2.Sinfda va sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish.
3.Fotenika, grammatika, imlo va nutq o’stirish.
Bu bo’lim materiallarini birlashtiruvchi asosiy tamoyil nutq o’stirish
hisoblanadi. Nutq o’stirish boshlang’ich sinf ona tili ta’limiga aniq amaliy
yo’nalish beradi va bolalarga ongli o’qish, o’qiganlarini ravon gapirish va yozishga
o’rgatadi. Ona tili va adabiyotdan bolalarning yosh xususiyatlari va saviyalarini
10
Umumiy o`rta ta`limning davlat ta`lim standarti. Boshlang`ich ta`lim, 7- maxsus son,-T: Sharq, 1999,49-b.
11
Boshlang`ich ta`limning yangi taxrirdagi davlat ta`lim statdarti. Boshlang`ich ta`lim, 2005 yil, 5-son.
22
hisobga olgan holda boshlang’ich bilim berishni, shu asosda nutqni boyitish,
boshqalar nutqini e’tibor bilan eshita olish hamda kitob o’qishga qiziqish
uyg’otishga yo’naltirishi zarur.
Ona tili o’quv dasturining ikki bo’limida sinfdan tashqari o’qish atamasi
qo’llangan.Nafaqat 1-4 sinflarda, balki yuqori sinflarda ham ifodali o’qish atamasi
qo’llangan. Demak, 1-4 sinflarda ifodali o’qish va sinfdan tashqari o’qish darslari
uyushtiriladi.
Sinfda o’qish darslarida barcha o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida ayni bir asarni
o’rganadilar: asar mazmuni, qurilishi, badiiy til vositalari ustida ish olib boradilar
Sinfdan tashqari o’qish darslarda esa o’quvchilar bir mavzuga oid bir necha asarni
o’qib o’rganadilar. Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi o’qish malakalarini
takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o’qiydigan, o’qigan
kitobini to’g’ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.
12
Albatta, sinfda o’qish darslarida ham mustaqil o’qish ishlari uyushtiriladi,
o’quvchilarda ma’lum ko’nikmalar hosil qilinadi. Biroq sinfdan tashqari o’qish
atamasining ma’nosi ancha keng bo’lib, o’quvchilarning mustaqil o’qish
ko’nikmalari ayni shu darslarda shakllantirib boriladi.
Amaldagi sinfdan tashqari o’qish dasturining mazmuniga ko’ra
ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo’lim ajratiladi:
-
Birinchi bosqichda o’qish doirasi, ya’ni o’qitiladigan kitoblar va ularning qaysi
tartibda o’qish bilan tanishtirish yuzasidan o’quvchilarga ko’rsatma beriladi.
-
Ikkinchi bosqichda shu o’quv materiallari asosida bilim, ko’nikma va malakalar
shakllantiriladi.
1-sinfda sinfdan tashqari o’qish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1) tayyorgarlik bosqichi;
2) boshlang’ich bosqich;
Tayyorgarlik davrida sinfdan tashqari o’qish uchun maxsus soat ajratiladi. Haftada
1 marta savod o’rgatish darsidan 15-20 daqiqa ajratiladi. Ikkinchi bosqichda
12
K.Qosimova va boshqalar. Ona tili o`qitish metodikasi.T.Noshir.2009.168-b.
23
sinfdan tashqari o’qish darslari hajmi ko’rsatilmagan. O’qish materiali, mavzular
vazifalari yuzasidan ko’rsatmalar berilgan..
2-sinflarda sinfdan tashqari o’qish uchun 17 soat ajratilgan. O’qish materiali,
o’qish mavzulari, hosil qilinadigan bilim, ko’nikma va malakalar ko’rsatilgan.
3-sinfda ham sinfdan tashqari o’qish uchun 17 soat ajratilgan. O’qish doirasi,
o’quv materiali, o’qish mavzulari aniq ko’rsatilgan.
4-sinfda ham sinfdan tashqari o’qish uchun 17 soat ajratilgan.Bu sinf dasturida
sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil qilish yuzasidan qisqacha umumiy tavsiya
beriladi.Ammo o’quv materiali, o’qish mavzulari ko’rsatilmaydi.
Boshlang’ich ta'limda sinfda o’qish va sinfdan tashqari o’qish darslari
uyg’un holda tashkil etiladi. Sinfda o’qish darslari amalga oshiradigan
quyidagi vazifalar sinfdan tashqari o’qish uchun ham taalluqlidir. Ular:
1. O’quvchilarda yaxshi o’qish sifatlari: to’g’ri, tеz, ongli, ifodali o’qish
malakalarini shakllantirish.
2. O’quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kеrakli bilimlarni olishga
o’rgatish, kitobga muhabbat uyg’otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur
mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarish.
3. O’quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kеngaytirish va
boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.
4. O’quvchilarni axloqiy, estеtik jihatdan yеtuk va mеhnatga muhabbat
ruhida tarbiyalash.
5. O’quvchilarning bog’lanishli nutqini va adabiy-estеtik tafakkurini
o’stirish.
6. O’quvchilarning xayolot olamini boyitish.
7. Elеmеntar adabiy tasavvurlarni shakllantirish.
Sinfdan tashqari o’qish darslari esa yuqoridagi qo’shimcha sifatida yana
quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi:
1. Kichik yoshdagi o’quvchilarni o’qish malakasini takomllashtiradi.
2. Kitobni mustaqil o’qiy oladigan, uni tushunadigan kitobxonni
tarbiyalaydi.
3. Ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazеta va jurnallarni
ham mustaqil o’qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi.
24
4. Sinfdan tashqari o’qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi.
5. Mustaqil kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o’qiydigan, o’qilgan
kitobni to’g’ri baqolay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalaydi.
Mustаqillik tufаyli tа’lim tizimidаgi аmаlgа оshirilаyotgаn islоhоtlаr, tа’lim
mаzmunidаgi o’zgаrishlаr bеvоsitа sinfdаn tashqai o’qish dаrslаrini tаshkil
etishni tаkоmillаshtirishgа turtki bo’ldi. Bоshlаng’ich sinfda sinfdan tashqari
o’qish dаrslаrini tаshkil etish usullаrigа yangichа yondаshishni tаlаb etdi. Bu
bоshlаng’ich sinf o’quv dаsturlаri vа dаrsliklаri, o‘quv qo‘llanmalarining yangi
аvlоdini yarаtish zаruriyatini yazаgа kеltirdi. Аnа shu ehtiyoj bilаn 1-3- sinflar
uchun ”Kitоbim - oftobim”
13
qo‘llanmalarining qayta ishlangan nashri chop etildi.
”Kitоbim - oftobim” qo‘llanmasi yangi yaratilgan badiiy adabiyot namunalari
bilan doimiy ravishda boyib borilishi lozim. ”Kitоbim - oftobim” qo‘llanmasidа
vа ulаrgа ishlаngаn mеtоdik qo’llаnmаlаrdа o’quvchilаrning mustаqil o‘qishga va
mustaqil fikrlаshgа, bаdiiy аsаr mаtni ustidа izlаnishgа undаydigаn sаvоl-
tоpshiriqlаr, ularni tashkil etish usullari ishlаb chiqilishi lоzim. Sinfdan tashqari
o‘qish uchun nashr qilingan metodik adabiyotlardа matn ustida ishlash talab
dаrаjаsidа dеb bo’lmаydi. ”Kitоbim - oftobim” qo‘llanmasidagi bаrchа
sаvоllаrning tuzilishi vа mаzmuni DTS tаlаblаrigа to’liq mоs kеlishidаn
qаt’i nаzаr ulаrni mukаmmаllаshtirа bоrish hаyotiy zаrurаtdir. Dаrsliklаrdа
bеrilgаn sаvоl vа tоpshiriqlаr o’qituvchilаrning vа o’quvchilаrning qo’shimchа
sаvоllаr-tоpshiriqlаri аsоsidа to’ldirilib bоrilsа, tа’limning yanа hаm
mukаmmаlligigа erishilgаn bo’lаrdi.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning mustaqil o’qish ko’nikmalarini
shakllantirish yuzasidan DTS, o’quv dasturi va “Kitobim-oftobim qo’llanmasi”
tahlili natijalaridan quyidagilar aniqlandi:
13
B.Ma`qulova. G. Kitоbim – oftobim. 1-sinfuchun.–T.: O‘qituvchi. 2011. B.Ma`qulova. G. Kitоbim – oftobim. 2-
sinf uchun.–T.: O‘qituvchi. 2011. B.Ma`qulova. E.Abduvalitov. Kitоbim – oftobim. 3-sinfuchun. –T.: O‘qituvchi.
2011.
25
1.
Boshlang’ich sinflar Davlat ta’lim standartida o’quvchilarning mustaqil o’qish
ko’nikmalari xususida alohida ko’rsatkich va talablar qo’yilmagan. Bizningcha, bu
xususda o’ylab ko’rish lozim.
2.
Amaldagi o’quv dasturiga muvofiq o’quvchilarning mustaqil o’qish ko’nikmalarini
xosil qilish uchun 1-sinfda har haftada 15-20 daqiqa, 2-3-4- sinflarda esa 17
soatdan jami 51 soat ajratiladi. Demak, o’quvchilarda mustaqil o’qish
ko’nikmalarini shakllantirish uchun alohida ahamiyat berilgan.
3.
Dasturda har bir sinfda “Sinfdan tashqari o’qish” bo’limi ajratilgan. Mana shu
bo’limda berilgan metodik ko’rsatmalarda bir xillik, aniqlik, uzviylikka rioya
qilinmagan.
4.
Boshlang’ich sinflar dasturida o’qish uchun adabiyotlar ro’yxati ko’rsatilmagan.
Bu esa sinfdan tashqari o’qish darslarini samarali tashkil qilinishiga o’zining salbiy
ta’sirini ko’rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |