E’tiqodlar
– shaxsni o‗z qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga muvofiq
ravishda harakat qilishga undovchi motivlar tizimi.
SHaxs tushunchasi «yuz», «soxta qiyofa» so‗zlaridan kelib chiqadi. Qadimgi
rus tilida «soxta qiyofa» so‗zi «rol», ya‘ni, odam boshqalar bilan muloqotda
bo‗lganida kiyib oladigan biror-bir ijtimoiy niqob ma‘nosini anglatuvchi «rol»ni
bildirar edi. Lotincha persone so‗zi ham shu ma‘noni anglatadi. Per sonare – niqob
ortidan so‗zlashish. Qadimgi yunon, keyinchalik esa qadimgi rim teatrlarida
akter sahnaga u yoki bu – yovuz, laganbardor, payg‗ambar, qahramon xarakterlari
chizilgan niqobda chiqardi. Niqobning bo‗yoqlari ijtimoiy vazifani bajaruvchi, u
yoki bu rolni ijro etayotgan insonning ahloqiy belgilariga ishorat edi.
Qadimgi YUnonistonda «shaxs» tushunchasiga mos keluvchi atama ishlab
chiqilmagan edi. O‗zining betakror taqdiriga ega bo‗lgan shaxs haqida
Aflotun bilmas edi, bilishni ham xohlamasdi. Uning o‗rnini ruh egallagan edi.
Arastuning «Jon haqida» asari hozirgi zamon psixologiyasiga yo‗l ochib berdi.
Qadimgi Rim oldinga qadam tashladi. Rim huquq ilmida yunoncha boshning
yuz qismini, tashqi ko‗rinish, bundan tashqari, tragediyada ishtirok etuvchi
ijrochini belgilovchi prosopon o‗rniga, lotincha persona so‗zi qo‗llanildi, bu so‗z
avvaliga, yunoncha so‗zga o‗xshab, tragediyadagi akterning roli va niqobini
anglatar edi. Lekin keyinchalik alohida individning nomi sifatida saqlanib qoldi.
Rim fuqarosi huquqiy va diniy zot, avlodlar ismi-sharifi va mulk egasi sifatida
ta‘riflanadi.
SHarqda umuman boshqacha holat edi. Induizm va buddizmda shaxs inkor
etilib, faqatgina «o‗zlik» e‘tirozsiz tan olinadi.
K.Yungning psixoanaliz nazariyasiga asosan «shaxs» tushunchasi odamning
jamiyatdagi ijtimoiy roli bilan bog‗liq. Hayoti jarayonida u ijtimoiy talablarga mos
ravishda o‗zini tutishni o‗rganadi. Har bir kasb uchun, masalan, jamiyat a‘zosi
taqib yuradigan ma‘lum niqob xosdir. SHaxs xarakterni tashkil etuvchi bo‗lib
hisoblanmaydi, lekin u bilan uzviy bog‗liq bo‗lib, ichki «Men»ning himoyasi
sifatida faoliyat yuritadi.
Ko‗pgina tillarda mavjud bo‗lgan «o‗zlikni yo‗qotish» iborasi o‗zining
egallab turgan o‗rnini va darajasini yo‗qotishni bildiradi.
SHarq tillarida (xitoy, yapon) shaxs tushunchasi odamning yuzi bilan emas,
balki butun tanasi bilan bog‗lanadi. Evropa an‘analarida yuz tana bilan birgalikda
o‗rganiladi, chunki inson chehrasi ruhining timsolidir, xitoyliklar tafakkurida esa
«hayotchanlik» tushunchasiga individning ham ma‘naviy, ham vujudiy sifatlari
kiradi.
SHu asosda, avval boshidan «shaxs» tushunchasiga ma‘lum hayotiy rollarni
ijro etganda o‗ziga xoslikka ega bo‗ladigan tashqi, yuzaki ijtimoiy obraz –
qandaydir «shaxs», atrofdagilarga qaratilgan ijtimoiy yuz ifodasi kiritilgan edi .
Pedagogika, psixologiya va falsafada shaxsga o‗xshash ko‗plab qarama-
qarshi ta‘riflari keltirilgan ilmiy tushunchani uchratish amri mahol. Mashhur
ruhshunos V.P.
Zinchenko fikriga
ko‗ra:
««Inson» tushunchasi
bilan
faqat «shaxs» tushunchasi
raqobatlashishi
mumkin». Olim D.B.
Elkonin adabiyotlarda shaxsning yigirmaga yaqin ta‘rifini ko‗rib chiqqandan so‗ng
uning o‗zi shaxs emasligini xulosa qildi.
Narx tushunchasini tilla tanga yoki qimmatli qog‗ozning fizik-kimyoviy
tarkibini tadqiq qilish bilan tushuntirish qiyinchilik tug‗dirgani kabi, faylasuf E.V.
Ilenkovning yozishi bo‗yicha, shaxs sir-cinoatini inson miyasi xususiyatlariga
tenglashtirib bo‗lmaydi. SHaxs miya tuzilishi bilan emas, balki, insonning insonga
bo‗lgan ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan belgilanadi.
Voqeiy shaxs o‗zini «umumiy natijalar» nomini olgan ijtimoiy ahamiyatga
ega
bo‗lgan
natijalarni
yaratishda
anglaydi.
Aflotun va Spinoza,
Betxoven va Napoleon, Tolstoy va Mikelandjelo – bunday, odatiy holatlarni
sindiradigan ijtimoiy ahamiyatga molik ishlar mujassam bo‗lgan shaxslarni
boshqalar bilan adashtirib yuborish mumkin emas. SHaxslar ko‗lami, E.A.
Ilenkovning odilona fikriga ko‗ra, faqat ularnigina emas, boshqalarni ham
qiziqtiradigan o‗zlarining faoliyatlari ko‗lami bilan o‗lchanadi.
YAna bir mashhur faylasuf M.K. Mamardashvili tasdiqlashicha: «SHaxs – bu
turmush tarzi, uning shakli, hayotning alohida holati, evolyusiyasining noyob
topilmasi. SHaxs – bu «tabiatning yirik mushohadasi». SHunday ta‘rif bergan
bo‗lardim. Uning ifodalanishlarga moyilligi barcha narsalarni bilishga yoki boshqa
yuksak belgilarga bog‗liq emas. Tushunsangizchi, axir insonning eng muhim
ehtirosi – bu ro‗yobga chiqmoq, amalga oshmoq, sodir bo‗lmoq».
Ruhshunoslar individning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini shaxsning asosiy
belgilari, deb hisoblaydilar. B.G. Ananev «shaxs»ga «jamiyatning insonga uning
ma‘lum tarixiy rivojlanishi davrida ko‗rsatadigan ko‗plab iqtisodiy, siyosiy,
huquqiy, ahloqiy va boshqa ta‘sirlari ob‘ekti» sifatida ta‘rif beradi. A.N.
Leontev fikriga ko‗ra, «shaxs insonning ijtimoiy-tarixiy va ontogenezdagi
taraqqiyotining nisbatan kechki mahsulotidir. SHaxs o‗zlashtirib olingan rollar
tizimidir («rol» – bu biror-bir ijtimoiy guruh tuzilishida ma‘lum o‗rinni egallagan
insonning kutilgan hulq-atvoriga javob beradigan dastur; bu insonning jamiyat
hayotidagi
ishtirokining
tuzilishga
ega
bo‗lgan
usulidir)». SHaxs
taraqqiyoti individning ijtimoiylashuvi va tarbiya topishi sharoitlarida amalga
oshiriladi. Umumiy psixologiyada ko‗pchilik hollarda shaxs sifatida qandaydir
yadro, mag‗iz, individning turli ruhiy jarayonlarini birlashtiruvchi va uning
faoliyatiga zaruriy ketma-ketlik va barqarorlik bag‗ishlovchi yig‗indi va amodal
boshlang‗ich modda tushuniladi.
L.S. Vigotskiy ijtimoiy tajribasiz, uning ichki ishlanmasiz, so‗ngra uni yana
qayta ishlangan shaklda ichkaridan ishlab chiqarmasdan turib, shaxsning taraqqiy
etishi mumkin emasligi (interiorizatsiya va eksteriorizatsiya qonunlari) haqida
yozgan edi.
Bu xususda psixologlarga tarix fanining ba‘zi bir namoyondalari ham
qo‗shiladilar. G.S. Knabening ta‘kidlashiga ko‗ra, ««shaxs» insonning jamiyat
hayotidagi ishtirok i va hayotda tutgan o‗rni nuqtai nazaridan insonga xos
xususiyatdir». V.A. SHkuratov quyidagi definitsiyani keltiradi: «SHaxs jamiyat
a‘zosi
va
faoliyatdagi
mavjudotning
ifodalanishini
ijtimoiy
turlarga ajratish… SHaxsni uning ijtimoiy va madaniy doirasi, kelib chiqishi,
kasbi, o‗z tipi va h.k.larning xususiyatlaridan yig‗ib olish mumkin ».
Hozirgi
kunda psixologiya shaxsni
insonning
jamiyatdagi
hayotida
shakllanadigan ijtimoiy-psixologik hosila sifatida tushuntiradi. Odam ijtimoiy
mavjudot sifatida boshqa odamlar bilan munosabatlarga kirishganida va bu
munosabatlar uning shaxsini shakllantiruvchi hal qiluvchi omilga aylanganida, u
yangi sifatlarga ega bo‗ladi.
CHet el psixologiyasida inson shaxsi sifatida barqaror belgilar majmuasini
tashkil etuvchi temperament, sezgirlik, motivlar, layoqatlar, mayllar, turli hayotiy
vaziyatlarga moslashayotganida aynan shu insonga xos bo‗lgan fikrlar oqimi va
hulq-atvorini belgilab beradigan ma‘naviyat tushuniladi. J. Godfruaning fikricha,
shaxs umumiy holda ham irsiy, ham ijtimoiy-madaniy ta‘sirlar bilan belgilanadi.
«SHaxs» tushunchasi o‗z ichiga tabiiy xossalar (jins, temperament va h.k.)
asosida ijtimoiy muhit (oila, maktab, «boshqa ahamiyatlilar») va faoliyat (o‗yin,
bilish, mehnat) bilan faol o‗zaro ta‘sirlar jarayonida hosil bo‗lgan individga xos
bo‗lgan ijtimoiy sifatlar yig‗indisini birlashtiradi.
Inson shaxsi, keng tarqalgan tasavvurlarga qarshi o‗laroq, 30-yoshga
etgunicha o‗zgarmasdan qolmaydi. Misol keltiradigan bo‗lsak, Kaliforniya
Universitetining bir guruh olimlari 130 mingdan ortiq odamlarning «Katta
Beshlik» (vijdoniylik, murosaga kelish layoqati, nevrotizm va ekstravertlik) nomi
bilan ma‘lum shaxsiy sifatlarini tahlil qilganlar. Bu sifatlar kayfiyatga bog‗liq
emas, shuning uchun etarlicha ishonchli tarzda namoyon bo‗ladi. Odamlar yosh
o‗tishi bilan hayotiy ixtiloflarni tezda bartaraf etishga o‗rganadilar, xususan,
shafqatliroq va mehribonroq bo‗lishga intiladilar.
Aniqlanishicha, ayollarda, erkaklardan farqli o‗laroq, yosh o‗tishi bilan
nevroz holatlari kamayadi. Ikki jins vakillarida samimiylik bir oz kamayadi.
Olimlarning fikriga ko‗ra, 20–30 yoshlilarda murakkab vazifalarni bajarishda va
tashkilotlar tuzishda ko‗mak beradigan vijdoniylikning kuchayishi kuzatiladi.
Murosaga kelishga moyillik, aksincha, ko‗pchilik holatlarda 30 yoshdan so‗ng
yorqin namoyon bo‗ladi.
Shunday qilib, faylasuflar, tarixchilar, pedagoglar va psixologlarda «shaxs»
tushunchasining turlicha talqinlari mavjud. Bizlar esa, yuqorida ko‗rsatganimizdek,
R.S.Nemov tomonidan berilgan shaxsning, fikrimizcha, yanada aniq va to‗liq
psixologik ta‘rifidan foydalanamiz.
Shaxs asosini uning tuzilishi tashkil etadi, bu esa shaxsning yaxlit hosila
sifatida har taraflama nisbiy barqaror aloqa va o‗zaro ta‘sirga ega bo‗lishidan
iborat. Psixologlar shaxs tuzilishida turli tarkibiy qismlarni ajratadilar. S.L.
Rubinshteyn temperament, xarakter, layoqatlarda; bilimlar, malakalar va
ko‗nikmalarda; yo‗nalganlikda namoyon bo‗ladigan individual-tipologik
xususiyatlarni ko‗rsatib o‗tadi. A.G. Kovalev yo‗nalganlik, xarakter, imkoniyatlar
va mashqlar tizimini ajratadi. M.I. Enikeev temperament, yo‗nalganlik, layoqatlar
va xarakterni sanab o‗tadi. Mashhur psixolog K.K. Aflotunov yo‗nalganlik
tarkibini, ijtimoiy
tajriba
tarkibini, psixologik tarkibni
va biologik
asoslangan tarkibni ajratib ko‗rsatadi.
SHunday bo‗lsada, shaxs tuzilishida tarkibiy qismlarni ajratishdagi
tafovutlarga qaramay, mualliflar o‗z yondoshuvlarida etakchi tarkibiy qism
sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: |