olishda gil, lyoss, dala shpati, qum va shamot, shisha va
sitall mahsulotlari ishlab
chiqarishda esa qum, ohaktosh, soda yoki potash kabi homashyolar ishlatiladi. Ko’rinib
turibdiki turli-tuman silikat mahsulotlarini olishda ishlatiluvchi homashyo turlarida
anchagina o’xshashlik bor. Ammo ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xossa-
hususiyatlariga qarab ularning o’zaro nisbati va turi o’zgarishi mumkin. Masalan: qurilish
gishti, govak va kavakli g’ishtlar olishda gilning oson suyuqlanuvchan va 1620 K dan past
temperaturaga bardosh beruvchi turi ishlatiladi. Turli qo’shimchalar
- kvars yoki kvars
qumi, temir oksidlari, ohaktosh zarrachalari va organik birikmalar ularni pastroq
temperaturada suyuqlanishiga olib keladi. O’tga chidamli materiallar olishda esa o’tga
bardoshli gillar ishlatiladi. Ular oson suyuqlanuvchan gillarga nisbatan toza bo’lib, kvars,
dala shpati, slyuda, temir birikmalari va boshqalar nisbatan kamroq aralashgani sababli,
1850 K dan yuqori temperaturaga bardosh beradi. Gillarning
uchinchi turi qiyin
suyuqlanuvchan gillar 1620-1850 K da suyuqlanadi. Ularda mexanik qo’shimchalar o’tga
bardoshli gillardagiga nisbatan ko’proq bo’lgani sababli o’tga chidamli g’isht olib
bo’lmaydi. Ulardan, asosan kanalizasiya quvurlari, pol va ichki pardozlash plitkalari va
fasadbop keramika ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Silikat maxsulotlari olinishidagi bajariladigan asosiy texnologik operasiyalardan biri
homashyo materiallarini tayyorlash bo’lib, u ho’l yoki quruq usulda amalga oshiriladi.
Xomashyo materiallari suvda tayyorlab,
ishlab chiqarish usuli
«ho’l»
usul deb ataladi.
Qaysi usulni tanlash xomashyo turi va uning xossalari, texnologik va texnik iqtisodiy
tabiatidagi bir qator omillarga bog’liq.
Materiallarni tayyorlashga oid asosiy vazifa — talab qilingan namlik hamda
kimyoviy, mineralogik va granulometrik tarkibli bir jinsli xomashyo
aralashmasini hosil
qilishdir. Ana shunday aralashmani tayyorlash uchun tarkibga kiradigan materiallar
(ohaktosh, gil, dala shpati, to’grilovchi qo’shimcha va boshqalar) mayda tuyiladi va ma’lum
miqdordagi suv yoki par ishtirokida yaxshilab aralashtiriladi. Tarkibga kiruvchi materiallar
mayda tuyilsa va aralashtirilsa, xomashyo aralashmasi tarkibidagi oksidlar kuydirilayotgan
yoki eritilayotganda bir-birlariga uzaro tularoq ta’sir etishadi.
Xomashyo materiallari keramika va shishalar texnologiyasining ikkala qismi uchun
ham aynan bir xil tayyorlanadi. Xomashyoni yer ostidan kavlab olish, tashish,
donalash,
saralash, dozalash, yuqoriga ko’tarish, uzatish. aralashtirish, unlash va tayyor bir jinsli
homashyoni saqlash ishlab chiqarishdagi asosiy texnologik operasiyalardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: