54
Aholi turar joylari, sanoat korxonalari, kommunal-xo’jalik ob’yektlari,
omborlar, tashqi transport shohobchalari dam olish zonasi va boshqalar.
SHahar territoriyasini turli funkcional zonalarga bo’layotganda sanoat
korxonalari, avtotransport, temir yo’l vokzallari,
aeroportlarni shahar
tashqarisida joylashtirish ko’zda tutiladi. Bu zararli moddalarning aholi
sog’lig’iga putur etkazishining oldini oladi. Bu ishlarni amalga oshirishda
ham sanitariya nazorati organlari xodimlari jonbozlik ko’rsatishlari kerak.
Bu ishda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar xalq sog’lig’i uchun juda
qimmatta tushadi. Masalan, Toshkent
shahridagi korborund za-vodi,
Tekstil’mash, Sel’mash va boshqa sanoat korxonalarining, To-jikistondagi
alyumin zavodining aholi turar joylari yaqinida joy-lashib qolganligi
aholining sog’lig’iga putur etkazayotgani hammaga ayon. Bunday xato-
kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik
uchun loyiha tuzish
va unga sanitariya vrachlari tomonidan xulosa chiqarilganda funkcional
zonalarga katta ahamiyat byerilishi kerak. Ayniqsa, sanoat xo’jaligi
omborlari, ya’ni ko’mir, yog’och-taxta, cement va boshqa qurilish
matyeriallari saqlanadigan joylar aholi yashaydigan joydan ancha narida
bo’lgani ma’qul.
Agar shahar territoriyasi funkcional zonalarga to’g’ri bo’linmasa, aholi
turar joylarining sanitariya holati yomonlashadi. SHahar territoriyasining
qo’shimcha maydonlari bo’lmasa, shaharning rivoji, aholining uy-joy
bilan
ta’minlanishi, ularning turmush sharoitlari qiyin ahvolga tushib qoladi.
SHahar territoriyasi funkcional zonalarga bo’linganda shamol yo’nalishi
ham hisobga olinadi. Bundan tashqari, funkcional
zonalar bilan ular yaqinida
joylashgan ob’yektlar o’rtasidagi sanitariya-muhofaza chegaralariga ham
katta ahamiyat byeriladi. Bular kichik shaharlar qurilishiga ham taalluqli.
Odatda kichik shaharlar aholisi soniga qarab uch guruhga bo’linadi: 10 000
gacha - 1 guruh, 10 000 dan 20 000 gacha —2 guruh, 20 000 dan 50 000
55
gacha—3 guruh.
Birinchi guruhdagi shaharlarda jamoa markazi bo’ladi. U yerga sanoat
korxonalari qurish mumkin. Ikkinchi va uchinchi guruhdagi
shaharlar loyihasi
me’morchilik talablariga javob byeradigan funkcional zonalarga bo’lingan
bo’lishi kerak. Ularda katta shaharlardagidek turar joylar,
sanoat korxonalari,
kommunal-xo’jalik inshootlari, omborlar, tashqi transport zonalari bo’lishi
ko’zda tutiladi. Ilmiy ishlar bilan shug’ullanuvchi markazlar, tajriba-ishlab
chiqarish korxonalari ham shu yerda bo’ladi. Kichik shaharlar anchagina
ixcham bo’lishiga qaramay ko’pgina tomonlari bilan shahar qurilishiga
o’xshab ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: