SHIFOXONALARNING SANITARIYA VA TEXNIKA ANJOMLARI
Har qanday shifoxonalar jamoa joyi bo’lib, ularni obodonlashtirish
talab qilinadi. YA’ni, shifoxonalarni kanalizaciya, vodoprovod, issiq suv
bilan ta’minlash sanitariya tartib-intizomini amalga oshirish imkonini
byeradi.
SHuning uchun, shifoxonalarni shahar vodoprovod, kanalizaciya,
issiqlik tarqatuvchi shohobchalarga ulash qulay bo’lgan joylarga qurish
kerak. Bularning hammasi ishlab chiqilgan loyihalarda ko’rsatiladi. Har bir
bemorga sutkasiga 300-400 litr suv etkazib byerilishi kerak.
SHifoxonalarning chiqindi suvlarini yaxshilab tozalaydigan inshootlarga
yuboriladi. Unda chiqindi suvlarni zararsizlantirish uchun zamonaviy
usullardan, ya’ni biologik, qayta tozalash va zararsizlantirish usullaridan
foydalaniladi.
Bu ishlar yuqori malakali injenyer-texniklar yordamida amalga
oshiriladi. YUqumli kasalliklar shifoxonalarining chiqindi suvlarini
zararsizlantirish uchun vaqtinchalik ishlab chiqilgan tavsiyanomadan
foydalanish kerak (tavsiyanoma 1978 yili Sog’liqni saqlash vazirligi
tomonidan 8 avgustda tasdiqlangan). Bunday chiqindi suvlar tarkibida juda
ko’p miqdorda patogen mikroorga-nizmlar mavjud bo’lib, ular aholiga juda
katta xavf tug’diradi.
Bu chiqindi suvlar tarkibida vabo kasalligini, qorin tifini, ichburug’ni
chaqiruvchi mikroblar, brucellyoz, sal’monellyoz, kuydirgi, sil va boshqa
345
og’ir yuqumli kasalliklarni chaqiruvchi mikroblar, turli gijja tuxumlari,
sarig’ kasalligini tarqatuvchi viruslar, entyeroviruslar va boshqalar bo’ladi.
YUqumli kasalliklar shifoxonasining chiqindi suvlarini tozalash,
zararsizlantirish inshootlari shifoxona hududiga sanitariya himoya
chegaralarini hisobga olib quriladi. Ular chiqindi suvlar miqdoriga bog’liq.
Jumladan, bir sutkalik chiqindi suv miqdori 200 m
3
ga etganda sanitariya
himoya chegarasi boshqa binolarga nisbatan 100 metr, 500 m
3
ga etsa 150
metr bo’ladi. Tozalash inshootlarining atrofi 1,6 metr balandlikda devor
bilan o’ralib, ko’kalamzorlashtiriladi. Yo’llar yoritilib asfalt yotqiziladi,
yo’llarning eni 3,5 metr bo’ladi.
Tozalangan
va
mikroorganizmlardan,
gel’mintlardan
zararsizlantirilgan chiqindi suvlar ochiq suv havzalariga oqiziladi.
CHiqindi suvlarni zararsizlantirish natijasini nazorat qilish maqsadida bir
sutkada eng kamida 3-4 marotaba chiqindi suv namunasi qoldiq xlorga va
ichak tayoqchalariga tekshiriladi. Qoldiq xlor miqdori bir litr suvda 1,5 mg
dan kam bo’lmasligi kerak, chiqindi suv biologik tozalashdan so’ng va
xlorlangandan keyin uning koli indeksi uzog’i bilan 1000 bo’lishi kerak.
Bu ishlarni bajarish uchun tozalash inshotolarida kontaktli katta rezyervuar
(idish), xlorator asbobi, cho’kmani olish uchun moslama va boshqa
laboratoriya anjomlari bo’lishi talab qilinadi.
SHifoxona binolarining issiq va sovuq suv bilan ta’minlanishi
bemorlar uchun qulay sharoit tug’diradi. Bu esa o’z navbatida
bemorlarning shaxsiy gigiena talablarini bajarishga yordam byeradi.
SHifoxonalarning elektr enyergiya sistemasi shahar yoki nohiya elektr
enyergiyasi setiga ulangan bo’lishi kerak. Ba’zi bir hollarda elektr
enyergiyasi bo’lmay qolganda, kasalxona og’ir holatga tushib qolmasligi
uchun uning o’zini elektr enyergiya ishlab chiqadigan uskanalari, ya’ni
kichik elektrodvigatellari bo’lishi kerak.
Palata va xonalarni yoritish uchun sut rangiga ega bo’lgan
346
yoritgichlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Lyuminescent lampalar ham
ishlatilishi mumkin. Umuman olganda xuddi kunduzgidek yorug’lik
tarqatuvchi lampalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bulardan tashqari har bir karavot boshiga kichik joyni yoritish
maqsadida stol usti yoritish lampalari o’rnatiladi. SHifoxonalarni yoritishda
sanitariya normasi va qoidasidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |