1. Semantikaning lingvistika va leksikologiyada o`rganilishi


Neologizmlar va ularning ingliz tilida yasalish yo`llari



Download 119,27 Kb.
bet40/44
Sana16.01.2023
Hajmi119,27 Kb.
#899800
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
@Nargiza Aliyevna

41. Neologizmlar va ularning ingliz tilida yasalish yo`llari
Neologizmlar - yunoncha, neos- "yangi", logos-"so'z" so'zlarining jamlanmasi bo'lib, jamiyat taraqqiyoti, hayotning talab-ehtiyoji bilan paydo bo'lgan yangi narsa va tushunchalarni ifodalovchi so'zlar. Neologizmlar avvaliga noodatiy so'zdek bo'ladi, lekin ko'p qo'llanilishi hisobiga "yangilik" xususiyatini yo'qotadi va faol so'zlar qatoriga o'tadi.
O'zbek tili leksikasi muntazam ravishda ichki va tashqi manbalar hisobiga boyib bormoqda. XIX-XX asrlarda jamiyat hayotida bo'lgan o'zgarishlar so'zlarning o'zlashish va iste'moldan chiqish jarayonini tezlashtirdi. Bu davrda nafaqat ruscha, balki inglizcha, xitoycha, fransuzcha, ispancha so'zlar rus tili orqali kirib keldi.
Ingliz tili hind-yevropa tillari oilasining german guruhiga kiradi. O'zbek tiliga inglizcha so'zlarning o'zlashish yo'llari turlichadir. Agar tushuncha aynan o'zbekcha nomlanishga ega bo'lmasa yoki o'zining ijobiy va samarali ta'siriga ega bo'lsa, to'g'ridan-to'g'ri o'zlashtirilmoqda. Masalan, chat(chat) - suhbat, bifshteks(beefsteaks) - qovurilgan mol go'shtini qaylaga solib beriladigan ovqat turi. Shu kabi so'zlarning o'zbek tilida aniq va lo'nda izohi yo'q. Shuning uchun ular ingliz tilidan o'zbek tiliga to'g'ridan-to'g'ri kirib kelgan. Hozirgi paytda radioeshittirish, OAV, gazeta va jurnallarda ko'plab inglizcha o'zlashma so'zlarga ko'zimiz tushadi. Mashhur siyosiy arboblar, siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar o'zlarining nutqlarida ilmiylikni ifodalash uchun ko'plab o'z sohalariga doir inglizcha neologizmlardan foydalanishadi. Jumladan, kosmodrom, konflikt, televideniye, tender, reyting, marketing kabi so'zlar ham o'zining qo'llanilish doirasi va sohasiga ega. Mustaqillikdan so'ng tilimizga brifing - briefing, injenering -engineering, imidj - image, visual - visual, organayzer - organizer kabi so'zlarning kirib kelishi tezlashdi. Yana shunday neologizmlar borki, kundalik hayotda qo'llanilishi uchun ehtiyoj paydo qilgan, lekin "O'zbek tilining izohli lug'ati"dan joy olmagan. Ulardan misol keltirib quyidagilarni aytolamiz: koka-kola, minimarket, gipermarket, chizburger, xot-dog, netbuk, sensor, fleshxotira, planshet va h.k. Yana shu kabi qiziqarli o'zlashma so'zlar guruhi mavjudki, ular o'zining asl lug'aviy ma'nosini yo'qotib, etimologik ma'no va semantik ma'nosi bn aloqador bo'lmay qo'llaniladi. Ya'ni ular asl ma'nosi va o'zlashgan tildagi ma'nosi bilan bir xil yoki o'xshash bo'lmaydi. Ulardan bir nechtasini izohi bilan keltiramiz. Shuni ta'kidlash joizki, ingliz tilidan o'zbek tiliga so'zlar o'zlashganda ularning tuzilishi yoki semantik mohiyati o'zgarishini ham kuzatish mumkin. Ayrim so'zlar o'zining asl ma'nosini saqlab qolgan holda o'zgarsa, ayrimlarida esa ma'no kengaygan, ma'no toraygan yoki umuman ma'nosi tubdan farq qilishi mumkin. Bu o'rinda tilshunos olim N.Mahmudov ta'kidlaganidek, o'zbek tilidagi xorijiy o'zlashmalarning me'yori va milliyligi malasalasi ma'naviy-madaniy sohalar doirasida favqulodda ahamiyatga molik ekanligini hamisha yodda saqlash lozim. Ya'ni har bir o'zlashayotgan so'z o'zining milliyligi, ma'nosi jihatidan o'zbek mentalitetiga mos kelishi va haqiqatan ham bu so'z o'zbek tili lug'atiga kerakligi jihatidan tahlil qilinishi kerak.



Download 119,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish