Operativlik san’ati - harbiy san’atnnng tarkibiy qismi; urush harakatlari maydonlarida qurolli kuchlar turlarining operativ birlashmalari tomonidan birgalikda yoki mustaqil operasiya (amaliyot) va jangovar harakatlarni tayyorlash va amalga oshirish nazariyasi va praktikasi masalalarini o’z ichiga oladi. Hujum, mudofaa, qo’shinlarni operativ qayta guruhlashni tashkil etish, uni amalga oshirishni o’rganadi va ishlab chiqadi. Operativlik san’ati strategiya bilann taktika oralig’idagi san’at bo’lib, ular o’rtasida bog’lovchilik rolini o’ynaydi.
Taktika (yun. tasso — saflayman) — keng ma’noda tushunganda belgilangan maqsadga erishish uchun ishlatiladigan vosita va usullar majmuasini anglatadi. Harbiy san’atda bo’lsa harbiy san’atning tarkibiy qismi; qurolli kuchlarning turli qo’shin turlari (flot kuchlari), qo’shilmalar, qismlar(kemalar) va birikmalar hamda quruklikdagi, havodagi va dengizdagi maxsus qo’shinlarni jangga va uni olib borishga tayyorlash nazariyasi va amaliyotini o’z ichiga oladi. Taktika operativlik san’ati va strategiyaga bo’ysunadi.
Harbiy san’at tarixining paydo boʻlishi va rivojlanishi (Fan nuqtai nazaridan). Harbiy san’at tarixi boʻyicha shugʻunlangan rus mutaxassisi Svechin harbiy san’at tarixi va shuningdek, strategiyaning paydo boʻlishini XVIII asrning oxiriga borib taqaydi. Uning fikricha bu paytga kelib kishilik dunyoqararshi tarixni latifaviy tushunishdan anchayin xulosaviy tadqiq etish asosida anglashga oʻtdi. Bu sohada qilingan dastlabki ishlardan biri Xoyer qalamiga mansub boʻlib, u 1797-yilda nashrdan chiqqan va to bugungi kunga qadar ilmiy ahamiyatini yoʻqotgan emas. Uning asarining murakkabligi shundaki, u oʻz asaridan harbiy texnika evolyusiyasiga katta e’tibor qaratadi. Emigrant pruss zobiti Ryustov ishlari XIX asrning 50-70-yillarida harbiy tarix bilan qiziquvchi keng mutaxassislar ommasining e’tiborini tortgan. Lekin shundan keyingi qirq yilga yaqin vaqt davomida tarix fani oldida qoʻlga kiritilgan yutuqlar harbiy san’at tarixi uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qildi. XX asrning boshlariga kelganda harbiy san’at tarixi fuqarolik olimlari tomonidan tan olingan fanga aylandi. Bunga Berlin universitetining tarix fakultetida kafedrani boshqargan Delbryuk xizmati evaziga erishildi.
XIX asrning birinchi yarmida barcha akademiyalardagi dasturlarga harbiy san’at tarixining kiritilishi Napaleon I ning quyidagi fikrlari bosimi ostida amalga oshgan: «urushga Aleksandr, Gannibal, Sezar, Gustaf-Adolf, Tyurenn, shaxzoda Yevgeniy va Fridrix singari kiring, ularning 83 ta yurishini qayta-qayta oʻqing va uni oʻz tafakkuringizga singdiring, bu buyuk sarkarda va san’at sirlarini topishning yagona yoʻlidir».
XX asr boshlariga kelganda harbiy san’at tarixi Napaleon davri dasturidangidan ancha ilgarilab ketdi. Harbiy san’at tarixi hali toʻla mukammal fan shaklini olmagan. Chunki bu fan doimiy tadqiqotlarni talab etadi. Hanuzgacha mazkur fanda oldingi zamondagi mutaxassislarning fikrlarini keltirish ustunlik qilmoqda.
Keyingi yillarda Oʻzbekistonda ham ham Oʻzbekiston nuqtai nazaridan ham Markaziy Osiyo nuqtai nazaridan harbiy san’at tarixini oʻrganish borasida muayyan yutuqlarga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |