1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


Aholi turar joy zonalarida



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/166
Sana06.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#744677
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   166
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

41
Aholi turar joy zonalarida
asosan kurort, sanatoriy va dam olish 
muassasalarida xizmat qiluvchi odamlar yashaydi. 
Kommunal-xo’jalik zonasi
asosan kurort zonasiga xizmat qiladigan 
ob’yektlarni o’z ichiga oladi. Ularning o’zi kurort zonasi holatiga salbiy ta’sir 
ko’rsatishi mumkin. Jumladan, chiqindi suvlar, axlatlarni yo’qotish yoki 
zararsiz holatga keltirish va zonani issiq suv bilan ta’minlash maqsadida turli 
yoqilg’ilar yoqiladi. Ularning yonishi oqibatida atmosfera havosi ifloslanadi. 
SHuning uchun bunday zonalarga alohida gigienik talab qo’yiladiki, bu 
zonaning holatiga va u yerda davolanayotgan, dam olayotgan bemorlar 
sog’lig’iga ta’sir etmasin. Bu territoriyada qurilish ishlari olib borish, engil 
sanoat va oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalarining joylashishiga ruxsat 
byeriladi. Bunda sanitariya-himoya chegaralari, ya’ni kurort zonasi bilan 
kommunal xo’jalik zonasi orasidagi masofa 500 metrni, aholi turar joylaridan 
uzoqligi esa 200 metrni tashkil qilishi lozim. 
O’rmon-hiyobon mintaqasi
o’rmon, uning tabiiy boyliklari, suv 
havzalarini o’z ichiga oladi. Ular ko’z qorachig’idek saqlanishi zarur. Tuman 
planini loyihalashtirishning gigienik ahamiyati juda katta. Sanitariya 
vrachinyng tuman loyihasiga ob’yektiv baho byera bilishi, ya’ni uning 
kamchiliklarini aniqlab, oldini olishi katta ahamiyatga ega. Bu ularning turar 
joylarini sog’lomlashtirishda, salomatligini saqlashda yordam byeradi. Tez 
fursatlar bilan rivojlanayotgan shaharlar, posyolkalar va sanoat korxonalari 
uchun qo’shimcha rezyerv territoriyalar foydalanishga byeriladi. SHu 
maydonlar transport vositalari bilan ta’minlanadi, u yerga kommunal xo’jalik 
inshootlari quriladi. SHahar chetida qishloq xo’jaligining rivojlanishiga 
imkon yaratiladi. Ko’kalamzorlashtirish, istirohat bog’lari tashkil etish, 
sanitariya-himoya zonalari tashkil etish ko’zda tutiladi. 
Agar shaharlar, posyolkalar va turar joylarning taraqqiyoti chegarali 
bo’lsa, u holda sanoat korxonalari qurishni cheklash, shahar ichidagi 
korxonalarni shahar tashqarisiga olib chiqib ketish zarur. 
Turar joylarni qaytadan gigiena talabiga javob byeradigan qilib qurish 


42
atrof-muhitni sog’lomlashtirishga imkon byeradi. Bunda qishloq xo’jaligi 
taraqqiy etgan shaharlar tuprog’ini, yer osti suvlarini va ochiq suv havzalarini 
muhofaza qilish katta ahamiyatga ega.
SHahar va ishchi posyolkalari aholisining dam olishi, hordiq chiqarishi 
uchun fizkul’tura va sport ishlarini yo’lga qo’yish zarur. U yerga daraxtlar 
ekib ko’kalamzorlashtiriladi. Katta-katta binolar qurish, zaharli ximikatlar 
bilan ishlov byeriladigan qishloq xo’jalik ekinlari ekish va mol boqishga 
ruxsat etilmaydi. Ekologik holatni buzuvchi botqoqliklar, axlatxonalar, turli
chiqindi tash- 
lanadigan joylar yo’q qilinadi va ularning meliorativ holati yaxshilanadi. 
Ishlab turgan sanoat korxonalarining va qishloq xo’jalik ob’-ektlarining 
aholi turar joylariga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida sanitariya vrachlari 
quyidagi talablarni qo’yadi. 
1.
Aholi turar joylariga yaqin qilib qurilgan sanoat korxonalarini gigienik 
jihatdan to’g’ri loyihalashtirish. 
2.
Atrof muhit, atmosfera, suv havzlari, tuproqning hozirgi holatini to’la-
to’kis o’rganish. YAngi qurilayotgan xalq xo’jaligi ob’yektlaridan kelajakda 
kutiladigan o’zgarishlarni hisobga olish zarur. Bunda tashqi muhitning 
ifloslanishi, shovqin-suron va boshqalarning oldini olish maqsadida 
ko’riladigan chora-tadbirlar nazarda tutiladi. 
3. Sanoat korxonalari va qishloq xo’jalik ob’yektlari orasida sanitariya-
muhofaza zonalari bo’lishini hisobga olib, rezyerv maydonlar ajratish zarur. 
4. Tuman territoriyasida joylashgan korxonalarning ichimlik suvga zarar 
etkazmasligini ta’minlash. 
5.
CHiqindi suvlarning aholi yashaydigan territoriyadan olib chiqib 
ketilishi va suv havzalariga tushirishning shart-sharoitlarini ishlab chiqish va 
buning uchun joy tanlash. 
6.
CHiqindilarni qayta ishlash to’g’risida tavsiyanomalar ishlab chiqish. 
7. Tuman aholisini kuchli shovqin-surondan himoya qilish chora 
tadbirlarini ishlab chiqish, ya’ni aerodromlar, motorni sinovdan o’tkazish 


43
korxonalari va boshqalarni shahar chetiga olib chiqish. 
SHuni aytish kerakki, tuman loyihasini tuzish va aholini suv bilan 
ta’minlashda sanitariya xodimlarining roli katta. CHunki ular suv havzalarini 
muhofaza qilish masalalarini ijobiy hal qilishda katta yordam byeradi. 
Sanitariya xodimlari aholini suv bilan ta’minlashning faqatgina hozirgi vaqtda 
emas, balki kelajakda ham yo’lga qo’yish yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqadi. 
Tarqoq holda joylashgan turar joylar aholisini toza ichimlik suv bilan 
ta’minlash maqsadida jamoa xo’jaliklaridan tushgan mablag’ning bir qismi 
vodoprovod inshootlari qurishga sarflanadi. Bu ham loyihada ko’rsatiladi. 
SHuningdek, loyihada chiqindi suvlardan qishloq xo’jligida foy-
dalanish, ya’ni paxta, kanopni sug’orishda foydalanishga ruxsat etiladi, Bunda 
suv havzalaridan yuvinish, cho’milish maqsadlarida foydalanish, uning 
qirg’oqlarida aholining dam olishini hisobga olib suv havzalarini muhofaza 
qilish katta ahamiyatga ega. Bularning hammasi sanitariya vrachlari 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Aholi turar joylarini qayta qurish va unga bo’lgan gigienik talab. Aholi 
uchun turar joy tanlashda sanitariya vrachi faol qat-nashadi. U qurilishga 
mo’ljallangan joyni har tomonlama o’rganadi. U tuproqning sanitariya
holatini aniqlash uchun maydonning turli 
joylaridan namunalar olib baktyeriologik, kimyoviy va gel’mintologik 
holatini aniqlaydi. Tuproqning sanitariya holati gigiena talabiga javob byersa, 
u qurish uchun yaroqli hisoblanadi. 
SHuning uchun ham qonunchilikda bu masalaga muhim ahamiyat 
byeriladi. Tanlangan joy maydoni loyihada ko’rsatilgan ob’yektlar uchun 
etarli va gigiena talabiga mos bo’lishi kerak. Eng muhimi, qurilayotgan 
shahar, posyolka va boshqa turar joylarni kelajakda kengaytirish mumkin 
bo’lsin. Unga quyidagi talablar qo’yiladi: 
1.
Qurilish maydoni botqoqliklardan holi, suv bosmaydigan, yer osti 
suvlari yer yuzasida chuqurroq joylashgan, tuprog’i quruq, unumdor bo’lishi 


44
lozim. 
2.
Ajratilgan joyning relyefi ma’lum nishablikda (0,5—10%) bo’lib, 
yog’in suvlari oqib ketadigan hamda kanalizaciya inshootlari qurish uchun 
imkon byeradigan bo’lsin. 
3.
Aholining har taraflama ehtiyojini qondiradigan ichimlik suv bilan 
ta’minlashni ko’zda tutish. 
4.
Qurilish maydonida qazilma boyliklari bo’lmasligiga e’tibor berish. 
5.
Qurilayotgan shahar, posyolka, qishloqlarning katta va kichik yo’llar 
bilan bog’lash, gazlashtirish, elektrlashtirish mumkinligini hisobga olish 
shular jumlasidandir. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish