1. Semantikaning lingvistika va leksikologiyada o`rganilishi



Download 119,27 Kb.
bet4/44
Sana16.01.2023
Hajmi119,27 Kb.
#899800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
@Nargiza Aliyevna

Omonimlar (omo ... va yun. oputa — nom, ism) — umumiy maʼno unsurlariga ega boʻlmagan, tasavvuriy bogʻlanmagan, lekin bir xil yozilib, bir xil aytiladigan soʻzlar; ular orasida semantik aloqa boʻlmaydi. Ana shunday soʻzlarning tilda mavjud boʻlishi va shunga bogʻliq hodisalar omonimiya deyiladi. O.ning lugʻaviy va grammatik koʻrinishlari farqlanadi.
O.ning tilda paydo boʻlish sabablari turlichadir: avvallari har xil aytilib, bir xil eshitiladigan soʻzlar talaffuzining tarixiy jarayonda tovush almashinishi yoki talaffuz oʻzgarishi natijasida bir-biriga mos kelib qolishi; (ot — ism, ot — hayvon; oʻt — olov, oʻt — oʻsimlik) boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlarning talaffuz va yozilish jihatidan ona tilidagi soʻzlarga mos kelib qolishi (turbosqich; tur-xil, nav); tilda mavjud boʻlgan koʻp maʼnoli soʻz maʼnolarining bir-biridan uzoqlashishi (dam — nafas; dam — hordiq; dam — bosqon) va boshqa O. bir yoki bir necha soʻz turkumi doirasida boʻlishi mumkin: bir soʻz turkumi doirasida omonimik uya tashkil etuvchi, yozilishi va talaffuzi aynan bir xil boʻlgan soʻzlar toʻliq yoki mutlaq O. deyiladi (chang — gʻubor, toʻzon; chang — cholgʻu asbobi); faqat ayrim shakllardagina mos keladigan, boshqa-boshqa turkumlariga mansub soʻzlar notulik O., boshqacha aytganda, omoshakllar deyiladi, qoʻy (hayvon) — qoʻy (feʼlning buyruq shakli).
O. bilan bir qatorda tilda ularning alohida turlari sifatida omograflar (bir xil yoziladigan, lekin urgʻu va talaffuz bilan farqlanadigan soʻzlar: olma—olma, tom (uy tomi) — tom (kitob tomi) va boshqa hamda omofonlar (bir xil talaffuz qilinadigan, lekin yozilishida farq qiladigan soʻzlar: yetti (son) — yetdi (feʼl); yot (begona) — yod (xotira) va boshqa Omonimiyaning mazkur barcha koʻrinishlariga mansub soʻzlar maʼnosi asosan matn orqali bilinadi.
4. So`zlarning semantik o`zgarishlari natijalari.
Tilning lug‘at sathi tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarning yig‘indisidan iborat. Lug‘at sathi tilning fonetik-fonologik va grammatik sathlaridan har doim o‘zgarib va rivojlanib turishi bilan ajralib, farqlanib turadi. Fan, texnika, madaniyatning rivojlanish jarayoni lug‘at sathining doimiy o‘zgarib turishini taqozo etadi. Shunga ko‘ra, tilning lug‘at sathi paydo bo‘lishi va qo‘llanilishi doirasi jihatdan bir-biridan farqlanadigan bir necha qatlamlardan tashkil topadi. Lug‘at sathining asosiy birligi hisoblangan so‘z yordamida kishilar predmet va hodisalarni ifodalaydilar; gapda esa so‘zlar o‘zaro birikib fikr ifodalash imkoniyatini yaratib beradi. Lug‘at sathini leksikologiya o‘rganadi. So‘zning ta’rifi, so‘z va predmet, so‘z va tushuncha, lug‘atning o‘zgarishi, so‘zlarning bir-biri bilan munosabati, lug‘atning qatlamlari kabi muammolar leksikologiya o‘rganadigan asosiy masalalar hisoblanadi. So‘zlarning boshlang‘ich ma’nosi va shaklida bo‘lgan o‘zgarishlarni etimologiya, lug‘at va uning tuzilishini leksikografiya, so‘zning ma’nosi va uning taraqqiyotini semasiologiya o‘rganadi. Frazeologizmlar leksikologiya bilan bog‘liq holda o‘rganiladi.
Semantika va tarixiy tilshunoslikda semantik o'zgarish vaqt ichida so'zning ma'nosini o'zgartiradi. Bundan tashqari, semantik kayt , leksik o'zgarish va semantik progression deb ham ataladi.
Semantik o'zgarishlarning umumiy turlari melioratsiya , moslashtirish , kengaytirish , semantik torayish , sayqallash , metafora va metonimiyani o'z ichiga oladi.
Tildagi so`zlar shakl va ma’no xususiyatlariga ko`ra o`zaro turli munosabatda bo`ladi. Xususiyatlariga ko`ra so`zlar quyidagi guruhlarga bo`linadi:
1.Omonim so`zlar. SHakli (yozilishi va aytilishi) bir xil, ma’nosi har xil so`zlar omonimlar deyiladi. Omonim so`zi grekcha «bir xil» degan ma’noni ifodalaydi. Masalan: ot - hayvon, ot - uloqtirmoq, ot - ism; og`iz - insonning tana a’zosi, og`iz - yangi tuqqan sigir sutidan tayyorlanadigan taom; chang - to`zon, gard, g`ubor, chang – to`rtburchak, yassi quti shaklidagi torlar tortilgan qo`sh cho`p bilan chalinadigan musiqa asbobi; qovoq - insonning tana a’zosi, ot, qovoq - poliz ekini, ot.
Omonim so`zlar turkumiga (yuz – insonning tana a’zosi, ot; yuz - miqdor bildiruvchi son) oid bo`ladi.
Omonimlar 2 turga ajratiladi: 1) lug`aviy omonimlar; 2) grammatik omonimlar. Lug`aviy omonimlar:
1) so`zlar doirasida; 2) iboralar doirasida bo`ladi.
1.Omonimlik hodisasi so`z bilan so`z doirasida bo`lsa, leksik omonim deyiladi. Masalan: kul (ot) – biror narsaning yonishi natijasida hosil bo`ladigan kukun. U oshxona oldida turgan kul chelakni olishga buyurdi. (P.Tursun) Kul (fe’l) - zavq shovqini, xursandchilik bildiruvchi tovushlar chiqarmoq. Nega Aziz bu qadar shod: YUzi kuladi, ko`zlari yonadi? (H.G`ulom)
2.Omonimlik hodisasi ibora bilan ibora doirasida bo`lsa, frazeologik omonim deyiladi. Masalan: bosh ko`tarmoq - qarshi qo`zg`olon ko`tarmoq, bosh ko`tarmoq - tuzalmoq, sog`aya boshlamoq.
Grammatik omonimlar qo`shimchalar doirasidagi shakliy tenglikdir. SHakli bir xil, ma’nosi har xil qo`shimchalarga grammatik omonimlar deyiladi. Masalan: -im qo`shimchasi bilim – ot yasovchi qo`shimcha, fe’ldan ot yasaydi. Kitobim – I shaxs, birlik qo`shimchasi; -ki (tepki) – ot yasovchi qo`shimcha, -ki (kechki) – sifat yasovchi qo`shimcha.
Ba’zi omonim so`zlar qo`shimchalar olganda ham omonimlik shaklini saqlab qoladi. Masalan, ter+im, ter+im. Birinchi so`z –ter ot turkumiga oid so`z bo`lib, I shaxs, birlik egalik qo`shimchasini olgan, ikkinchisi fe’l turkumiga oid so`z ot yasovchi –im qo`shimchasini olgan. Bu so`zlar bir xil shaklini saqlab qolgan.

Download 119,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish