2.§AJRALUVCHI VA AJRALMAS BIRIKMALAR
Ajraluvchi birikmalar
Detallar bir-biri bilan rezbalar yordannda ajraladigan qilib biriktiriladi. Ajraluvchi birikma tarkibidagi detallar bir-biridan ajratilganda ular yaroqsiz, sifatsiz holatga tushmaydi va undan qayta foydalanish mumkin bo‘ladi. Bunday birikmalar ajraladigan birikmalar deyilib, ularga boltli, shpilkali, vintli, fitingli birikmalar kiradi. Ulardan tashqari, shponkali, shtiftli va shlitsali birikmalar ham ajraladigan yoki suriladigan birikmalarga kiradi.
Ajraladigan birikmalar qo‘zg‘aladigan yoki qo‘zg‘almaydigan bo‘ladi. Birikma detallari bir-biriga nisbatan harakat qilsa, qo‘zg‘aladigan birikma deyiladi. Birikma detallari bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almasa, ya'ni ular o‘zaro mustahkam biriktirilgan bo‘lsa, qo‘zg‘almas birikma deyiladi. Qo‘zg‘aladigan birikmalarga shponkali, shlitsali, shpindelli, vintli kabi birikmalar kiradi. Qo‘zg‘almaydigan birikmalarga boltli, shpilkali, vintli, fitingli kabi birikmalar kiradi.
Boltli birikma
Bolt, gayka, shayba va biriktirilishi lozim bo‘lgan detallardan tuzilgan birikma boltli birikma deyiladi (13.1-rasm). Boltli birikmalar konstruksiyasi to‘liq ko‘rsatilgan (13.1-rasm, a), soddalashtirilgan (13.1-rasm, b) shartli (13.1-rasm, c) ko‘rinishlarda chizilishi mumkin. Yig‘ish chizmalarida soddalashtirilgan turi chizilsa, sxematik chizmalarda shartli turi chiziladi. Qolgan hollarda asosan konstruksiyasi to‘liq ko‘rsatilgan turi chiziladi.
Bolt birikmalarda boltning uzunligi l biriktirilishi lozim bo‘lgan detallar Hi va H2 laming qalinliklariga bog‘liq bo‘lib, u quyidagicha aniqlanadi: l = Hi + H2 +1,3 d; 1,3 d ga shaybanmg qalinligi s, gaykaning balandigi H va rezbaning gaykadan chiqib turadigan ehtiyot qismi faskasi bilan kiradi.
Soddalashtirilgan boltli birikmada rezbasi butun sterjen bo‘yicha chiziladi, faskalar umuman tasvirlanmaydi, bolt va biriktiriluvchi detallar orasidagi tirqish ko‘rsatilmaydi.
13.1-rasm
Shpilkali birikma
Shpilka, gayka, shayba va biriktiriladigan detallardan tuzilgan birikma shiplkali birikma deyiladi (14.1-rasm).
14.1-rasm
Shpilkali birikmalarning konstruksiyasi to‘liq ko‘rsatilgan (14.1-rasm, a), soddalashtirilgan (14.1-rasm, b) va shartli (14.1-rasm, c) ko‘rinishlarda tasvirlanishi mumkin. Yig‘ish chizmalarida soddalashtirilgan turi chizilsa, sxematik chizmalarda shartli turi tasvirlanadi. Qolgan hollarda esa konstruksiyasi to‘liq ko‘rsatiladigan turi chiziladi. Soddalashtirilgan shpilkali birikma chizmasida rezbasi butun sterjen bo‘yicha
ko‘rsatiladi, faskalar chizilmaydi va biriktiriluvchi detal bilan shpilka orasidagi
tirqish tasvirlanmaydi.
Shpilkali birikmada shpilkaning uzunligi l biriktirilishi lozim bo‘lgan detal
qalinligi H1 ga bog‘liq bo‘lib, u quyidagicha aniqlanadi:
l =H:+l,3d; 1,3d ga shayba qalinligi s, gayka balandligi H va rezbaning
gaykadan chiqib turadigan ehtiyot qismi faskasi bilan kiradi.
Muhandislik grafikasi20. 3.2-rasmda to‘gri to‘rtburchak bo‘yinli shpilka ko‘rsatilgan. Sterjen kalit bilan shayba yordamida zichlashtirib tortilgan shpilka.
14.2-rasm 14.3-rasm
To‘g‘ri to‘rt burchak bo‘yinli shpilka.
Do'stlaringiz bilan baham: |