1.
SHISHA VA SHISHAKRISTALL MATERIALLAR.
REJA:
1. Yaratilish ta’rixi.
2. Shishasimon xolat ta’rifi.
3. Shishalarning umumiy xossalari.
4. Shisha hosil qiluvchi va modifikatorlar.
5. Shisha pishirish etaplari.
Shisha taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog’liq. Uning ko’p hususiyatlari bor.
Ayniqsa – shaffofligi xamda pishiqligidir. Unga na yomg’ir, na sovuq, na shamol, na quyosh nuri
ta’sir etadi.
Shishadan turli xil uy ro’zg’or, bezak buyumlari, texnika asboblari yasaladi. Shishaning
kashf etilishi turli-tuman shakllardagi butilkalar, xar hil idishlar, vazalar, stakan, qadahlar qisqasi,
turmush uchun zarur buyumlarni ko’plab ishlab chiqarilishiga olib keldi.
1. Yaratilish ta’rixi.
Tabiiy shisha tarixi odamzod tarixidan katta. Vulqon otilishi, zilzila ro’y berishi,
momaqaldiroq gumbirlashi kabi tabiat hodisalari tabiiy shishalar-obsidian va yashin shishalarining
hosil bo’lishiga sababchi bo’lgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham shishasozlik qadimdan boshlangan. Uning taraqqiy
etgan davri o’rta asrlarga to’g’ri keladi. Mashhur enstiklopedist olimlar Abu Rayhon Beruniy, Abu
Ali ibn Sino, Abu Bakr Muxammad ibn Zakriyo ar-Roziy asarlarida keltirilgan ma’lumotlar
shishasozlik texnikasi bu erda qadimgi Misrdagiga nisbatan yuqoriroq saviyada olib
borilganligidan dalolat beradi.
Yigirmanchi asr davomida O’zbekistonda qator shisha korxonalari qurilib, ishga tushirildi.
Shular jumlasiga Chirchiq oyna zavodi, Toshkent shisha idishlari zavodi, Quvasoy banka zavodi,
Toshkent «Oniks» ishlab chiqarish birlashmasi kabi korxonalar kiradi. Bu korxonalarni ishga
tushirish respublika ehtiyojlari uchun kerakli bo’lgan shisha mahsulotlarini (25-rasm) arzon va
keng tarqalgan mahalliy xom ashyolar asosida ishlab chiqarish imkoniyatini berdi. Yigirma
birinchi asr boshlarida esa Toshkent shahrida «Farm- glass» va «Tibbiy glass» qo’shma
korxonalari barpo etildi.
25-rasm. Shisha maxsulotlar.
MDX mamlakatlarida shisha ishlab chiqarishning rivojlanishida olimlarning ham xizmati
katta.
Shisha
fani
va
shisha
texnologiyasining
rivojlanishida
V.E.Tishchenko,
I.V.Grebenshchikov,
G.Yu.Jukovskiy,
S.I.Koralyov,
A.A.Lebedev,
I.I.Kitaygorodskiy,
N.A.Toropov, N.N.Kachalov, M.M.Shulst, V.V.Vargin, K.S.Evstropev, N.M.Pavlushkin,
P.D.Sarkisov, G.T.Petrovskiy, O.K.Botvinkin, A.A.Appen, G.O.Karapetyan, S.T.Suleymenov
kabi olimlarning xizmati katta bo’ldi. Xozirgi kunda Respublikamizda shishasozlikning rivojiga
N.A.Sirojiddinov, S.S.Qosimova, A.A.Ismatov, M.Yu.Yunusov, D.U. Tulyaganov, V.B.Ilganaev,
M.X. Aripova, E.X.Rustamov va boshqalar ham salmoqli hissa qo’shmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |