1. Statistik fizika vazifalari. Fazalar fazosi. Tasviriy nuqtalar



Download 2,01 Mb.
bet46/55
Sana21.06.2022
Hajmi2,01 Mb.
#689253
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Bog'liq
termo

t1 va (t2-t1) yetarli darajada kattaligi to’g’risidagi farazimizga asosan, (t2-t1) vaqtda o’tilgan yo’l t1 – vaqtda o’tilgan yo’lga bog’liq bo’lmaydi, ya’ni x(t1) va [x(t2)-x(t1)] o’tilgan yo’llar bir-biriga statistik bog’liq bo’lmaydi. Shuning uchun:

Zarraning musbat yoki manfiy qiymatiga siljishi teng ehtimolli bo’lganligi uchun va (3.4) quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:




(3.5)

(3.5) munosabati ixtiyoriy t1 va t2 qiymatlari uchun to’g’ridir. t2-vaqtni belgilab olib t1-ni esa ixtiyoriy ravishda o’zgartiraylik va (3.5) ni t1 bo’yicha differensiallaymiz:


(3.6)


funksiyaning argument bo’yicha hosilasi.
(3.6) dan ko’rinib turibdiki, t1 va (t2-t1) bir-biriga bog’liq bo’lmagan argumentlar bo’yicha olingan va funksiyalar bir-biriga teng. Bu xulosa shu vaqtda to’g’riki, agar bu funksiyalarning har biri doimiy songa teng bo’lsa. Shuning uchun

Bundan:
(3.7)


Bu yerda: D - Broun zarrasining diffuziya koeffisiyenti.
(3.7) – munosabati bevosita eksperimentda kuzatilishi mumkin. Eksperiment o’rtacha kvadratik siljishning shu siljish uchun ketgan vaqtga proporsionalligini ko’rsatadi. Bunday eksperiment orqali porporsionallik koeffisiyenti D – ni aniqlash mumkin.
(3.7) dan nazariya va eksperimentni tezliklar orqali taqqoslash noqulayligini ko’rsatish mumkin:


(3.8)
ya’ni tezlik siljish vaqtining funksiyasi bo’ladi va bo’lganda bo’ladi. Bu hol bizni taajjublantirmasligi lozim. (3.7) formulasi hol uchun emas balki, t1 va (t2-t1) vaqtlarning yetarli darajada katta qiymatlari uchun hosil qilingan.
Endi diffuziya koeffisiyenti D – ning qiymatini tajribada o’lchash mumkin bo’lgan fizik kattaliklar orqali ifodasini topishga kirishaylik. Buning uchun Broun zarrasiga tegishli bo’lgan harakat tenglamasidan foydalanamiz:


(3.9)

Bu yerda: X – tashqi ta’sir etuvchi kuchning x – o’qiga proyeksiyasi;


f (t)atrofdagi molekulalarning tasodifiy xarakterga ega bo’lgan ta’sir kuchi;
- - yopishqoqlik kuchi (zarra harakati yo’nalishiga qarama-qarshi).
(3.9) dagi va hadlar zarraning chiziqli o’lchamiga va yuzasiga bog’liq, - inersiya kuchi esa zarra hajmiga bog’liq bo’lganligi tufayli kichik o’lchamli zarra uchun:


(3.10)

Xususiy holda tashqi kuch ta’siri ostida (3.10) ning o’rtachasi


(3.11)
chunki
(3.11) dagi kuch va tezlik orasidagi koeffisiyentga harakatchanlik deyiladi. Og’irlik kuchi maydonida Broun zarrasining yopishqoq suyuqlik ichida tushish (tezligini kuzatish) yo’li bilan U – harakatchanlikni eksperimentda aniqlash mumkin. Endi harakatchanlik U va diffuziya koeffisiyenti D orasidagi munosabatni topaylik. Buning uchun kvazielastik kuch deb (3.10) ning yechimini topamiz:


(3.12)
Bundan:
(3.13)

- tasodifiy kuchning vaqt uchun impulsini:


dF() = f() d
deb olamiz. U holda (3.13) ning o’ng tomonidagi integralli ifoda


(3.14)
Xuddi (3.7) ni hosil qilganimizdek fikr yuritsak, deb olish mumkin va .
Bu yerda A – suyuqlik xususiyatiga va temperaturasiga bog’liq bo’lgan kattalik. U holda:
(3.15)
(3.15) dagi A – ning qiymatini quyidagi ikkita xususiy hol orqali topishimiz mumkin:
1) Broun zarrasi ozod bo’lsin. Bu holga bo’lgan (3.15) - ning ifodasi to’g’ri keladi:
(3.16)
(3.15) ning o’ng tomonidagi aniqsizlikni ochgach (3.16) - ni hosil qildik. (3.16) ni (3.7) bilan taqqoslab:
(3.17)
hosil qilamiz.
2) Ozod bo’lmagan Broun zarrasi uchun . Bu holda ga to’g’ri keluvchi (3.15) – formuladan:

Lekin cheksiz katta vaqt davomida zarra statistik muvozanat holatiga keladi va uning o’rtacha potensial energiyasi bo’ladi. Bu ikkala keyingi munosabatdan: va bo’ladi.
Buni (3.17) ga tadbiq etamiz: yoki
(3.18)
(3.18) - ga Eynshteyn formulasi deyiladi va u D - diffuziya koeffisiyenti bilan u - harakatchanlik orasidagi bog’liqlikni anglatadi.
Oxirgi munosabatdan ko’rinib turibdiki D va u – larning o’zaro bog’liqligi faqat muhitning xarakteristikasi bo’lib, muhitga ta’sir etuvchi kuchga va konkret harakat ko’rinishiga bog’liq emas.
Diffuziya koeffisiyentining muhit temperaturasiga bog’liqligini ko’raylik. Buning uchun Stoks formulasidan foydalanamiz, unga asosan yopishqoq muhitda r radiusli sharchaning ishqalanish kuchi: ( -yopishqoqlik koeffisiyenti).
U holda (3.9) formuladagi ishqalanish koeffisiyenti:

(3.18) ga asosan:

Ko’rinib turibdiki, diffuziya koeffisiyenti zarra radiusiga teskari proporsional, uning temperaturaga bog’liqligi esa T/η - munosabati orqali berilgan. η - yopishqoqlik koeffisiyentining temperaturaga bog’liqligi turlicha suyuqliklar uchun turlicha qiymatga ega va, umumiy holda temperaturaga bog’liqligi murakkab ko’rinishga ega.



Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish