1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


DAVOLASH-PROFILAKTIKA MUASSASALARI



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/166
Sana06.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#744677
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   166
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

DAVOLASH-PROFILAKTIKA MUASSASALARI 


331
GIGIENASI 
Davolash-profilaktika muassasalar gigienasi shu yerdagi mehnat 
sharoitini tibbiy xizmat xodimlarining sog’lig’iga ta’sirini (kimyoviy va 
biologik moddalar, fizik omillar va boshqalar), shu muassasalarning 
qurilish loyihalarini o’rganib ularning gigienik normalarini ishlab chiqadi. 
Davolash va kasalliklarni oldini olish muassasalarining gigienasi 
gigienaning ko’p jihatlarini o’z ichiga oladi, jumladan kommunal gigiena, 
oziq-ovqat va ovqatlanish gigienasi, medicina xodimlarining mehnat 
gigienasi, ijtimoiy gigiena va boshqalar. 
Kitobning keyingi sahifalarida davolash va kasalliklarni oldini olish 
muassasalarining gigienasini shifoxonalar gigienasi deb nomlaymiz, 
maqsad shu bobni soddaroq yoritishdir. 
SHifoxonalar gigienasining maqsadi shu sohada yig’ilgan taj-ribalarni 
o’rganib, sanitariya vrachlarining bilimini oshirishdir. 
SHuningdek, gigiena, epidemiologiya, baktyeriologaya va boshqa 
fanlar yutug’ini, kasallarning sog’ayishiga yordam byeradigan tomonlarini 
amalga tatbiq etishdir. 
SHifoxona gigienasining vazifasiga: 

bemorlar bilan xushmuomalada bo’lish; 

kasalxonada kommunal xizmatni yo’lga qo’yish; 

bemorlarga byeriladigan medicina yordamini gigienik chora-
tadbirlar bilan bog’lab olib borish; 

shifoxona xodimlarining hammasini (vrachlar, o’rta va kichik 
tibbiyot xodimlari) gigiena qonun-qoidalaridan xabardor qilish va buni 
amalda ko’rsatish; 

kasallar va shifoxona xodimlari o’rtasida sanitariya maorifini 
tashviqot qilish. 
SHifoxonalarda gigiena fani talablarini amalga oshirish bemorlarning 
tezroq tuzalipshga ma’lum darajada hissa qo’shadi. Bu degan so’z 
bemorlarni ish qobiliyati yaxshilanib, ishlab chiqarish unumdorligi oshadi 
demakdir. Bemor shifoxonaga tushib qolganda o’zini yot muhitga tushib 


332
qolgandek his qiladi. YAna buning ustiga bemorlik davrida kishining 
umumiy kayfiyati yaxshi bo’lmaydi. SHuning uchun ham Sog’liqni saqlash 
vazirligiga qarashli muassa-salarda bemorlarga shunday sharoit tug’dirish 
kerakki, ular bir oz bo’lsa ham dardlarini unutib, kayfiyatlarini 
yaxshilashlari kerak. SHifoxona xonalarining tozaliga, yorug’ligi, kasallar 
bilan shifoxona xodimlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar samimiyligi 
kasalning tezroq tuzalishiga yordam byeradi. 
Ayniqsa davolovchi vrachning xushmuomalasi kasalni parvarish 
qilishda yaxshi natija byeradi. Bundan tashqari, shifoxona hovlisiga 
daraxtlar va gullar ekilgan bo’lsa, ariqlardan shildirab suvlar oqib tursa, 
shuningdek shifoxona shovqin-surondan uzoqroqda joylashgan bo’lsa 
bemor asabiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Hozir bu sohadagi eng dolzarb masalalardan biri shifoxonalarda ichki 
infekciyalar tarqalishiga yo’l qo’ymaslikdir, negaki shifoxona ichida 
tarqalgan infekciya birinchi bo’lib bemorlarga yuqadi, qolavyersa 
shifokorlarga ham yuqib, ular kasallik tarqatuvchilarga aylanadilar. 
SHifokorlar o’zlarini va bemorlarni kasal tarqatuchi manbaga 
aylanishdan ehtiyot qilishlari kerak. Bu esa tibbiyot xodimlari sanitariya 
saviyasining yuqori darajada bo’lishini taqozo qiladi. 
SHifoxonalarda sanitariya qoidalariga rioya qilish, poliklinika, 
ambulatoriya va boshqa davolash muassasalari xodimlarining hamkorligida 
amalga oshiradigan ishdir. Gigiena yuqtai nazaridan shifoxona xonalaridagi 
atmosfera havosining sifatiga, kichik iqlim xolatini normada saqlashga, 
epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning bajarilishiga va shifoxonalarda 
uyushtirilgan tartib intizomga ahamiyat berish eng zaruriy ishlardan 
hisoblanadi. 
Ayniqsa, shifoxonalarning atmosfera havosiga ahamiyat berish juda 
zarur. Olib borilgan kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha shifoxona 
xonalarining havosi sutka davomida o’zgarib ketishi aniqlangan. Buning 


333
bir qancha sabablari bor. Jumladan, ba’zi bir bemorlarning harakat 
qilolmay yotishlari oqibatida modda almashuvining buzilishi yoki 
opyeraciya qilingan bemorlar qabul qilgan dorilarining hidi va boshqalar 
xona havosini buzib yuboradi. Havo tarkibida ortiqcha gazsimon kimyoviy 
moddalar, ko’p miqdorda mikroblar aniqlanadi. 
Bularning hammasi xona havosini buzadi. Masalan, xona havosida 
ammiak, is gazi, karbonat angidrid, formal’degid, stirol, fenol, 
mikroblardan stafilokokk, gemolitik streptokokk va boshqalar aniqlanadi. 
Palatalardagi bunday ahvol bemorlar sog’lig’iga salbiy ta’sir qiladi. 
SHifoxonalarda ichki infekciyaning tarqalishi bemorlarning tuzalish 
muddatini birmuncha cho’zmoqda. Aleksandrning fikricha Amyerikada, 
shifoxona ichki infekciyalarining tarqalishi oqi-batidagi ortiqcha xarajat 
yiliga 10 mlrd dollarga etadi, Loshanciy dalillari bo’yicha Vengriyada 150-
180 mln forintni tashkil qiladi, Sobiq SSSR da faqatgina 6 xil tyeri, tyeri 
osti yiringi infekciyasi tufayli bo’ladigan xarajat 750 mln so’mni tashkil 
qiladi (L.A. Genchikov). SHu dalillardan ko’rinib turibdiki, hozirda 
shifoxona, poliklinika, ambulatoriya va boshqa davolash muassasalarining 
sanitariya holatiga, tibbiyot xodimlari sanitariya madaniyatining darajasiga 
ahamiyat berish eng zaruriy ish bo’lib qoladi. 
SHifoxonalar uchun qulay yer maydonlarini ajratish, ularni yangi 
tipdagi loyihalar asosida qurish, vrachlardan tortib kichik medicina 
xodimlarining gigienik ilmini oshirish, shifoxonalarda infekciyaga qarshi 
kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirish hozirgi kunning talabidir. Aks 
holda, shifoxona ichki infekciyasi bemorlarga salbiy ta’sir qilishi mumkin. 
Ayniqsa tug’ruqxona-lardagi ichki infekciya yangi tug’ilgan 
chaqaloqlarning o’limiga sabab bo’ladi. 
Hozir tibbiyot muassasalari sanitariya qonun-qoidalariga rioya qilgan 
holda hamda Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiq etilgan ko’rsatma 
va talablar asosida qurilmoqda. Jumladan, 1990- 1992 yilda Sog’liqni 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish