42. Eskirgan va arxaik so`zlarni bir – biridan farqlovchi xususiyatlar
1. Tarixiy so‘zlar (istorizmlar). O‘tmishga oid narsa, hodisalarni ifodalagan, biroq hozirgi tilimizda o‘z sinonimiga ega bo‘lmagan so‘zlardir. Masalan: miri, paqir, (pul birliklari) qozi, qushbegi, yasovul, xalifa (mansab nomlari), omoch, yorg‘ichoq, charx kabilar.
2. Eskirgan so‘zlar(arxaizmlar). Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan narsa va hodisalarning eskirib qolgan nomlaridir. Eskirgan so‘zlarning hozirgi tilda sinonimi mavjud bo‘ladi.Masalan: budun, ulus, raiyat – xalq; handasa - geometriya; muarrix –tarixchi; dudoq – lab; lang - cho‘loq, oqsoq.
yangilik va eskilik bo`yog`iga ega bo`lmagan so`zlar eskirgan qatlam. So`z ifodalaydigan predmet yoki tushuncha hayotda yo`qolishi, yoki ularning ma’nosini ifodalaydigan boshqa so`zlarning paydo bo`lishi munosabati bilan ayrim so`zlar asta-sekin qo`llanilmay unutila boradi. Ular nutqda kam qo`llanadi. Ularning ba’zilarini tushunish mumkin, ayrimlarini ko`pchilik tushunmaydi, ular badiiy va ilmiy adabiyotlarda qo`llansa, izoh talab etadi. Eskilik bo`yog`iga ega bo`lgan so`zlar eskirgan leksika deyiladi. Eskirgan leksika 2 turga ajratiladi:
1. Tarixiy so`zlar yoki istorizmlar.
2. Arxaik so`zlar yoki arxaizmlar.
Tarixiy so`zlar o`tmishdagi narsa va hodisalarning nomi bo`lgan, ammo hozir eskirib qolgan so`zlar tarixiy so`zlar deyiladi. Tarixiy so`zlar jamiyatda yo`q bo`lib ketgan narsalar, shaxslar haqida gap borganda qo`llaniladi. Hozirgi tilda ularning sinonimii yo`q. Masalan: foytun, yasovul, taxt, kanizak, dinor (tilla pul), chaqirim (1 km), tosh (8 chaqirim – 8 km), gaz (71 sm), botmon (176, 128 kg), misqol (4,25 g.), miri (5 tiyin).
Ba’zi so`zlar til taraqqiyoti davomida turli xil narsalarni ifodalaydigan bo`lib qoladi. Bunday so`zlarning bir ma’nosi eskirsa, ikkinchi xil ma’nosi zamonaviy qatlamda ishlatiladi.
Masalan: boy so`zining ma’nosini qiyoslang: Boy Yo`lchini zimdan kuzatdi (Oybek). Sen boy bo`laman deb nima ishlarni qilmading, oqibati nima bo`ldi?
Arxaik so`zlar. Hozir mavjud bo`lgan narsa-hodisalarning eskirib qolgan nomlari arxaik so`zlar deyiladi. Arxaik so`zlar yig`indisi arxaizmlar deyiladi. Arxaizm – grekcha so`z bo`lib, archaios – «qadimgi» degan ma’noni bildiradi.
Eskirgan so`z ifoda etayotgan narsa-hodisalar hozirgi hayotda bor bo`lgani uchun uning eskirgan nomini almashmay oladigan zamonaviy qatlamga oid so`z mavjud bo`ladi. Aslida bir narsaning birdan ortiq nomi bo`lsa, ulardan til taraqqiyoti qonuniyatlariga javob bera oladigan tilda saqlanib qoladi, javob bera olmaydigani eskilik bo`yog`iga ega bo`lib, ishlatilmay qolib ketadi. Masalan, sekretar – kotib, mirzo, kotiba. Ular ichidan kotib so`zi hozirgi kunda kishilar tomonidan keng ko`lamda qo`llanilyapti. Sekretar so`zi eskirib, arxaiklashib qolgan. Arxaik so`zlar so`zlovchining ko`z oldida iste’moldan chiqib ketayotgan so`zlardir revolyutsiya (inqilob), tuman (rayon), viloyat (oblast), baynalmilal (internotsional).
Masalan: bitik (kitob), ulus, budun (xalq), o`miz (ko`krak) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |