1. Reproduktiv salomatlik haqida tushuncha bering. Reproduktiv salomatlik


  Hujayra tuzilishi va funksiyasini gapirib bering



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/205
Sana02.08.2021
Hajmi0,97 Mb.
#136198
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   205
Bog'liq
Final tibbbiy

 

63.  Hujayra tuzilishi va funksiyasini gapirib bering. 

Hujayraning tuzilishi. Mikroskop kashf etilishi va uning mukammallashtirilishi, ayniqsa, elektron mikroskopning yaratilishi hujayraning 

ilgari ma`lum bo`lmagan qismlarini o`rganishga imkon berdi. Odam organizmi turli to`qima va organlari hujayralarining shakli har xil: 

sharsimon, oval, kubsimon, tsilindrsimon, yulduzsimon, disksimon va hokazo bo`ladi. Hujayralarning hajmi ham har xil. Ular mikrometr 

bilan o`lchanib, 5-10 mikrondan bir necha yuz mikrometrgacha bo`lishi mumkin. 

Hujayralarning shakli va hajmi har xil bo`lishidan kat`iy nazar, barcha tuqima va organlar hujayralarining umumiy tuzilishi bir-biriga 

o`xshash bo`ladi. Hujayra uch qismdan: membrana (parda), sitoplazma va yadrodan tuzilgan (1,2-rasmlar). 



30 

 

 



   

Hujayra membranasi uning ustini qoplab turuvchi yupqa parda bo`lib, oqsil va yog` (lipid) lardan tashkil topgan. Membrana hujayrada 

moddalar almashinuvi jarayonida, ya`ni hujayrani oziq moddalar, kislorod bilan ta`minlanishida, unda moddalar almashinuvi natijasida 

hosil bo`lgan zaharli chiqindilar hujayradan qonga chiqarilishda muhim rol o`ynaydi. 

   

Membrananing yana bir muhim xususiyati shuki, u hujayra ichidagi va hujayra tashqarisidagi  (hujayralararo) suyuqliklardagi ionlar tarkibi 



ma`lum muvozanatda bo`lishini ta`minlaydi. Membrana ichidagi va tashqarisidagi suyuqliklarda ionlar tarkibining har xil bo`lishi (hujayra 

ichidagi suyuqlikda kaliy ionlari, tashqarisidagi suyuqlikda natriy ionlari kontsentratsiyasi yuqori bo`ladi) hujayrada biologik tok (biotok) 

hosil qiladi. Hujayra biotoklari maxsus asboblar yordamida aniqlanadi. Bu turli to`qima va organlarning ish faoliyatini o`rganishga imkon 

beradi. Masalan, yurak muskullarining biotoklari elektrokardiograf asbobi yordamida maxsus lentaga yozib olinadi, shunga qarab 

mutaxassislar yurakning faoliyati hamda xulosa chiqarib, kasallikni aniqlaydilar. 

Hujayra tsitoplazmasi membrananing ichida joylashgan. Tsitoplazmaning tarkibi organik va anorganik moddalardan iborat. Tsitoplazma 

organoidlariga: mitoxondriya, ichki membrana lizosoma, Golji kompleksi, ribosoma, tsentrosoma kabilar kiradi. Bu organoidlarning har 

biri maxsus vazifani bajaradi. Mitrxondriyalar hujayraning energiya stantsiyasi yoki kuch beruvchi markazi hisoblanadi, ya`ni unda 

adenozintrifosfat kislota (ATF) va kreatinfosfat kislota (KF) sintez qilinadi va to`planadi. Hujayra qo`zg`alib ish bajarganda, bu kislotalar 

parchalanib, energiya hosil qiladi. Ribosomalar hujayrada oqsillarni sintezlaydi, shuning uchun ular oqsillar fabrikasi deyiladi. asamalar - 

fermentlardan iborat bo`lib, ular hujayradagi oziq moddalarni mayda zarrachalarga parchalaydi, Shu tufayli ular shartli ravishda 

hujayraning ovqat hazm qilish organi deb ataladi. Tsentrosoma yadro yaqinida joylashib, hujayraning bo`linishida muhim rol o`ynaydi, 

Gol`ji kompleksi to`rsimon shaklda bo`lib, hujayraning bo`linishida, uning ba`zi eskirgan qismlari yangidan sintezlanishida ishtirok etadi. 

Hujayra yadrosi tsitoplazmaning markazida joylashgan bo`lib, hujayraning barcha hayotiy jarayonlarini boshqaradi va uning ko`payishini 

ta`minlaydi. Yadro sharsimon shaklda bo`lib, ustidan yupqa parda bilan o`ralgan, ichida esa mayda donacha shaklidagi moddalar bo`lib, 

ularning ayrimlari maxsus bo`yoqlarda bo`yaladi. Ular xromatin yoki xromosoma deyiladi. Xromosomalarning tarkibida 

dezoksiribonuklein kislota (DNK) bo`lib, y adenin, guanin, timin, tsitozindan, tuzilgan. Bular, fosfat kislota va qand moddasi billaan 

birikib, nukleotid molekulasini hosil qiladi. Nukleotidlar hujayraning genini hosil qiladi. Hujayradagi bitta xromosoma tarkibida 

mingtagacha gen bo`ladi. Xromosoma va genlar hujayraning nasl apparati hisoblanadi. Ota-ona tanasining shakli, bo`yi kabi yirik belgilar 

bolaga xromosomalar orqali o`tadi, ota-ona tana tuzilishining mayda belgilari dahan, burun, lab, iyak, tovonlar, barmoqlarning shakli, 

bo`yi kabi yirik belgilar bolaga xromosomalar orqali o`tadi. Tananing barcha hujayralari yadrosida 46 ta xromosoma bor, jinsiy hujayralar 

yadrosida esa 23 ta xromosoma bo`ladi. Erkak va ayol jinsiy hujayralari qo`shilganda ikkita jinsiy hujayradan bitta hujayra, ya`ni homila 

vujudga kelib, uning yadrosida 46 ta xromosoma bo`ladi. 

Tashqi muhitning ba`zi zararli omillari, ya`ni radiatsiya, kimyoviy va narkotik moddalar, spirtli ichimliklar, ba`zi kasalliklarni 

qo`zg`atuvchi mikroblar va viruslarning zaxari kabilar hujayraning nasl apparatiga - xromosoma va genlarga ta`sir etib, ularning faoliyatini 

buzadi (mutatsiyalaydi). Bunday o`zgargan xromosoma va genlarning ota-onadan bolaga berilishi har xil irsiy kasalliklar kelib chiqishiga 

sabab bo`ladi. 

Hujayraning kimyoviy tarkibi, Hujayraning barcha tarkibiy qismlari anorganik va organik moddalardan tashkil topgan. Hujayra tarkibida 

fosfor, oltingugurt kaltsiy, kaliy, natriy, xlor, temir, magniy, kremniy kabi makroelementlar va yod, mis, kobalt, rux, nikel, oltin kabi 

mikroelementlar bo`ladi. Hujayra tarkibining 70% dan ko`prog`ini suv tashkil etadi. Suv erituvchi xususiyatga ega bo`lib, u hujayradagi 

barcha hayotiy jarayonlarda muhim rol o`ynaydi. Suv, mikro va makroelementlar hujayraning anorganik moddalaridir. 

Hujayra tarkibidagi organik moddalarga oqsillar, yog`lar, uglevodlar, nuklein kislotalar kiradi. 

Oqsillar hujayraning, asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Oqsil tarkibining asosiy qismini uglerod, vodorod, kislorod, azot tashkil etadi. 

Bundan tashqari, Oqsil tarkibida fosfor, oltingugurt kabilar ham bo`ladi. Oqsil muhim plastik ahamiyatga ega bo`lib, u hujayraning barcha 

hayotiy jarayonlarida, ko`payishida va eskirgan tarkibiy qismlarining yangilanib turishida asosiy vazifani bajaradi. 

Yog`lar ham hujayraning tarkibiy qismiga kiradi. Ular asosan uglerod, vodorod va kisloroddan tashkil topgan bo`lib, plastik va energetik 

vazifani bajaradi. 

Uglevodlar ham yog`larga o`xshab uglerod, vodorod va kisloroddan tashkil topgan bo`lib, ular asosan energetik ahamiyatga ega. 




Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish