1. Silikat texnologiyasi. Keramika va shishalar ishlab chiqarish texnologiyasi


Mahsulotga termik, mexanik va kimyoviy ishlov berish



Download 353,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana04.02.2022
Hajmi353,13 Kb.
#429576
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Mahsulotga termik, mexanik va kimyoviy ishlov berish.
Bu usullar orasida termik 
ishlov berish keramika va shisha texnologiyasining eng murakkab va mas’ul jarayoni 
bo’lib, tayyor mahsulotning sifatini ma’lum darajada ta’minlaydi. Keramika va o’tga 
chidamli materiallar texnologiyasida mahsulotni quritish va kuydirish, shisha va sitallar 
texnologiyasida esa aralashma yoki granulalarni eritish va qoliplangan mahsulot 
kuchlanishini yo’qotish kabi asosiy jarayonlarni o’z ichiga oladi. 
Nomi yuqorida qayd etilgan silikat mahsulotlariga termik ishlov berish turli usul, 
agregat va temperaturada olib boriladi. 
Keramika va o’tga chidamli materiallar ishlab chiqarishda avvalo hom mahsulot 
quritiladi. Hozirgi paytda mahsulotlarni quritish jarayoni zamonaviy, qo’l kuchi va qo’l 
mehnatidan holi bo’lgan kamera, konveyer yoki tunnel quritgichlarda 360—390 K issiqlik 
yordamida olib boriladi. Quritish vaqti texnika taraqqiy etgani sari qisqarmoqda. 
Xom gishtning quritilishini misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Nurli yoki 
rotasion avtomatlar bilan brusdan kesilgan g’isht «Avtomat taxlovchi» mashinalar 
yordamida quritish vagonchalariga yuklanadi. Jumladan, «SM 562A» markali shunday 
mashina bir soatda 8000 dona g’ishtni tahlaydi, ya’ni ilgari 8—10 kishi bajaradigan ishni 
bir o’zi bajaradi, so’ngra 6—9 % namlikkacha quritiladi. G’isht tayyorlash jarayoni qadim 
zamonlarda mashaqqatli operasiya hisoblanib, g’isht haftalab ochiq maydonlarda va 
mahsus saroylarda quyosh nuri yoki yonayotgan o’tin issiqligi yordamida quritilar edi. 
Xozirgi paytda quritish vaqti bir necha marta qisqargan: u kamera agregatida 40—70 
soatni, tunnel agregatida esa 15—40 soatni tashkil qiladi. 
Quritilgan g’isht quritgich vagonchalaridan olinib, mahsus vagonlar yoki mahsus 
honalarga joylanadi. So’ngra u pishiriladi. Bu maqsadda turli - tuman pechlardan keng 
foydalaniladi. 
Qurilish gishti olish uchun ishlatiladigan massa tarkibiga erish temperaturasi past 
bo’lgan moddalar kiritilishiga karamasdan g’ishtning pishish va qattiq toshga aylanish 
temperaturasi hali ham yuqoriligicha — 1170— 1370 K atrofida qolmoqda. Shuning uchun 
g’ishtlar mahsus o’tdonda, ya’ni aylanma va tunnel pechlarida kuydiriladi yoki 
avtoklavlarda par bilan ishlov beriladi. O’tga chidamli g’isht tarkibiga erishi qiyin bo’lgan 
kaolin tuprog’i, yuqori temperaturaga chidamli tog’ jinsi va sun’iy moddalar kirganligi 
sababli ular kuydirilayotganda temperatura ancha yuqori — 1620—1770 K atrofida bo’ladi 
va ular asosan tunnel pechlarda tayyorlanadi. 
Xozirgi zamonaviy g’isht kuydirish pechlari gigant inshootlardan iborat bo’lib, 
ularning maydoni o’nlab, hatto yuzlab kvadrat metrni tashkil qiladi. Misol tariqasida 
aylanma pechning hajmi 950 va tunnel pechning hajmi 315—440 m
3
ni tashkil qilishini 
eslatish kifoya. Ular elektr toki, gaz yoki mazut orqali isitiladi. Bunday pechlarning 1 m
3
hajmidan bir oyda 1500—5000 dona g’isht olinadi. Bitta 100 kub metrlik hajmni tashkil 
etgan pechdan yiliga olinadigan g’isht mahsuloti 25 million donani tashkil etadi. G’ishtlarni 
kuydirish vaqti esa 24 soatdan 72 soatgacha davom etishi mumkin. 
Hozirgi paytda silikat g’ishtlarni pishirish katta hajmli avtoklavlarda amalga 
oshiriladi. Ishlov berishda qo’llaniladigan bug’ning temperaturasi 420—479 K bo’lib, 
bosim 7—8 atmosferani, avtoklavda ishlov berish vaqti esa 14—16 soatni tashkil etadi. 
Faqat shunday sharoit yaratilgandagina qum ohak va suv bilan kimyoviy reaksiyaga 


kirishadi, g’ishtning mustahkamligini ta’minlovchi monokalsiyli gidrosilikat mineralini 
hosil qiladi. 
Effektiv g’isht turlari ham huddi qurilish g’ishti singari aylanma va tunnel pechlarda 
pishiriladi. Ularni kuydirishning o’ziga hos afzalliklari bor: 20—25 % yoqilg’i tejaladi
kuydirish vaqti bir muncha qisqaradi, g’isht vagonlarini siljitishga ketgan energiya 
kamayadi va hokazo. 
Chinni-sopol buyumlari ishlab chiqarishda ham xom mahsulotlarga termik ishlov 
berish ko’pincha tunnel pechlarda amalga oshadi. Ammo g’isht kabi mahsulotlarga ularoq 
termik ishlov ikki stadiyada olib boriladi. Masalan, xo’jalik-maishiy chinnisi avval 1170-
1220 K temperaturada kuydiriladi, so’ngra sirlanadi va 1570—1620 K da ikkinchi marta 
kuydiriladi. Mahsulot yuzasi bo’yalgan va oltin suvida bezaklangan bo’lsa, u holda 
uchinchi termik ishlov beriladi. Sopol buyumlari olishda esa birinchi kuydirish jarayoni 
ikkinchisiga nisbatan yuqoriroq temperaturada olib boriladi. Shu sababli tayyor mahsulot 
bir oz g’ovak bo’lib suv shimishga moyil bo’ladi. 
Shisha olish texnologiyasida ham homashyo sifatida tarkibi kremniy (IV) oksidiga 
to’g’ri keladigan qum, kalsiy oksidi bo’lgan ohaktosh, marmar yoki bor, tarkibida natriy 
yoki kaliy oksidi bo’lgan soda yoki potash ishlatiladi. 
Shishalarga rang berishda esa aralashmaga titan (IV) oksidi, neodim (III) oksidi, 
seriy (IV) oksidi va shunga o’xshash reaktivlar qo’shiladi. Qum va boshqa moddalar 
shishalarning rangini buzuvchi temir birikmalaridan kimyoviy usullar yoki magnitli 
separatorlar yordamida tozalanadi. So’ngra materiallar ajratib olinib, maxsus kamerali 
quritgichlarda quritiladi, elaklarda elanadi, avtomatlashgan tarozida tortiladi, «Eyrih» deb 
ataladigan mashinada qorishtiriladi va presslarda briketlanadi. Shundan keyin ular elektr 
toki bilan ishlovchi transportlarda gorshokli, protokli yoki protoksiz vanna pechiga 
tushiriladi. Pech ichidagi temperatura gaz yoki mazutni yoqish, elektr tokini elektrodlarga 
uzatish orqali hosil qilinadi (1670—1770 K bo’ladi). Bir necha soatdan so’ng yuqori 
temperaturali shisha «butka»si turli-tuman mashinalar yordamida qoliplarga solinib ishlov 
beriladi. Stakan, kadah, vaza, guldon va boshqa buyumlar qolipdan chiqarilgach, asta-sekin 
sovitiladi. Bu jarayonlarda shishaning ichki kuchlanishi sekiplik bilan yo’qola boradi. 
Shundan keyin shisha badiiy sexga yuborilib, unga naqsh yoki rasm chiziladi yohud 
to’g’ridan-to’g’ri sayqallash stanoklariga yo’l oladi. 
Shishalarga sayqal berish va yaltiratish jarayoni asosan SHPS-73, MPS-1000 
stanoklarida bajariladi. Abraziv material sifatida kichik o’lchamli qum, korund, najdak, 
olmos, pemza va hokazolardan, yaltiratish uchun esa juda mayda bo’lgan krokus, polirit 
kabi kukunlarning suspenziyasidan foydalaniladi. Stanokning sayqallash diski — 
cho’yandan, yaltiratish diski esa jun vaylokdan tayyorlanadi. 
Ishlov berishda har xil konsentrasiyali kislotalar ishlatiladi. Masalan, billur shishalari 
polirovka qilinayotganda 40 % li plavik kislota bilan 96—98 % li sulfat kislotadan 
foydalanish mumkin. Kimyoviy yoki mexanik yaltiratish jarayonidan keyin mahsulot 
yaltirab, jilvalanib turadi. Shundan so’ng mahsulotlar joylash bo’limiga, u yerdan esa 
tayyor shisha buyumlar omboriga jo’natiladi. 
Biz bu yerda shisha (oyna) tahtasi texnologiyasiga yaqin shisha olish usulini bayon qildik. 
Shishaning bir turidan ikkinchi turiga o’tilganda ushbu sxema qisman o’zgarishi mumkin. 
Masalan, optika shishasini olishda mahsulot bir marta emas, balki ikki marta uzoq 


muddatda (50— 70 soatlab) otjig (kuchlanishni yo’qotish jarayoni) qilinib, 
kuchlanishlardan holi qilishni eslatib o’tish bizningcha kifoya. Tarkibi natriyli silikat yoki 
kaliyli silikatdan tashkil topgan va past temperaturada pishuvchi shishalarni ishlab 
chiqarishda esa otjig jarayonini qo’llashga o’rin yo’q. Yoki idish (tara) maqsadlarida 
olinadigan uch yoki to’rt komponentli shishalarda mexanikaviy, kimyoviy yoki badiiy 
ishlov berish jarayonining butunlay yo’qligi ham yuqoridagi fikrimizni to’la tasdiqlaydi. 
Shisha-kristall mahsulotlarini ishlab chiqarishda ham otjig orqali kuchlanishni yo’qotish 
jarayoniga o’rin yo’q.
H a v o d a q o t a d i g a n b o g ’ l o v c h i m a t e r i a l l a r .
Ohak.
Tarkibida 8% gacha loy bo’lgan kalsiy va magniyli karbonat tog’ jinslaridan 
— bo’r, ohaktosh, dalomitlashgan oxaktoshni pishirib juda arzon bo’lgan, havoda 
qotadigan bog’lovchi material — ohak olinadi. Olingan mahsulot bo’lak-bo’lak oq yoki 
kulrang bo’lib, u suvsiz kalsiy oksid va qisman magniy oksiddan tashkil topgan. Bunga 
so’nmagan ohak yoki ohaktosh deyiladi, uni maydalab 

Download 353,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish