1A 21 guruhi talabasi



Download 217,72 Kb.
Sana15.06.2022
Hajmi217,72 Kb.
#674672
Bog'liq
20.Yo\'lchiyeva M

1A 21 GURUHI TALABASI

  • 1A 21 GURUHI TALABASI
  • YO’LCHIYEVA MUSHTARIYNING ORGANIK KIMYO FANIDAN TAYYORLAGAN
  • MUSTAQIL ISHI
  • Qabul qildi: Xoshimov F

P ELEMENT ORGANIC BIRIKMALARI
Reja:
  • Element organik birikmalarining umumiy tasnifi
  • Magniy-organik birikmalar
  • Alyuminiy-organik birikmalar
  • Kremniy-organik birikmalar
  • Fosfor va Mishyakli organik birikmalar

Molekulasida uglerod atomi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan metall yoki metallmas atomlari bor birikmalar element-organik birikmalar deyiladi. Birinchi bo‘lib element - organik birikmalarni 1849-yilda ingliz olimi
E. Frankland kashf etdi, u etil yodidga rux ta’sir ettirib dietil ruxni sintez qildi va uglerod atomlari metallar bilan bevosita bog‘lanishi mumkinligini ko‘rsatdi:
Elemant organik biriknalar:
Element-organik birikmalar metall-organik birikmalar va metallmas- organik birikmalarga bo‘linadi. Ular tuzilishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
1. Sof element-organik birikmalar. Bunday birikmalarda element atomlari faqat uglevodorod radikali bilan bevosita bog‘lanadi:
2. Aralash element-organik birikmalar. Bularda element atomlari uglevodorod radikali bilan birga boshqa element bilan birikkan bo‘ladi.
Magniy-organik birikmalar
Magniy - organik birikmalar galoid alkillarning suvsizlantirilgan (absolut) efirdagi eritmasiga magniy metali ta’sir ettirib olinadi:
Bu reaksiyani birinchi bo‘lib 1861-yilda fransuz kimyogari F. Grinyar ochgan, shu sababli uni Grinyar reaksiyasi deb atalib, hosil qilingan magniy-organik birikmani Grinyar reaktivi deb ataladi.
Grinyar reaktivi ko‘pgina moddalarni sintez qilishda foydalaniladi.Odatda, hosil qilingan magniy-organik birikma efirdan ajratib o‘tirilmaydi, chunki uning reaksiyaga kirishish xususiyatiga efirning ta’siri bo‘lmaydi.
Tarkibida harakatchan vodorod bo‘lgan moddalar (spirtlar, suv, aminlar va hokazo) magniy-organik birikmalar bilan o‘rin almashinish reaksiyasiga kirishadi va reaksiya natijasida alkanlar hosil bo‘ladi:
Grinyar reaktivining etilen oksidi, uglerod (IV)-oksidi, nitril, aldegid va ketonlar bilan reaksiyalari organik sintezda keng ishlatiladi. Bu reaktiv yordamida turli tuzilishga ega bo‘lgan karbon kislotalar, birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlarni sintez qilish mumkin.
O‘simlik bargining yashil pigmenti — xlorofill molekulasida pirrol halqasi saqlagan murakkab porfinning magniyli kompleks birikmasi hisoblanadi. Xlorofill o‘simlik hayotida muhim biologik ahamiyatga
ega bo‘lib, u o‘simliklarda boradigan fotosintez jarayonida ishtiroketadi.
Aluminiy-organik birikmalar.

Aluminiy-organik birikmalar litiy yoki magniy-organik


birikmalar asosida olinadi:
Nemis olimi K. Siglerning ishlari aluminiy-organik birikmalar kimyosida yangilik bo‘ldi. K. Sigler (1955) vodorod ishtirokida alkenlarga aluminiy ta’sir ettirib (3—20 MPa, 60—100°S da) trietil aluminiyni sintez qildi:
Bu reaksiya natijasida olingan Al(C2H5)3 stereoregular polimerlanish reaksiyalari uchun eng arzon va muhim kompleks katalizatorlaridan biri hisoblanadi.
Kremniyli organik birikmalar
Silanlar — SiH4, Si2H6 kremniyning vodorod bilan hosil qilgan birikmalari bo‘lib, ular tuzilishiga ko‘ra alkanlarga o‘xshash, ammo xossalari jihatidan ulardan farq qiladi. Silanlarda Si—Si bog‘i mustahkam emasligi tufayli, alkanlar kabi silanlarning soni ko‘p emas.
Silanlar SiO2 bilan magniy metalidan hosil bo‘lgan qotishmani kislota bilan parchalab olinadi:
Uglevodorodlardan farqli o‘laroq silanlar turg‘un bo‘lmay suv ta’sirida oson parchalanadi:
Galogenlar ta’sir ettirilganda silanlar, metan kabi o‘rin olish reaksiyasiga kirishadi:
Alkilsilanlar va ularning galogenli hosilalari ancha barqaror. Sanoatda bunday birikmalarni olish uchun 300°—350°C da kremniy va mis aralashmasidan o‘tkaziladi:
Si(CH3)4 — tetrametilsilan va Si(C2H5)4 tetraetilsilanlar kremniyning to‘liq alkillangan hosilasining vakillari bo‘lib, kimyoviy inertligi jihatidan alkanlarga o‘xshaydi.
Alkilxlorsilanlar — kimyoviy faol birikmalar, ular oson gidrolizlanadi:
Bu misoldan ko‘rinib turibdiki, gidroliz natijasida hosil bo‘lgan silanollar — spirtlarning analoglari bo‘lib, beqaror va tezda suv ajratib chiqarib osongina siloksanlarga — oddiy efirlarga o‘tadi.
Dialkildixlorsilanlarning gidrolizlanishidan hosil bo‘lgan silandiollar polikondensatlanib, polimer xarakteridagi polisilaksanlarga o‘tadi:
Kremniy-organik polimerlar bir qator qimmatli xususiyatlarga ega. Ular issiqqa chidamli, yonmaydi, sovuqda qotmaydi, suvni shimmaydi, organik erituvchilarda erimaydi, agressiv suyuqliklar ta’siriga barqaror birikmalardir.
kremniy-organik birikmalarning silatranlar sinfi keng doirali, o‘ziga xos biologik faollikka egaligi bilan qishloq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega.
Fosfor va mishyak davriy sistemaning beshinchi gruppa elementlari bo‘lib, azot analoglaridir. Bu elementlarning organik hosilalari o‘rtasida ham qisman o‘xshashlik kuzatiladi. Bu ayniqsa ularning tuzilishlari o‘xshashligida namoyon bo‘ladi.
Kimyoviy xossalari jihatidan o‘xshashligi shundaki, fosfinlar asos xossasiga ega, ular aminlar kabi kislotalar bilan tuz hosil qiladi:
Fosfor va Mishyakli organik birikmalar
Birlamchi va ikkilamchi fosfinlar oksidlanib, tegishli alkil va dialkil fosfin kislotalarni hosil qiladi.
A. E. Arbuzov birinchi marta uchlamchi alkilfosfatga galoid alkil ta’sir ettirib, alkilfosfin kislota efirini sintez qildi (Arbuzov reaksiyasi).
Mishyak ham xuddi fosfor kabi tuzilishga ega birikmalar hosil qiladi. Fosfor va mishyakning organik birikmalari orasida kuchli biologik faol moddalar topilgan. Masalan:
Stovarsol — uyqu kasalligini davolashda ishlatiladigan preparatdir.
Download 217,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish