1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/166
Sana06.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#744677
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   166
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

Joyning relyefi
. Yer yuzining tuzilishi joyning kichik iqlimiga katta 
ta’sir ko’rsatadi. Binoning kungay bo’lib qurilishi yerning tuzilishiga, ya’ni 
baland-pastligiga qarab hal qilinadi. 
Tepaliklarning kunga qaragan tomoni anchagina issiqroq bo’lib, kunga 
teskari tomoni esa aksincha sovuq bo’ladi. Tuproqning isib ketishi, havo 
haroratining ko’tarilishi, shamol harakati yerning tuzilishiga ko’p bog’liq. 
Odatda tepaliklarning janubga qaragan yon bag’ri anchagina yorug’roq va 
issiqroqdir, SHimolta qaragan tomoni esa, aksincha, sovuqroq bo’ladi. 
Qizig’i shundaki, yerning tepalik va balandliklari bilan pastliklarining 
tempyeraturasi bir xil emas. Ayniqsa, kechalari yerning baland qismidan 
sovuq havo yerning pastki vodiy tomoniga yo’naladi, oqibatda «sovuq orol»
paydo bo’ladi. Balki, shuning uchun ham shimoliy va o’rta geografik 
kengliklarda joylashgan pastqam, havoning namligi baland bo’lgan
joylar uy-joy qurish 
uchun to’g’ri kelmas. Aksincha, janubiy rayonlardagi joylar shaboda 
esadigan, havosi mayin bo’lib, kichik iqlimning nihoyatda kishi organizmiga 
yoqimli ta’sirini ta’minlaydi. Tojikiston, O’zbekistonning CHimyon, Oqtosh, 
Burchmulla, SHoximardon, Arslonbob va boshqa joylari, Tbilisi, Qirg’iziston 
o’lkasi va boshqalar shular jumlasidandir. 
Tog’lar, tepaliklar, balandliklar shamol tezligini ancha kamaytirib, tog’ 
va tepaliklar yonbag’rida joylashgan uy-joylarni qattiq sovuq yoki issiq 
shamoldan asraydi. Yerning relyefi juda tekis bo’lsa yog’ingarchilik vaqtida 
erigan qor va yomg’ir suvlari va boshqa yig’ilgan suvlar oqib keta olmaydi, 


48
natijada uy-joylarning suv ostida qolishiga sabab bo’ladi. Demak, yer 
relyefining qiyaroq, notekis bo’lishi (5—10%) shahar va ishchi posyolkalari 
barpo qilishda katta ahamiyatga ega. 
Turar joylar qurishda tuproqning ahamiyati ham katta. Odatda, quyosh 
nuri tuproqqa tushib bir qismi orqaga qaytadi, ma’lum qismi esa yerga 
shimilib, issiqlik enyergiyasiga aylanadi. Isigan tuproqdan chiqqan issiqlik 
atmosferaning yerga tutashgan nurlanish yo’lini qizdiradi. YA’ni, oldin yer 
isiydi, keyin atmosfera havosini isitadi. 
Yer yuzasi yalang bo’lsa ayniqsa tez isiydi, qishda esa sovuqroq bo’ladi. 
Agar tuproq usti o’t-o’lanlar bilan qoplangan bo’lsa, yerning isishi unchalik
bo’lmaydi. Yirik donali quruq, havoni yaxshi o’tkazadigan tuproqda 
organik moddalar yoki tuproqqa solinadigan go’ng va turli chiqindilar tez 
zararsiz holatga keladi. Botqoq, sho’r tuproqlarda esa buning aksi bo’ladi.
Bunday tuproqlar kasallik tarqalishi, turli zararli gazlar chiqishiga sabab 
bo’ladi. CHiqindi, go’ng va boshqalar zararsiz holatga keltirilmasa pashsha, 
suvarak va boshqa kasal tarqatuvchi hasharotlarning makoniga aylanadi. 
Namliga yuqori bo’lgan, suv shimmaydigan tuproqlar yer osti 
suvlarining yig’ilib baland joydagi tuproqlarning ham botqoqlikka 
aylanishiga, suv ostida qolishiga sabab bo’ladi. Turar joylar tuprog’ining 
o’simliklar, daraxtlar bemalol o’sadigan, qishloq xo’jalik ekinlari yaxshi 
ko’karadigan bo’lishi maqsadga muvofiqdir. 
Ammo shuni aytish kerakki, pastqam yerda joylashgan shaharlar 
havosining tez-tez o’zgarib turishi hamda sovuq havoning tepalikdan pastga 
tomon yo’nalishi shahar havosining doimo ifloslanishiga, havoning turib 
qolishiga, tumanlarga sabab bo’ladi. Bunday shaharlarda uy-joylarni tepalik 
yonbag’irlariga, yuqoriroq joylarga qurish tavsiya etiladi. 
Joyning mikroiqlimiga shuningdek daryolar, ko’llar, suv omborlari 
ijobiy ta’sir etadi. Ular havo haroratini yumshatib namligini oshiradi. Turar 
joylarning suv bilan etarli ta’minlanishi ko’kalamzorlashtirishga imkon 


49
byeradi. 
SHaharlarning ko’rkam bo’lishi daryo qirg’oqlarining ko’kalamzorligi, 
katta-kichik dam olish bog’larining borligi, cho’milish uchun suv havzalari 
borligiga juda bog’liqdir. 
SHahar barpo etilgan joylarda mabodo suv tanqisligi sezilsa yoki tabiiy 
suv havzalari bo’lmasa, u holda suv bilan ta’minlash choralari ko’riladi. Bu 
maqsadda sun’iy suv havzalari, ya’ni ko’llar, suv omborlari, kanallar va 
kichik-kichik irrigaciya shohobchalari, fontanlar va boshqalar tashkil qilinadi, 
ular shahar iqlimining mayin, yoqimli bo’lishiga yordam byeradi. 
Ayniqsa tabiiy o’simliklar, daraxtzorlar, o’tloqlar, maysazorlar turar 
joylar iqlimini mayin qiladi. Kishilarni tabiat bilan bog’lab, ularning asabini 
mustahkamlaydi, tabiat qo’ynida dam olishga imkon tug’diradi. SHaharni 
toza havo bilan ta’minlab, uni gaz va changlardan ifloslanishining oldini 
oladi. 
Modomiki shunday ekan, yangi shaharlar barpo etilganda va eskilari 
qaytadan qurilganda ularning tabiiy holatini saqlash va yangitdan daraxtzor 
o’rmonlar, maysazorlar, suv havzalarini yaratish uchun loyihalarda oldindan 
tadbir va choralar ko’rishni ko’zda tutish kerak bo’ladi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish