8.
|
Viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalarini tuzish tartini tahlil qiling
19-modda. Viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalarini tuzish
Mahalliy Kengashlarga saylovni tashkil etish va o‘tkazish uchun:
xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha viloyat saylov komissiyasi;
xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha tuman saylov komissiyasi;
xalq deputatlari shahar Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha shahar saylov komissiyasi tuziladi.
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari tegishli mahalliy Kengashlar tomonidan saylovga kamida sakson kun qolganida o‘n bir — yigirma bir nafar komissiya a’zosidan iborat tarkibda tuziladi hamda o‘z vakolatlarini keyingi saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilinguniga qadar amalga oshiradi.
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalarining raislari ushbu komissiya a’zolari orasidan saylov komissiyasi majlisida tegishli mahalliy Kengashning taqdimnomasiga binoan saylanadi.
Komissiya raisining o‘rinbosari va komissiya kotibi komissiya majlisida uning a’zolari orasidan saylanadi. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari rasmiy veb-saytlarida va matbuot nashrlarida o‘z tarkibi, manzili va komissiyaning telefon raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi.
|
9.
|
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining vakolatlarini muhokama qiling
20-modda. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining vakolatlari
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi:
tegishli hududda ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir xil tarzda qo‘llanilishini ta’minlaydi hamda saylovni tashkil etish va o‘tkazish masalalari yuzasidan tushuntirishlar beradi;
tegishli mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi hamda ushbu okrug saylov komissiyasi joylashgan yer to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
tegishli mahalliy Kengashga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalarini shakllantiradi va komissiya tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
tegishli saylov komissiyalarining faoliyatini yo‘naltirib boradi, ularning tarkibiga o‘zgartishlar kiritish tartibini belgilaydi, agar okrug va uchastka saylov komissiyalarining qarorlari ushbu Kodeksga zid bo‘lsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki viloyat, tuman, shahar prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qilishi mumkin;
deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi;
deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga oladi va ularga guvohnomalar beradi;
deputatlikka nomzodlar saylov kampaniyasida ishtirok etishi uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;
pul mablag‘larini tegishli saylov komissiyalari o‘rtasida taqsimlaydi, saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi;
tegishli mahalliy Kengash sayloviga doir saylov byulletenlarining, saylovchilar ro‘yxatlarining, saylov komissiyalari bayonnomalarining, o‘z muhrining, saylovga oid boshqa hujjatlarning shakllarini tasdiqlaydi va tayyorlanishini ta’minlaydi;
siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillarining hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotini eshitadi;
tegishli mahalliy Kengashga o‘tkazilgan saylov yakunlarini chiqaradi, saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi, saylov yakunlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va saylangan deputatlarning ro‘yxatlarini matbuotda e’lon qiladi (hammaga ma’lum qiladi);
deputatlarga tegishli mahalliy Kengash deputati guvohnomasini va ko‘krak nishonini beradi;
takroriy saylov o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni hal etadi;
saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno;
ushbu Kodeks talablari buzilganligi to‘g‘risidagi materiallarni sudga yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;
saylovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning arxivlarga va idoraviy arxivlarga topshirilishini ta’minlaydi.
Tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyasi mazkur Kodeksning 22, 23, 31, 32, 59, 60 va 95-moddalarida nazarda tutilgan okrug saylov komissiyasining vakolatlarini ham amalga oshiradi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |