O’zbekiston Respublikasi misolida davlatning ijtimoiy maqsadi nimadan iboratligi haqida fikr yuriting va muhokama qiling



Download 28,94 Kb.
bet1/2
Sana12.01.2022
Hajmi28,94 Kb.
#337891
  1   2
Bog'liq
Davlat va huquq nazariyasi


Variant 12

  1. O’zbekiston Respublikasi misolida davlatning ijtimoiy maqsadi nimadan iboratligi haqida fikr yuriting va muhokama qiling.

  2. Huquq va davlatning obyektiv munosabati va o’zaro ta’siri nima ekanligini muhokama qiling. Misollar keltiring.

  3. O’nta mustaqil davlat ittifoqqa birlashish to’g’risida shartnoma tuzdi. Ushbu shartnomaga muvofiq yagona parlament, yagona bojxona rejimi va yagona valyuta yaratildi. Davlat rahbarlari har oyda kamida bir marta muhim masalalarni hal qilish uchun uchrashishga kelishib oldilar.

Qaysi davlat shakli haqida gap ketayotganini o’ylab ko’ring va muhokama qiling. Javoblaringizni mantiqiy va izchil isbotlang.

Javob:

  1. Ushbu savolga javob berishdan oldin biz davlat o’zi nima ekanligi to’g’risida qisqacha fikr yuritib olishimiz lozim. Davlat – bu hudud, aholi va hokimiyat kabi tarkibiy qismlarni o’z ichiga olgan siyosiy birlikdir. Davlat – har qanday jamiyatda siyosiy hokimiyatning eng muhim organidir. Davlat jamiyatning umumiy ishlarini boshqaruvchi alohida organ sifatida amal qiladi. Davlat jamiyatning siyosiy tashkilotlari tizimida muhim, lekin yakka-yu yagona emas: unga partiyalar va boshqa tashkilotlar ham kiradi. “Davlat (umumijtimoiy mazmunda) – bu muayyan hududda oliy hokimiyatni amalga oshiruvchi, maxsus boshqaruv apparatiga ega bo’lgan, jamiyatdagi barcha ijtimoiy-siyosiy guruhlarning manfaatlarini ifoda etuvchi, ularni birlashtirib va muvofiqlashtirib turuvchi iyosiy tashkilot. Davlat (yuridik mazmunda) – muayyan hududda ommaviy hokimiyatni amalga oshiradigan, umummajburiy normalar o’rnatadigan va suverenitetga ega bo’lgan siyosiy tashkilot”1dir. Shu o’rinda yana bir savol tug’iladi: davlat o’zi nima uchun zarur? Juda ko’p sonli davlat organlari, mansabdor shaxslardan iborat hayotday apparat davlat tuzilmasi bo’lib, nihoyatda murakkab tashkiliy birlik – kishilik jamiyatini boshqarish uchun zarurdir.

Biz “davlat” atamasini quyidagi jihatlar bilan tavsiflanuvchi ijtimoiy hodisalarning alohida shaklida ifodalaymiz: hokimiyat va bo’ysunish munosabati, hokimiyat majburlov choralarini qo’llashda tanho huquqqa ega bo’lish, yuridik mazmun va tartibning mavjudligi, nisbiy barqarorlik, tashkiliy uyushganlik. Shunday qilib, davlat jamiyatdan ustun va undan mustaqil tuzilma emas, balki konkret makon va zamonda mavjud, huquqiy tartibga solinadigan ijtimoiy xulq-atvorning muayyan shakli. Davlat – sezgi organlari yordamida aniqlash mumkin bo’lgan moddiy hodisa emas, balki jamiyat a’zolarining yuridik jihatdan tartibga solingan o’zaro bo’ysunish aloqalarini nazarda tutuvchi ijtimoiy voqelikdir. Davlat to’g’risida so’z yuritganda biz vakolatli organlar tomonidan huquqiy tartibga solinadigan odamlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni nazarda tutamiz.

  1. Davlat va huquq – jamiyat rivojlanishining muhim omili, hozirgi zamon jamiyatining muqarrar yo’ldoshlaridir. Davlatt faoliyati, qonunlar qabul qilish va ularni amalga oshirish, fuqarolarning huquqlarini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash siyosiy-huquqiy nazariya qoidalari bilan ham uzviy bog’liqdir. Davlat kabi huquq ham nafaqat eng muhim, balki eng murakkab ijtimoiy hodisalar qatoriga kiradi. Davlat va huquqning asl mohiyatini anglashga, ularning faoliyatini ochishga qadimdan katta qiziqish ham mavjud bo’lgan.

Masalan, Rim yuristlari huquqning nimaligini tushunish va uning jamiyat hayotidagi o’rnini aniqlashga harakat qilib, huquq mazmuni faqat bir belgi yoki ma’no bilan cheklanmasligiga e’tiborni qaratishgan. Ulardan biri (Pavel) huquq bir necha ma’noda qo’llanilishini qayd etgan. Birinchidan, huquq “hamisha odilona va oqilona bo’lgan narsa”ni anglatadi – bu tabiiy huquq. Ikkinchidan esa, huquq “muayyan davlatda hammaga yoki ko’pchilikka foydali bo’lgan narsa” ma’nosida keladi – bu fuqarolik (sivil) huquqi.

Davlatning huquqqa ta’siri huquq ijodkorligi va huquqni amalga oshirish sohasida, ayniqsa, yaqqol namoyon bo’ladi. Huquq davlatning bevosita ishtirokida shakllanadi. Biroq davlat nafaqat huquqni shakllantiradi, balki huquqni muayyan yuridik shaklga solib, huquqni yaratish jarayonini nihoyasiga yetkazadi. Davlat huquqni institutsiyaviy darajada yaratadi. Huquqning yuzaga kelish sabablarini esa ishlab chiqarishning moddiy usuli, jamiyatning iqtisodiy rivojlanish xususiyati, uning madaniyati, xalqning tarixiy an’analaridan izlash kerak.

Huquqni amalga oshirishda ham davlat muhim rol o’ynaydi. Tarixiy tajriba huquqiy qoidalarni amalga oshirish mumkin emasligidan dalolat beradi. Davlatning vazifasi aynan shunda namoyon bo’ladiki, u o’z faoliyati bilan fuqarolar, ularning tashkilotlari manfaatlari va ehtiyojlarini qondirish maqsadida qonunlarni yaratadi.

Dialektik metodga ham to’xtalib o’tsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Dialektik metod davlat va huquqni o’zaro aloqada, doimiy rivojlanishda, o’zgarishda, bir shakldan ikkinchi shaklga o’tishda, mazmunan boyish va takomillashishda deb qaraydi. Dialektik metod davlat va huquq hodisalarini tadqiq qilishda obyektiv haqiqatga erishishning asosiy omili hisoblanadi. Bu metod davlat va huquqning mohiyatini jamiyatning iqtisodiy tuzumi, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy sohalar bilan uzviy bog’liq, deb qaraydi.

Davlat va huquqni iqtisodiy asosdan ajratib, tegishli tarixiy shart-sharoitdan uzilgan holda talqin etilsa, ularning mohiyati ham, rivojlanish qonuniyatlarini ham to’g’ri tushunib bo’lmaydi.


  1. Yuqoridagi bizga berilgan savolda Federativ tuzilishga ega bo’lgan davlat haqida gap ketyapti. Ushbu savolning yechimini to’liq berishdan oldin biz davlat shakli o’zi nima degan savolga javob bersak maqsadga muvofiq bo’ladi.

“Davlat shakli – bu o’z ichiga davlat boshqaruvi, davlat tuzilishi va siyosiy (davlat) rejimni qamrab oluvchi siyosiy hokimiyatni tashkil etish usullari yig’indisidir”2. Davlat shakli uch tushunchani: davlatning boshqaruv shakli, tuzilish shakli va siyosiy rejimni o’z ichiga oladi.


Download 28,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish