Bino xonalaridagi mikroiqlim ko‘rsatkichlari
Gulbahor O’ktamovna Mirazimova
Jizzax politexnika instituti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bino xonalarida mikroiqlimni yaratish bo’yicha
ma’lumotlar keltirildi. Optimal mikroiqlim tushunchasi haqida aytib o’tildi.
Mikroiqlim ko’rsatkichlari keltirildi. Qurilish qoidalariga binoan bino xonalaridagi
havo harorati qancha bo’lishi lozimligi tushuntirildi.
Kalit so’zlar:
optimal mikroiqlim, termoregulyatsiya, havo namligi, havoning
sanitar-gigienik holati, iqlim ko‘rsatkichlari, insolyasiya.
Indicators of the microclimate in the premises of the building
Gulbahor Oktamovna Mirazimova
Jizzakh Polytechnic Institute
Abstract:
This article provides information on creating a microclimate in the
rooms of a building. The concept of optimal microclimate was discussed.
Microclimate indicators are given. According to the building regulations, the
temperature in the rooms of the building should be explained.
Keywords:
optimal microclimate, thermoregulation, humidity, air sanitation,
climate, insulation.
Xonadagi optimal mikroiqlim organizm va atrof-muhit o'rtasidagi issiqlik
muvozanatini saqlashni ta'minlaydi. Hozirda binolarning insonlar uchun har
tomonlama qulay bo’lishi talab etilmoqda. Bizga ma’lumki xonalar inson uchun
qulay bo’lishi uchun u yerda mikroiqlimni ta’minlovchi asbob yoki konstruksiyalar
zarur bo’ladi.
Optimal mikroiqlim - bu parametrlarning kombinatsiyasi bo'lib, u odamga uzoq
vaqt va muntazam ravishda ta'sir qilish bilan, termoregulyatsiya reaktsiyalarini
kuchaytirmasdan, tananing normal funktsional va issiqlik holatini saqlab qolishni
ta'minlaydi. Ular termal qulaylik hissi bilan ta'minlaydi va yuqori darajadagi ishlashni
ta'minlash uchun zarur shartlarni yaratadi.
Bino xonalaridagi asosiy mikroiqlim ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
- tashqi to‘siq konstruksiyalaridagi va xonaning asosiy qismlaridagi harorat;
- havo namligi;
- havoning sanitar- gigienik holati (tozaligi);
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
141
- ichki havoning to‘siq konstruksiyalarga nisbatan agressiv yoki progressivligi.
Xonadagi havo muhiti faqatgina havo tarkibida kimyoviy birikmalar bor yoki
yo‘qligiga emas, balki havo muhitining harorati va namligiga ham bog‘liq.
Harorat va namlikning eng kichik va eng katta hisobiy ko‘rsatkichlari, ularning
yil davomida fasllarda o‘zgarishi va binodagi odamlarga ta’siri muhim bo‘lib hatto
to‘siq konstruksiyalarni loyihalashda ahamiyatga ega. Loyihalash jarayonida
ko‘pincha bino xonalaridagi harorat va namlikning o‘rtacha ko‘rsatkichlari qabul
qilinadi. Bu ko‘rsatkichlar, xonaning pastki qismi uchun gigienik talablarga javob
beradi.
Binoning funksionallik talablariga ularda mo‘tadil harorat va namlik muhitlari
tashkil etish kiradi. Ba’zi sanoat binolaridagi texnologik jarayonlar issiqlik va namlik
ajralib chiqishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari texnologik jarayonlar ichki muhitga
gaz, suv bug‘i, chang va agressiv (tuz, ishqor, kislota) aralashmalari ajralib chiqadi.
O‘zgaruvchan tashqi xavo ta’sirida diskomfort (noqulay) muhit xosil bo‘ladi. Bino
xonalarini tashqi muhitdan ajratib, chegaralab turuvchi konstruksiyalar xonalarda
mikroiqlim yaratishda muhim rol o’ynaydi.
Xonalarda
odamlar
faoliyat
yurutishi
uchun zarur bo‘lgan iqlim
ko‘rsatkichlariga quyidagilardir:
- xona havosining o‘rtacha harorati va uning bir sutka davomidagi harakati;
- barcha to’suvchi konstruksiyalar ichki sirtining o‘rtacha harorati;
- xonadagi havoning namligi va tozaligi.
Xonadagi havoning harakat tezligi qish faslida uncha ahamyatga ega
bo’lmasada, gigienik nuqtai nazardan havo harakatini tezligi yoz fasli uchun juda
muhim ahamiyatga ega.
Odam organizmidan sarf bo‘layotgan 45-60 foiz issiqlik miqdori tashqi to‘siq
konstruksiyasining ichki sirti haroratining pasayishi sababli bo‘lib, shu tufayli to‘siq
konstruksiyalar ichki sirtining o‘rtacha harorati (radiatsion harorat) gigienik nuqtai
nazardan muhim ahamiyatga ega.
Bu sirtlarning o‘rtacha harorati quyidagi formula orqali aniqlanadi.
Bu yerda t
n
va F - turli konstruksiyalarning harorati va yuzasi;
ΣF - hamma to‘siq konstruksiyalarining yuzalarini yig‘indisi.
Agar xona ichiga issiqlik faqat nurlanish orqali bo‘lsa (masalan: yoz faslida
derazadan insolyasiya orqali) va havo almashinishi nolga teng desak, havo harorati
o‘rtacha sirtlar haroratiga, ya’ni radiatsion haroratga teng bo‘ladi:
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
142
Radiatsion harorat pasaysa, inson uchun qulay sharoit yaratish uchun havo
haroratini ko‘tarish lozimdir, aksincha radiatsion harorat ko‘tarilsa havo haroratni
kamaytirish kerak.
Yoz fasli uchun xona ichidagi maksimal harorat +28
o
C qabul qilingan, xorijiy
davlatlarda esa bu ko‘rsatgich +30
o
C ni tashkil etadi.
To‘siq konstruksiyasining ichki sirtining maksimal ruxsat etilgan harorati,
gienik talablarga asosan xona balandligiga bog‘liq.
Qurilish qoidalariga binoan bino xonalaridagi havo harorati quyidagicha bo‘lishi
lozim:
1. Past harorat (8-12
o
C), ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan binolarda,
xonalar kuchsiz isitiladi.
2. Mo‘tadil harorat,
➢
12-15
o
C - odamlardan fizik kuch talab qiluvchi ishlar bilan mashg‘ul
bo‘lgan xonalarda;
➢
18-20
o
C - odamlardan fizik kuch talab qilmaydigan xonalarda.
3. Yuqori harorat (21-23
o
C), fizik kuch talab qilinmaydigan, yengil kiyimda
aniq ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan xonalarda.
Ichki havoning namligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich nisbiy namlik bo‘lib,
uning kattaligi foiz ko’rsatkichida o‘lchanadi.
Xonalarda nisbiy namlikning o‘zgarishi quyidagicha belgilanadi.
1. φ < 50 % bo‘lsa, xona havosining namligi quruq hisoblanadi;
2. φ = 50-60 %, xona havosining namligi mo‘tadil hisoblanadi;
3. φ = 61-71 % bo‘lsa, xona havosining namligi “nam” hisoblanadi;
4. φ > 75 % bo‘lsa, xona havosining namligi “ho‘l” hisoblanib, bu holda tashqi
to‘siq konstruksiya sirtlarida qish faslida kondensatsion namlik hosil bo‘lishi ehtimoli
bor.
Zamonaviy binolarni loyihalash va qurishda ularning insonlarga qulay havo
muhitini yaratib berishi hozirgi davr talablaridan biriga aylanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |