1-seminar. Mavzu: kirish. Qadimgi dunyoda harbiy san’at taraqqiyotining umumiy xususiyatlari



Download 206,02 Kb.
bet6/15
Sana24.02.2022
Hajmi206,02 Kb.
#227691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
HARBIY SAN'ATDAN SEMINARLAR

Ibtidoiy jamiyatda harbiy ish. Barcha mavjudot uchun yashab qolish eng muhim hayotiy qoida hisoblandi. Boshqa mavjudotlar qatorida inson uchun ham yashab qolish kurashdan iboratdir, boshqa mavjudotlardan farqli ravishda faqatgina inson yashash uchun qoʻshimcha qurollardan foydalanishga qodir va bunga majburdir. Insoniyat paydo boʻlgan ilk davrlarda yashab qolishning asosiy shakli termachilik boʻlgan. Sekinlik bilan termachilik kishilik ehtiyojini qondirish darajasida boʻlmay qolgandan keyin, undan tashqari yashab qolishning yana bir sharti boʻlgan oʻzini boshqaning ozuqasi boʻlishdan himoya qilish zaruriyati privmitiv qurollarni yaratishga turtki bergan. Bundan qurollarning dastlabkisi oddiy tosh va oddiy tayoq boʻlgan. Keyinroq oʻtda kuydirilgan tayoq va uchiga qirrasi bor tosh qadalgan tayoqlar ham ov quroli hamda yovvoyi hayvonlardan himoya quroli sifatida xizmat qilgan.
Ming yillar davomida bu oddiy ham ov ham himoya qurollari kishilarga xizmat qilish barobarida takomillashib bordi. Tosh boltalar paydo boʻldi, keyinroq tosh uloqtirish qurollari – sopqon, puma va bolasalar (uchiga tosh bogʻlangan arqonli irgʻituvchi qurollar) ixtiro qilindi. Insonning asosiy ehtiyojini ovchilik mahsulotlari tashkil qila boshladi.
Endi insonlar ovni uyushgan va tashkillashgan koʻrinishda olib borish koʻnikmasini shakllantirdi. Bu orada ov qurollari ham mukammalashib bordi. Irgʻituvchi nayzalar ixtiro qilindi. Qarmoqlar, ov tosh pichoqlari va tosh hanjarlar ishlatila boshlandi. Ov qilish usullari ham kengayib bordi, endi hayvonlarga tuzoq va pistirma qoʻyila boshlandi, tashkillashtirilgan qurshovlar amalga oshirila boshlandi va ommaviy ov usullari ishlab chiqildi.
Insoniyatning ilk davrida ixtiro qilingan qurollar ichida eng ahamiyatlisi kamon boʻldi. Aynan kamon ovchilik ishini tubdan oʻzgartirib yubordi. Ta’kidlash kerakki, insoniyatning ilk davrida ixtiro qilingan qurollarning maqsadi boshqa boʻlsada, ammo ushbu qurollardan dastlabki odamlar oʻz jondoshlariga nisbatan ham foydalana boshlandi. Ba’zan ibtidoiy odamlarda qonli xun olish yoki boshqa odamlarni oʻldirish holatlari kuzatildi. Shunda ham ov qurollaridan foydalanilgan. Lekin bu foydalanishni harbiy mazmunga umuman aralashtirish kerak emas.
Ov qurollarining takomillashuv va ov usullarining kengayishi kishilarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan kengroq ta’minlay boshladi. Ommaviy ovlarni uyushtirish katta kishilik resursini talab qilgan. Ovning baroridan kelishi uning boshlanishi va yakunini yaxshi tashkillashtirishga bogʻliq boʻlgan. Buning uchu nov hududi razvetka qilingan, hayvonlarning harakatlar marshruti, toʻsiq qoʻyish, hayvonlarni ommaviy quvish yoʻllari oʻrganilgan.
Ovchilik ortidan chorvachilik kishilarni qoʻshimcha mashgʻulotiga aylandi. Asta-sekinlik bilan ma’lum bir joyda chorvachilikka va termachilik ortidan ziroatchilikka ixtisoslashuv oʻtroq hayot tarziga oʻtishga imkon bergan. Natijada kishilarning jamoasi ham kengayib borgan.
Mil.avv. IV ming yillikda Old Osiyo va Misrda misdan bolta, pichoq va bezak buyumlarinip tayyorlash oʻzlashtirildi. Keyinroq bronza qurollar paydo boʻldi. Ammo ularning mustahkam emasligi tosh qurollarni toʻla siqib chiqarish imkonini bermadi.
Arxeologik ma’lumotlarga koʻra mil.avv. III va II mingyilliklarga kelib chorvachilik ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biriga aylanib, undan turli xil mahsulotlar olina boshlandi. Shuningdek yilqichilikning rivojlanishi ham muhim ahamiyat kasb etdi. Mesopotamiyada qadimshunoslar hoʻkis qoʻshib tortilgan arava qoldigʻini topishgan. Uning yoshi taxminan mil.avv. III mingyillikka mansubdir.
Mil. avv. II ming yillikka kelganda ot asosiy ulov hayvoniga aylandi.
Metallning ixtiro qilinishi ayni vaqtda dehqonchilik qurollarining takomillashuviga ham xizmat qildi. Natijada ishlab chiqarish sohalarida ajralish sodir boʻldi. Endi kishilar oldingi talabdan koʻra bir necha baravar koʻproq ishlab chiqara boshladi. Undan tashqari ishlab chiqarish sohalaridagi boʻlinish qoʻshimcha ish kuchini talab etdi. Natijada urugʻ yoki qabilaga tashqaridagi kishilarni jalb qilishga ehtiyoj tugʻila boshlandi. Turli yoʻllar bilan chetdan kirib kelgan kishilar shu qabila yoki urugʻning teng huquqli a’zosiga emas, balki qabila yetakchisiga qaram boʻlgan kishilarga aylanib bordi. Ishlab chiqarish munosabatlarining kengayishi oqibatida yerlar qabila va urugʻlar oʻrtasida boʻlina boshlandi. Ilgari ma’lum bir hududda ovchilik qilgan urugʻ yoki qabila shu hududda keyinchalik chorvachilik bilan shugʻullana boshladi. Natijada shu hududlar uning hududiga aylanib bordi. Ishlab chiqarish munosabatlarining kengayishi, undan tashqari ovchilik natijada hayvonlarni ommaviy ov qilinishi va jamoaning koʻpayib borishi natijasida shu jamoaga taalluqli boʻlgan yerlar ularning yashash ehtiyojini qondirish uchun (albatta ibtidoiy ishlab chiqarish munosabatlari sharoiti nuqtai nazaridan) yetmay boshladi. Yuqoridagi sabablar kishilikning ilk jamoalari oʻrtasidagi dastlabki toʻqnashuvlarni keltirib chiqargan. Bu toʻqnashuvlar biror bir qonuniyatlardan tashqari boʻlib, favqulotda va kamdan-kam holatlarda sodir boʻlib turgan. Boshqa qabiladan qonli xun olish, qabila yerlarini kengaytirish va qilingan hujumga qasd olish kabi holatlar ilk qurolli toʻqnashuvlarni keltirib chiqargan. Bu toʻqnashuvlar hali kishilarni qaram qilish yoki boʻysindirish maqsadida amalga oshirilgan toʻqnashuvlar emas edi.
Zamonamizgacha saqlanib qolgan Avstraliya va Afrikaning ayrim yovvoyi qabilalarining hayotini oʻrganish oʻsha vaqtdagi qurolli toʻqnashuvlarning oʻziga xosligini tiklash imkonini beradi. Ibtidoiy darajada yashagan qabilalar kamdan-kam holatlarda qurolli toʻqnashuvlargacha borib yetgan. Avval boshda ziddiyatni tinch yoʻl bilan hal qilishga urinishgan, agar hal boʻlmasa ishga qurol, ya’ni ov qurollari – nayza, bumerang, kamon va yoy aralashgan.
Mazkur qabilalarda qurolli toʻqnashuvlar paytida amal qilingan qat’iy qoidalar mavjud boʻlgan. Birinchidan, toʻsatdan hech bir tomon hujum uyushtirmagan, chunki oldin muzokaralar oʻtkazilgan. Ikkinchidan, qurolli toʻqnashuvlar maxsus belgilangan joylarda oʻtkazilgan, qurol ishlatishdan oldin odatda tomonlar bir-biridan uzoq masofada turib soʻkishishgna. Uchinchidan juda koʻp holatlarda ziddiyatni bartaraf etish uchun yakkkama-yakka kurash tanlangan, agar qurolli urushgacha ish borib yetsa, bu toʻqnashuvda faqatgina otuvchi qurollardan foydalanilgan. Bunda birinchi qon toʻkilishi yetarli boʻlgan, chnuki birinchi qon toʻkilgan tomon oʻzini magʻlub deb hisoblagan. Kurash keskin koʻrinishni olmagan. Asirga olinganlar biror-bir boylik hisoblanmagan va uni oʻldirishgan yoki urugʻning teng huquqli a’zosi qilib olishgan yo boʻlmasam ozodlikka qoʻyib yuborilgan. Ikkinchi va uchinchi holat qadimgi slavyanlarda kuzatilgan.
Bu kabi qadimiy odatlar qozoqlarda XIX asrda ham kuzatilgan. Unga koʻra ajdodlar odatiga muvofiq dushman tomon hujum qilishdan oldin bu haqida bir-birini ogohlantirganlar. «Jang maydonini aytishsin», deyilgan va shundan keyin jang uchun odatlar toʻplana boshlangan. Bunday qurolli toʻqnashuvli vaziyat favqulotdalikdan holi boʻlgan.
Ishlab chiqarish munosabatlarining rivoji bilan ijtimoiy tuzilma ham oʻzgarib borgan. Urugʻning ishi bilan shugʻullanuvchi saylab qoʻyiladigan kishilar – oqsoqollar va yoʻlboshchilar paydo boʻla boshladi. Saylovlarda erkaklar va ayollar teng huquqda ishtirok etishgan. Saylab qoʻyilgan shaxs urugʻ tomonidan istalgan paytda bu mansabdan tushurilishi mumkin boʻlgan. Amalda avval boshda urugʻ oqsoqollari alohida huquqlarga ega boʻlishmagan.
Urugʻ oqsoqollari va harbiy yoʻlboshchilari qabilaning kengashini tashkil qilishgan va bu kengash odatda masala muhokamasi uchun qatnashishni istaganlar ishtirokida oʻtkazilgan. Qabila kengashida boshqa qabila bilan munosabatlar belgilab berilgan.
Qoʻshni qabilalarga hujum qilish yoki oʻz qabilasining himoya qilish uchun urugʻ yoki qabila ichida koʻngillilardan iborat otryadlar tuzilgan. Ularning koʻpchiligi oʻsha vaqtlarda u yoki bu koʻrinishda mavjud boʻlgan harbiy mashgʻulotlarda (masalan harbiy raqslar) ishtirok etgan kishilar boʻlgan. Otryadni harbiy raqsning tashkilotchisi boshqargan. Agar yurishga shu kabi bir necha otryadlar chiqqan boʻlsa, u holda unga ushbu otryadlar yoʻlboshchilaridan iborat kengash rahbarlik qilgan. Yurishlar uyushtirish uchun qabila kengashining roziligi majburiy boʻlmagan. Bunday koʻngilli kishilarning soni avval boshda unchalik koʻp boʻlmagan. Shu tariqa urugʻ yoki qabila ichida maxsus harbiy soha bilan shugʻullanuvchilar qatlami shakllanib borgan.
Qabilalar oʻrtasidagi kurashlar avj olishi ikkinchi tomondan oʻzini-oʻzi himoya qilish zaruriyatini keltirib chiqargan. Bu omil boʻlsa mudofaa tipidagi qurilishlarning paydo boʻlishiga turtki bergan. Ilk mudofaa qurilishlari sifatida usti niqoblangan handaqlar yoki zaharli tikanlar, tuproqdan qurilgan devorlarni va aholi manzillari boʻylab qazib chiqilgan chuqurliklarni aytish mumkin. Shu tariqa hujum uyushtirish bilan birga oʻzini-oʻzi mudofaa qilish koʻrinishidagi kurash shakli paydo boʻldi. Ayniqsa mudofaa inshootlarining paydo boʻlishiga dushman qabilaning favqulotda humu uyushtirishlari koʻproq sababchi boʻla boshladi.
Ibtidoiy tuzum sharoitida jang bilan shugʻullanuvchi kishilar uzoq vaqtlar mobaynida oʻzining urugʻ yoki qabilasi manfaatini himoya qilib kelgan. Bir soʻz bilan aytganda jamoa uchun jang qilgan. Harbiy toʻqnashuvlar avj olib borgan sari urugʻ yoki qabila ichida tanlab olingan harbiy yoʻlboshchilarning nufuzi orta boshladi. Ya’ni ular olingan oʻlja hisobiga emas, dastavval jasurligi, mardonavorligi va jasorati hisobiga oʻz jamoasining hurmatiga sazovor boʻlib kelgan. Agar shunday hislati boʻlmasa jamoa uning oʻrniga boshqa harbiy yoʻlboshchi saylashgan. Vaqtlar oʻtishi bilan mardlik va jasorat koʻrsatgan harbiy yoʻlboshchilar qoʻlida aslahalarning eng yaxshilari toʻplana boshladi. Chunki ular boshqa urugʻdoshlariga qaraganda yaxshiroq jang qilar edi. Urugʻning qolgan a’zolari ixtiyorida boʻlsa oddiy va arzonga tushuvchi qurollar qoldi. Shu tariqa asta-sekinlik bilan harbiy ish bilan shugʻullanuvchi alohida qatlam shakllanib bordi.

Download 206,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish