Xomashyoni aralashtirish, tarkibini to’grilash va saqlash. X
omashyolarni bir-biri
va suv bilan aralashtirish muhim texnologik jarayon bo’lib, u kanotli loyqorgich, shnekli
loyqorgich, eritmaqorgich, parrakli aralashtirgich, loyatalagich kabi mashinalarda amalga
oshiriladi. Misol tariqasida plastik usulda qurilish g’ishti tayyorlash jarayoni bilan tanishish
mumkin. Bu usulda maydalangan giltuproq kanotli bir yoki ikki valli loyqorgichga tushadi.
Bu yerda unga 18—25 % suv qo’shilib loy qoriladi va bir jinsli bo’lguniga qadar shnekli
val qanotlari yordamida aralashtiriladi. Plastik massa, masalan, maishiy-ho’jalik chinnisini
olish uchun shliker yoki eritmadan tayyorlanayotgan bo’lsa, u holda tarkibidagi suv
miqdori filtr presslar yordamida kamaytiriladi. Yana massaga lentasimon vakuumli yoki
vakuumsiz presslarda qo’shimcha ishlov berib sifatini yaxshilash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |