iy intellekt (artificial intelligence) – inson intellektining alohida funksiyalarini bajarishni ta‘minlovchi avtomatik tizim sifatida qaraladi, masalan, oldindan to‘plangan tajribalarga asoslangan bilimlar va tashqi ta‘sirlarni ratsional tahlil qilish asosida optimal tanlash va qaror qabul qilish. SI ning turli xil ta'riflari mavjud. Quyida ulardan ba'zilarini
keltiramiz.
1) [avtomatlashtirish] qaror qabul qilish, muammoni hal qilish,
o‘qitish, o‘rgatish … kabi insoniy fikrlash bilan bog'liq bo'lgan faoliyat
turlari.
2) hisoblash modellarini qo'llash orqali intellektual qobiliyatlarni
o'rganish.
3) inson tomonidan amalga oshirilganda intellektni talab qiluvchi
funksiyalarni bajaruvchi mashinalarni yaratish san’ati
4) hisoblash jarayonlari nuqtai nazaridan intellektual xattiharakatlarni
tushuntirish va takrorlash bilan shug'ullanadigan fan sohasi.
5) anglab olishni, fikrlashni va harakat qilishni ta'minlaydigan
hisoblashlarni o'rganish.
6) intellektual xarakter(xulq-atvor)larni avtomatlashtirish bilan
shug'ullanadigan informatika sohasi.
2.Sun’iy neyron. Sun’iy neyron to’rlari. Sun’iy neyron biologik neyronning xossalarini imitatsiya qiladi. Sun’iy neyronning kirishiga bir qator signallar tо‘plami beriladi, ularning har biri boshqa bir neyronning chiqishi hisoblanadi. Har bir kirish signali mos ravishda vazn koeffitsiyentiga kо‘paytiriladi, sinaptik kuchga о‘xshash holda, va barcha kо‘paytmalar jamlanadi, neyronning aktivlik darajasi aniqlanadi. Quyida 2.4-rasmda aytilgan g‘oyalarni amalga oshiruvchi Sun’iy neyronning modeli keltirilgan [36,37,38,39].
Kirish signallarining tо‘plami, kо‘rinishida belgilanib Sun’iy neyronning kirishiga beriladi. Bu kirish signallari, ularning barchasini tо‘plami vektor kо‘rinishida belgilanadi, mos ravishda signallar biologik neyronning sinapslariga beriladi. Endi har bir signal mos ravishda vazn koeffitsiyentiga kо‘paytiriladi, jamlovchi blokda signallar jamlanadi. Jamlovchi blok Sun’iy neyronning biologik elementi jismiga mos keladi, u kirish signallarini algebraik qо‘shadi, natijada chiqish signali hosil bо‘ladi, unga NET deb nom qо‘yamiz.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |