Bunday nazariyaning ma‘lum bo‗lgan turlaridan biri amerikalik
ruhshunos Erik Bern tomonidan taklif etilgan. Uning nuqtai nazariga ko‗ra, odam
boshqa rollardan ko‗proq quyidagi ijtimoiy rollarni ijro etadi: bola roli, ota-ona
roli va katta odam roli.
Bola roli katta odamning o‗zini boladek his etishda
davom etishida va bola
sifatida
tutishida
namoyon
bo‗ladi (mas‘uliyatsiz, xarxasha
qiladi, arazlaydi, e‘tibor va g‗amho‗rlik talab etadi va h.k.). Ota-ona roli odamning
boshqalar uchun mas‘uliyatni, ularga g‗amho‗rlikni o‗z elkasiga olishida,
boshqalarga o‗rgatishi, jazolashi, talab qilishida va h.k.larda namoyon bo‗ladi.
Ota-ona roli odam o‗zini, haqiqatdan ham, katta odamlar o‗zlarini bir-
birlariga nisbatan qanday tutishlari lozim bo‗lsa, shunday tutishlaridan iborat. Har
kimning shaxsiy erkinligi va mustaqilligini hurmat qiladilar, huquqini tan oladilar,
ishonadilar, qo‗llaydilar va sh.o‗.
Fizikaviy «maydon» tushunchasi va topologiyada qabul qilingan tasvirlash
tamoyillarini qo‗llagan holda, K. Levin individ va muhit o‗rtasidagi mutanosiblik
buzilgan holatdagi hulq-atvorning dinamik tizimi konsepsiyasini ishlab chiqdi.
K. Levin konsepsiyasida boshlang‗ich holat sifatida individning «hayotiy
bo‗shlig‗i» ichida ma‘lum yo‗nalish, kattalik va tayanch nuqtasiga ega bo‗lgan,
uning psixologik kuchlari (intilishlar, istaklar va sh.o‗.) hosil bo‗ladigan va
o‗zgaradigan yaxlit maydon sifatida qabul qilinadi. «Maydon»ning
bir xil
hududlari individni tortadi, boshqalari itaradi. Ob‘ektlarning bu sifati hulq-
atvor «maydon» kuchlari bilan harakatlanadigan hulq-atvorning motivatsiyali
tuzilishini xarakterlovchi valentlik (musbat yoki manfiy) deb ataladi. Valentlik
shaxs va uning maqsadlari, yo‗ldagi to‗siqlar va h.k.lar
jamlangan psixologik
«bo‗shlig‗ini» o‗z ichiga oluvchi yaxlit vaziyatning vazifasi bo‗lib hisoblanadi.
YUqorida sanab o‗tilgan nazariyalardan tashqari, turli ilmiy-psixologik
yo‗nalishlar ham mavjud. Bunday yo‗nalishlardan biri bo‗lib, umuminsoniy
psixologiya hisoblanadi. Umuminsoniy yo‗nalish psixologlari
uchun shaxs faqat
atrofdagi voqelikka emas, balki, shaxsan o‗ziga tegishli bo‗lgan psixologik
hosiladir. Umuminsoniy psixologiyaning vakillari K. Rodjers va A. Masloudirlar.
Terapiyadagi o‗zining metodini K. Rodjers nodirektiv, ya‘ni,
bemorda
jamlangan metod deb nomladi. Bu metodga asosan, shifokor bemorga bosim
o‗tkazishi kerak emas. SHifokor va bemor o‗rtasidagi aloqa bir-biriga nisbatan
hurmatga asoslangan bo‗lishi kerak, bunda ularning
ikkisi ham suhbat yoki
aloqaning teng huquqli ishtirokchisi bo‗lib hisoblanadilar. Terapevtning vazifasi
shifokorning bemor uchun ikkinchi «Men»i sifatida namoyon bo‗lishi va uning
ichki olamiga e‘tiborli bo‗lgan vaziyatni yaratishdan iborat. Bunday vaziyatda
mijoz
barcha kechinmalari, hissiyotlari qiziqish va mamnuniyat bilan idrok
etilishini his etadi, bu tajribasida yangi qirralarni ochishga, ba‘zida
esa u yoki bu
kechinmalar ma‘nosini birinchi marta anglab etishga yordam beradi.
Keyinchalik Rodjersning nodirektiv terapiya g‗oyasi nodirektiv hulq-
atvor psixologiya nazariyasigacha rivojlandi. Bu nazariyaga asosan, sog‗lom
odamlarning o‗zaro muloqoti ham xuddi shunday nodirektiv bo‗lishi kerak.
Rodjers
shaxs
nazariyasining
markaziy
halqasi
bo‗lib,
Do'stlaringiz bilan baham: