Rezbali biriktirish detallari
Biriktirish detallariga qo‘yiladigan texnik va mexanik talablar O‘zDSt 1759,0:2003 da belgilangan. Biriktirish detallarining mexanik xususiyatlari chiz-malarda ko‘rinishlar, qoplamalarning shartli belgilanishi, markalash kabilar orqali belgilanadi.
Boltlar, vintlar, shpilkalarning mexanik xususiyatlari standart bo‘yicha uglerodli legirlanmagan va legirlangan po‘latlardan normal temperaturada 11 ta mustahkamlik sinfi bilan xarakterlanadi, bular: 3.6; 4.6; 4.8; 5.6; 5.8; 6.6; 6.8; 8.8; 9.8; 10.9; 12.9. Mustahkamlik sinfi ikkita raqam bilan belgilanadi va raqamlar nuqta bilan ajratiladi. Birinchi raqam 100 ga ko‘paytirilsa, vaqtinchalik minimal qarshilikni H/mm. da aniqlaydi, lkkinchi raqam 10 ga ko‘paytirilsa, o‘tuvchi chegarasi vaqtinchalik qarshilikning nisbati foizlarda aniqlanadi. 5.8 sinfdagi mustahkamlik sinfi vaqtinchalik minimal qarshilik 500 H/mm. ga teng bo‘ladi, o‘tuvchi chegarasini aniqlash uchun: 500/80x10 tenglamadan foydalaniladi. Demak, o‘tuvchi chegarasi 400 H/mm. ga teng ekan. Shunday qilib, o‘tuvchi chegarasining vaqtinchalik qarshilikka nisbati 80% bo‘ladi.
Gaykalar uchun uglerodli legirlanmagan va legirlangan po‘latlardan normal temperaturada quyidagi mustahkamlik sinflari 4, 5, 6, 8, 9, 10, 12 belgilangan.
Biriktirish detallari dag‘al aniqlikda (C sinf), normal aniqlikda (B sinf) va yuqori aniqlikda (A sinf) qoplamali va qoplamasiz tayyorlanadi.
Biriktirish detallarini shartli belgilash. (O‘zDSt1759:2003).Biriktirish detallarining to‘liq shartli belgilanishini talab qilinadi. Masalan, A2M20xl,5L—6d x60.58.c.029 bolti quyidagicha o‘qiladi:
A - aniqlik sinfi, 2 - bajarilishi, M20 - metrik rezba diametri, 1,5 - rezbaning mayda qadami (mm), 1- rezbaning yo‘nalishi, 6 d - rezbaning joiz o‘lchami maydoni, 60 - boltning uzunligi (mm), 58 - mustahkamlik sinfi, raqamlar orasidagi nuqta qo‘yilmaydi yoki guruh, c - po‘latning tatbiq qilinishi, 02-qoplama turining raqamli belgisi, 9 - qoplamaning qalinligi (mkm).
Detalning shartli belgilanishida 1 - bajarilishi, yirik qadamliligi, o‘ng yo‘l- liligi, qoplamasi bo‘lmasa, ular ko‘rsatilmaydi.
Biriktirish detallari elementlarining o‘lchamlari. Kallagi olti qirrali bolt, vint va shuruplarning kallaklari hamda kallagi olti qirrali gaykaning asosiy o‘lchamlari O‘zDSt 24671:2003 tomonidan belgilangan. Bolt, vint, shpilkalarning rezbali uchlari turli ko‘rinish (O‘zDSt 12414:2003)da bajariladi Pogona uchli Konus uchli Chuqurcha ucMi 11.1-rasm
Boltlar. Bolt silindrik sterjendan iborat bo‘lib, uning bir uchi kallakli, ikkinchi uchi rezbali bo‘ladi (11.2 va 11.3-rasmlar). Boltlar kallagining shakli olti qirrali, kvadrat, yarim yumaloq, konus shaklida va kallagining osti kvadratli yoki «murtakli» qilib ishlanadi. Boltlar dag‘al (O‘zDSt 15589- 70), normal (O‘zDSt 7798:2003) va yuqori (O‘zDSt 7805:2003) aniqlikda tayyorlanadi.
11.2-rasm
Boltlar kallagining shakli va o‘lchamiga, sterjenning shakliga, rezbasining qadamiga, bajarilishi, ko‘rinishi va tayyorlanish aniqligiga qarab ajratiladi (11.2rasm). Yuqori aniqlikdagi (A sinf) bolt sirtining tozaligi belgilari 11.2-rasmning b qismida, normal aniqlikdagi (B sinf) bolt sirtining tozaligi belgilari 11.2-rasmning a qismida, dag‘al aniqlikdagi (C sinf) bolt sirtining tozaligi belgisi 11.2-rasmning c qismida ko‘rsatilgan.
Muhandislik grafikasi14
Bolt, gayka va shayba Gaykaning sektsiyali bosh ko‘rinishi. Bolt
va shaybaning qismli pozitsiyasi
11.3-rasm
Bolt odatda biriktirilishi lozim bo‘lgan qismlarda ochilgan teshik dan o‘tkazilib, ularni birga ushlab turish uchun oxiri gayka bilan maxkamlanadi. 11.3- rasmda ikki metal bo‘laklari olti qirra kallakli bolt, olti qirra gayka va shayba bilan biriktirilgani ko‘rsatilgan. Agar birikuvchi qismlar yuzasi oldida silliq bo‘lsa shayba shart emas. Diogonal qarama-qarshi burchaklarning bo‘ylama masofasi - 2d1. Markaziy qismdagi qiyshaygan arkaning radiusi balandligi - R=1,2d (1,5)ga teng. Qiyshiqning darajasi - 30°. Gaykaning balandligi(h)=d. Ushbu taxminiy usul quyidagi misolda keltirilgan. Diametri 24mm bo‘lgan va qiyaligi 3mm bo‘lgan gaykani uchta simvolik ko‘rinishida chizing.
Yechim: O‘rta taxminiy usul qo‘llab, biz quyidagi o‘lchamni olamiz:
Vertikal balandlik tashqi tomonlarning orasidagi masofa= jihatdan diagonal qarama-qarshi burchaklarning masofasi=2d=2x24=48mm.
Yoyning markaziy qiyaligi R radiusi=1.2d=1.2x24=28.8mm Qiyshiqning burchagi=30°
Gaykaning balandligi(h)=d=24mm
Ushbu holatda, R radiusi aniq bo‘lgani uchun, balandlik ko‘rinish rejasiz chizilishi mumkin. Ushbu natijada, qachonki gaykaning balandligi chizilishi talab etilganda, ushbu usul kopincha qo‘llaniladi.
Shaklda ko‘rsatilgandek, birinchi o‘rinda balandlikni chizing. Tashqari vertical chetlari orasidagi 48mm.ga teng bo‘lgan va ichki vertical chetlar 24mm.ga teng bo‘lgan distansiyani oling.24mmga teng bo‘lgan h balandlikni oling. Kesilgan yoyni chizing markaziy yuzada R radius bilan 28.8 mmga teng bo‘lgan va nuqta A va B larga ega bo‘ling. Ava B nuqtalariga to‘g‘rilab C va D nuqtani belgilang va ikkita yuzada kesilgan yoyni tugating. Kesilgan yoyni 30oda joylashganligida chizing va gorizontal bosh yuzadagi chiziqni chizib balandlikda tugating.
Reja ko‘rinishini chizish uchun, osonroq 48mm diametrik aylanani chizing.Talab etilgan oltiburchakni ushbu aylanani ichiga chizing. Oltiburchakni tegib o‘tadigan kesilgan yoyni chizing va rejani balandlik uchun ingichka aylana hamda ildiz uchun mo‘ljallangan tugallanmagan aylana bilan chizishni tugating. Oxirgi ko‘rinish keltirilgan usulda o‘xshash chizilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |